Alifbe bayram senariysi. Boshlovchi: Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk Assalom ustozlar, nomlari buyuk 2-Boshlovchi



Yüklə 403,4 Kb.
səhifə12/13
tarix26.12.2023
ölçüsü403,4 Kb.
#198240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alifbe bayrami senariy

"BOLALIK"

- Sho`xliklarga to`ymayman


- Kecha – kunduz o`ynayman.
- Tinim nima bilmaysan,
O`ynab hech charchamaysan .
Mo`jiza deysan go`yo ,
Nima ekan bu dunyo ?
Bu BO-LA-LIK !
- 7 yoshga to`ldik biz ,
- O`quvchi ham bo`ldik biz !
- Sizni savodxon qilgan ,
Quchoqlar ochib kutgan .
Kitoblarga boy maskan ,
Ayting-chi qayer ekan ?
O - NA MAK - TAB !
- Men ham uning o`g`liman !
- Men-chi, erka qiziman !
- Qaysi bog`da ,qaysi meva ,
Qay chamanning gulisiz ?
Elingizning oti nima ?
Qaysi millat o`g`lisiz ?
O`z-be-kis-ton!!!

Quvnoq harflar tortishuvi
(S.Mamadaliyev qo`shig`iga qiyos)
- Harflarim qani jam bo`ling ,
A dan tortib tutuq belgisi .
Do`st bo`ling , ham qadrdon bo`ling ,
Ko`rganlarning kelsin havasi .
Quloq solmay mening gapimga ,
Tortishdilar unli , undoshlar .
Unli pisand etmas to`siqni ,
Undoshlar ham maqtarlar o`zni !
Unli ancha cho`zilar edi ,
Undosh esa kesib so`zlardi .
Barchalari ko`ksini kerdi ,
Ammo bundan hech naf chiqmadi .
So`ng o`ylanib o`ziga kelib ,
Unli, undosh birga ishladi .
So`zlar hosil bo`ldi nogohon ,
O`zlari ham bu holdan hayron .
ONA , VATAN so`zi yasaldi ,
Barcha to`siq , iplar uzildi .
Keldi shu payt tutuq belgisi ,
Qaramaslar harflar hech qaysi ,
Tovushlarda , harflarda ham yo`q ,
Tanimaymiz biz seni tutuq !

Ammo u ham hech bo`sh kelmadi ,


“Alo” ,” mano” so`zlarin tuzdi .
Ammo bundan ma`no chiqmadi ,
Tutuq belgi sir boy bermadi .
Shunday qilib u talash bo`ldi ,
Harflar usiz qiyma-qosh bo`ldi .
Yasaldi so`ng eng yaxshi so`zlar ,
A`lochi qiz ma`noli so`zlar .
Kamsitmang hech cho`pni hasni ham ,
Toshu kesak ,baland pastni ham ,
Har bitta harf , bir ulkan ma`no ,
Anglatadi do`stlikni ammo !!!



Yüklə 403,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin