Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Turli amaliy masalalarni echishda masalaning matematik modeli yoki boshqa formal modeli va algoritmini tizish qoniniyatlarini o’rganish
Amaliy mashg’ulot natijasi : Turli amaliy masalalarni echishda hisoblash jarayonlarini algoritmlash malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi: Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish
Masalaning qo’yilishi: Berilgan biror N soni uchun faktorialni hisoblash algoritmi tuzilsin.
Faktorial ta’rifi: 1 dan berilgan natural n sonigacha bo‘lgan barcha sonlarning ko‘paytmasi
faktorial deyiladi.
Masalaning matematik modelini qurish:.
N–natural son (algoritm uchun boshlang’ich berilgan);
K – takrorlashlar hisobchilari;
P – Natija.
Masalani echish algoritmini tuzish:
N natural soni kiritilsin.
N sonining faktoriali hisoblanadigan P o‘zgaruvchiga 1 ga teng qiymat berilsin.
Takrorlash parametri K ga 1 ga teng qiymat berilsin.
K parametrning qiymati tekshirilsin. Agar k ning qiymati N dan katta bo‘lsa, 8 punktga o‘tilsin.
P = P*k hisoblansin.
K parametrning qiymati bir birlikga oshirilsin (K = K + 1)
4 punktga o‘tilsin.
Nayijani olish (P).
Masalaning qo’yilishi: Fibonachchi qatoridagi 1 000 000 (M) dan katta bo‘ladigan birinchi elementning nomerini aniqlahs algoritmi tizilsin. Fibonachchi qatori quyidag funksional munosabat yordamida aniqlanadi: Fibonachchi qatorining birinchi o‘nta elementini keltiramiz:
Masalaning matematik modelini qurish:
u0 ,u1, u2 - Fibonachchi qatori boshlang’ich elementlari
K – Natija.
u0 = u1 = 1 ;
un+1 = un + un-1 . Masalani echish algoritmini tuzish: u0 va u1 larga 1 ga teng qiymat berilsin.
u2 = u0 + u1 hisoblansin.
Ketma-ketlikning nomeri aniqlansin K = 2.
Tekshirilsin, agar u2 1 000 000 dan katta bo‘lsa, 9 punktga o‘tilsin.
Fibonachchi qatorining oxirgidan oldingi va oxirgi elementlari aniqlansin (qatorda surish amalga oshiriladi) u0 = u1, u1 = u2