Algoritmlar samaradorligini baholash Tayanch so’zlar



Yüklə 21,12 Kb.
səhifə1/3
tarix19.04.2023
ölçüsü21,12 Kb.
#100406
  1   2   3
2-mavzu. Algoritmlar samaradorligini baholash Tayanch so’zlar (1)


Algoritmlar samaradorligini baholash
Tayanch so’zlar: Xotiraviy samara, vaqt samarasi. Algoritmlarning murakkablik darajasi. Algotimlarning taqqoslash usullari.

Reja:
1.Samaradorlik ko’rsatkichlari.


2.Hisoblash qobiliyati
3.Algoritmlarni asimptotik tartiblari .
4. Polinomial vaqt samaradorlik ko'rsatkichi sifatida


1.Samaradorlik ko’rsatkichlari.
Algoritmlarni tahlil qilishning asosiy vazifasi kirish ma'lumotlari hajmining oshib borishi bilan resurslarga bo'lgan talabni (vaqt va xotira xarajatlari) o'lchash usullarini aniqlashdir. Shundan so'ng, o'sish sur'ati qonuniyatlarini tavsiflash uchun zarur bo'lgan matematik mexanizm ishlab chiqiladi. Kirish ma'lumotlari hajmini oshirish bilan turli xil funktsiyalar; "bitta funktsiya boshqasiga qaraganda tezroq o'sadi" iborasi nimani anglatishini aniqlab olishga yordam beradi. Ba'zi hollarda, yaxshi bajarilish vaqtiga erishish yanada murakkab ma'lumotlar tuzilmalaridan foydalanishga bog'liq va bo'lim oxirida biz bunday ma'lumotlar strukturasining juda foydali misolini ko'rib chiqamiz: ustuvor navbatlar va ularni uyum(kucha, heap) asosida amalga oshirish.
Asosiy mavzu - hisoblash muammolarining samarali algoritmlarini izlash. Ushbu umumiylik darajasida kompyuterni hisoblashning butun sohasi ushbu mavzu bilan bog'liq bo'lib tuyuladi; bizning yondashuvimiz boshqalardan qanday farq qiladi? Algoritmlarni ishlab chiqishda umumiy mavzular va loyihalash tamoyillarini aniqlashga harakat qilamiz. Bizni samarali algoritmlarni loyihalashning asosiy usullarini minimal ma'lumot bilan namoyish etuvchi paradigmatik masalalar va usullar qiziqtiradi.
2. Hisoblash qobiliyati
Ko'plab muammolarda uchraydigan yana bir xususiyat - bu ularning asosan diskretligi. Ko'plab muammolarda uchraydigan yana bir xususiyat-bu ularning asosiy ajralib turishi. Boshqacha qilib aytganda, bu shunday masalalarki, ularda yechim kombinatorial variantlarning keng to'plamidan qidirib topiladi; maqsad aniq belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan echimni samarali topishdir.
Hisoblash samaradorligi tushunchasini aniqlash uchun, biz birinchi navbatda ish vaqtining samaradorligiga e'tibor qaratamiz: algoritmlar tez ishlashi kerak. Ammo algoritmlar boshqa resursrlardan foydalanish nuqtai nazaridan ham samarali bo'lishi mumkinligini tushunish muhimdir. Xususan, algoritm tomonidan ishlatilinadigan xotira miqdori ham samaradorlikning muhim jixati bo'lishi mumkin.
Algoritm samaradorligi.
(1)T: algoritm samarali deb ataladi agar real kirish ma'lumotlari uchun u tezkor amalga oshirilsa.
(2)T: algoritm samarali deb ataladi agar u sifatli bajarilishni “to’liq qidirish”(полнiy перебор)ga nisbatan tezroq ta'minlasa.
"To'liq qidirish" usuliga qaraganda ancha yaxshi ishlashni ta'minlaydigan algoritmlar, deyarli har doim qimmatli evristik g'oyani o'z ichiga oladi, buning natijasida ushbu yaxshilanishga erishiladi; Bundan tashqari, ular ko'rib chiqilayotgan masalaning ichki tuzilishi va hisoblash qobiliyati haqida foydali ma'lumotlarni taqdim etadilar.
Polinomial vaqt samaradorlik ko'rsatkichi sifatida
Tabiiy kombinatorial masalalarda qidirish vaqti, kirish ma'lumotlari N hajmiga nisbatan eksponensional o'sishga moyildir; agar o'lcham bittaga ko'paysa, unda imkoniyatlar xajmi bir necha marta ko'payadi. Bunday masalalarni yechish uchun yaxshi algoritm yanada samarali miqyoslash modeliga ega bo'lishi kerak; kirish ma'lumotlarining kattalashib borishi bilan o’zgarmas ko’paytuvchiga(aytaylik, ikki baravar) oshishi bilan algoritmning bajarilish vaqti ham qandaydir o’zgarmas S ko’paytuvchiga ko'payishi kerak.
Matematik nuqtai nazardan ushbu masshtablash modelini quyidagicha shakllantirish mumkin. Aytaylik, algoritm quyidagi xususiyatga ega: c> 0 va d> 0 absolyut konstantalar mavjudki, har qanday N xajmli kirish ma'lumotlari to'plami uchun, bajarilish vaqti cN^d sondagi eng sodda operatsiyalar soni bilan chegaralanadi. Boshqacha qilib aytganda, bajarilish vaqti N^d ga proportsionallikdan ko’p emas. Qanday bo'lmasin, ba'zi bir c va d lar uchun bajarilish vaqti ushbu chegaradan oshmaganda, algoritm polinomial bajarilish vaqtini ta'minlaydi deymiz yoki u polinomial vaqtga ega bo'lgan algoritmlar toifasiga kiradi. polinomial vaqtga ega har qanday chegara yuqoridagi masshtablashga ega bo’ladi.
(3)T: Agar algoritm polinomial bajarilish vaqtiga ega bo'lsa, u samarali deb ataladi.
Lekin, polinomial vaqt d ning katta qiymatlarida yaxshi natija bermasligi mumkin, masalan d>=100 holatda bu son juda katta bo’ladi, natijada polinomial bajarilish vaqti kattalashib ketadi. Algoritm ishlayveradi. Bu xolda N^d faqat chegara vazifasini o’taydi.
Polinomial vaqtga ega bo'lgan algoritmlar mavjud bo'lgan masalalar uchun bu algoritmlar deyarli har doim n, n*log n, n^2 yoki n^3 kabi o'rtacha o'sish sur'ati bilan ko'paytuvchilarga mutanosib ravishda ishlaydi. Va aksincha, Polinomial vaqtga ega bo'lmagan algoritmli masalalar uchun bajarilish vaqti juda ham kattalashib ketadi, uni baholash noma'lum bo’ladi, odatda bunday masalalarni yechish juda murakkab bo'lib chiqadi. Umuman olganda, bunday baholashlar ba’zi masalalarda darajaning yoki koeffitsientlarning kattaligi sababli yaxshi natija bermaydi, algoritm yaxshi bo’lsa ham. Ajablanarlisi shuki, aksariyat hollarda polinomial vaqtni matematik aniqlash algoritmlarning samaradorligi va real hayotdagi masalalarni hal qilish bo'yicha kuzatishlarimiz bilan mos keladi. Bunday masalalarni polinomial yechish mumkin bo’lgan masalalar deyiladi. Demak, 3-ta’rifni ma’lum ma’noda talabga javob beruvchi ta’rif desak boladi. U xolda Polinomial vaqtga ega bo'lmagan algoritmlarni qayta ko’rib chiqish kerak.
Polinomial vaqtga ega bo'lgan algoritmlarni ishlab chiqish nima ucgun zarurligini quyidagi jadval ma’lumotlarini tahlil qilib bilish mumkin. Algoritmlarning ishlash vaqtlari



Yüklə 21,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin