G harfi: Gaplarim burro-burro
Men ham bulbuligo’yo.
H harfi: H harfiman men o’sha
Hamrohimdir andisha.
I harfi: Irodali bo’lamiz
Ochilgan gullolamiz.
J harfi: Jam bo’lib barchamiz
Obod Vatan quramiz.
K harfi: Kuchimizni sinab ko’ring
Kichikmasmiz qarab ko’ring.
L harfi: L harfda labz bor
Amal qiling fayz bor.
M harfi: M harfiman mana ko’r
Mehrim muhabbatim zo’r.
N harfi: Navoiydek bobom bor
Menda faxr iftixor.
O harfi: Ona buyuk ulug’ zot
Qadriga yeting faqat.
P harfi: Pir deb bilgin ustozni
Sen bilan chalgay sozni.
Q harfi: Q harfila qadriyat
So’z bo’lsin ma’naviyat
R harfi: Raqsga chorlar sizni
R harfida so’z o’yini.
T harfi: Tilga bergin e’tibor
So’zlar bo’lsin beg’ubor.
U harfi: U harf deb muloyim
Umidli bo’l har doim.
V harfi: Vatanimiz tinch bo’lsin
Doim gullarga to’lsin.
X harfi: Xulqing bo’lsin namunali
Ko’rganlar desin “Balli”
Y harfi: Yomonga yondashma
Yaxshidan adashma
Z harfi: Zamonamiz qanday soz
Qancha quvonsangiz oz.
O’ harfi: O’zbekning zo’r bolasimiz
Ochilgan gullolasimiz.
G’ harfi: G’azna kabi qimmatli
Bolalarmiz himmatli.
Sh harfi: Shoshmasdan erkin so’zlang
Manzilni oldin ko’zlang.
Ch harfi: Ch harfini taqqanman
Do’stlar bilan chaqqonman.
Ng harfi: Ng bordir singilda
Yoki biror ko’ngilda
Tongda dengizda
Daladan bordring uzdim.
Tutuq belgisi: Tutuq qo’yib yozaman
Unlini sal cho’zaman
R’no, ma’no, a’lodir
Yaxshi bola donodir.
O’quvchi: Xullas, 6 unli harf,
Yigirma uchta undosh
Tuzilgandir munosib
Biri oy, biri quyosh.
O’quvchi: Tanishishga navbat kutar
Qarang tinish belgilar.
Axir ular ham bo’lar
Bizga og’a-inilar.
Vergul: Men chiroyli vergulman
Guyo ochilgan gulman.
So’roq belgisi: Savol so’rar so’roq belgisi
To’xtab qolmang kelar kulgusi.
Undov belgisi: Xis-xayajonli undovmam
Quvonsangiz o’zim hayronman.
Qo’shtirnoq belgisi: Qirrali qo’shtirnoqman
Goh qora goh oppoqman.
Chiziqcha belgisi: Chiziqchaman men chindan
Qo’shimchaman, -inchiman.
Uch huqta: Qator turar uch nuqta
Axir gaplarim go’pda.
Nuqta: Menman kichkina nuqta
Tanishish tamom, to’xta.
Vatan nima ? Kim aytadi ?
Uni kim izlab topadi ?
Ziyrak , bilimdon bolalar
Uni tez izlab topadi .
Qani o`ylang ,izlang , toping ,
Vatan neligini ayting ? 1. Vatanimni yaqqol ko`rdim ,
Onajonim ko`zlarida .
Vatanimni anglab oldim ,
Ustozlarim so`zlaridan !!!
Vatan menga o`xshaydi ,
U men bilan yashaydi .
Jajjigina qalbimda ,
Katta VATAN yashaydi
Buvim , buvam , akam ham ,
Oyim , dadam , ukam ham ,
Ustozim , dugonam ham –
Men uchun ular Vatan !
2. - Mayliga , har so`zim bo`lmasa biyron ,
Mayliga boqmasin menga shu zamon .
Lek takror aytaman , mag`rur aytaman ,
Tilimda burrodir Vatan degan nom !
Vatanimning nomi hur O`zbekiston ,
Har bir yeri , har joyi bog`-u – bo`ston .
Vatanimni sevaman , men savodxon bolaman ,
Vatanimning nomini endi yoza olaman !!!
3. Men bugun juda zo`r rasm yasadim ,
Rasmda Onamni , o`zimni chizdim .
Va uning ostiga katta harf bilan
“Onajon , Vatanim !” deb yozib qo`ydim .