Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “O`qituvchi” 2002y.
Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y.
Mustaqil bajarish uchun variantlar: Kvadratning tomoni a berilganda, uning yuzasi s hisoblansin.
Tomonlari a va b bo'lgan to'g'ri to'rtburchak berilgan, uning yuzasi s va perimetri phisoblansin
Aylana diametri dberilgan, uning uzunligi l hisoblansin. Bu yerda pi =3,14.
Kub qirrasining uzunligi a berilgan yuzasi s hisoblansin.
To'g'ri to'rtburchak shaklidagi parallelopipedning qirralari a, b, c berilgan. Uning hajmi v va sirtining yuzi s lar hisoblansin
Berilgan r radiusga ko'ra doira ay hisoblansin.
Ikkita a va b sonlar berilgan. Ularning o'rta arifmetigi hisoblansin.
Ikkita manfiy bo'lmagan a va b sonlar berilgan. Ularning o'rta geometrigi hisoblansin.
Ikkita nolga teng bo'lmagan a va b sonlari berilgan. Ularning yig'indisi, ayirmasi, ko'paytmasi va bo'linmasi hisoblansin
Ikkita nolga teng bo'lmagan sonlar berilgan. Ularning yig'indisi, ayirmasi, ko'paytmasi va ularning bo'linmasining moduli hisoblansin
To'g'ri burchakli uchburchakning a va b katetlari berilgan.Uning gipotenuzasi c hamda perimetri p hisoblansin.
Radiuslari r1 va r2 bo'lgan (r1>r2) hamda markazlari umumiy 2 ta doira berilgan. Birinchi doiraning yuzi s1,ikkinchi doiraning yuzi s2 hamda tashqi doiraning ichida va ichki doiraning tashqarisida joylashgan yuza s3 (s3=s1-s2) hisoblansin
Doiraning aylana uzunligi l berilgan. Uning radiusi r va yuzi s hisoblansin.
Doiraning yuzi s berilgan. Uning diametri d va aylana uzunligi l hisoblansin
Sonlar o'qida berilgan X1 va X2 nuqtalar orasidagi masofa (X2-X1) hisoblansin
Sonlar o'qida A, B, C nuqtalar berilgan.(Bu yerda C nuqta A va B nuqtalar orasida yotadi deb hisoblanadi) AC va BC kesmalar uzunliklari hamda ularning ko'paytmasi hisoblansin.
Sonlar o'qida A,B,C nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalar uzunligi va ularning yig'indisi hisoblansin.