MAVZU: Murakkab takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Murakkab takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash qoidalarini o’rganish
Amaliy mashg’ulot natijasi : Murakkab takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi: Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish
Mos topshiriq variantidagi masalani echish algoritmini tuzish
Nazariy qism: Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan ko’paytmalar yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
. Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
Topshiriqni bajarish namunasi
Masalaning qo’yilishi: ko’paytmalar yig’indisini hisoblash algoritmi tuzilsin.
Masalaning matematik modelini qurish:.
N–natural son (algoritm uchun boshlang’ich berilgan);
i, j – takrorlashlar hisobchilari;
P-oraliq ko’paytmalar;
S – Natija.
Masalani echish algoritmini tuzish: Yozma shaklda ;
Blok-sxema shaklida (1-rasm).
Algoritm matni:
O’zgaruvchilarni kiritish(N);
S ning boshlang’ich qiymatini berish (S=0);
i ning boshlang’ich qiymatini berish (i=0);
P ning boshlang’ich qiymatini berish (P=0);
j ning boshlang’ich qiymatini berish (j=0);
Ichki sikl boshi
P ni ketma-ket (i+j)2 ifodaga ko’paytirish (P=P(i+j)2);
j ni qiymatini 1 ga oshirish (j=j+1);
j Agar shart bajarilsa , sikl boshiga o’tish;
Aks holda Tashqi siklga chiqish (S=S+P);
I ni qiymatini 1 ga oshirish (i=i+1);
i Agar shart bajarilsa , 4-qadamga o’tish;
Aks holda natijani olish(S);