Qalamdon
Men esa qalamlarga ,
Qalamdonni tanladim .
Qalam , ruchkalarimni ,
Qalamdonga joyladim .
Daftar
Daftarlarga ilk yozuvni ,
Ilmoqchadan boshladim.
Bugun esa so`z,gaplardan ,
Matn tuza boshladim !!!
O`chirg`ich
Men esa O`g`iloyman,
O`chirg`ich bilan do`stman .
chizaman, o`chiraman ,
O`chiraman , chizaman .
Qiziq o`chirgan sayin
Do`stim kichrayib qoldi .
Nega ? E-ha tushundim ,
Xatom ko`payib qoldi .
Do`stimni avaylayman
Endi xato qilmayman .
Yelim
Yirtilibdi kitobim ,
Darrov yelimlab oldim .
Rangli qog`ozlar bilan
Mozayka ham yasadim .
- Daftar , ruchkalaringiz ,
Sehrli ekan bobo .
Yozuvlarim ko`ringiz ,
Qoyil qoldirar hatto !
Bizni yaxshi ko`rasiz ,
Unutmaymiz hech qachon .
Barcha sovg`alar uchun
Rahmat Sizga bobojon !!!
Maktabim-oftobim
Maktab –oftob , maktab –go`yo bir dunyo ,
Kitob-oftob ,kitob oftobdir go`yo.
Odob –oftob , odob – oftobdir go`yo .
Bilim koni maktabimda bir dunyo!!!
Men maktabni ONA dedim ,onamdir –maktab ,
Shu chamanni gulzor bildim , g`unchaman men ham .
Issiq bag`ring , qaynoq tafting , yayrab o`syapman ,
Sen Onamsan , Sen oftobsan , Sen ham bir VATAN !!!
Ana shunday , biz endi mustaqil o`qiy olamiz , fikrimiz o`tkir , nutqimiz ravon . Har bir savolingizga dadillik bilan javob beramiz .
-Demak, biz bugun jajji bilag`onlarmiz .Savodxonmiz .
Bolalar , savodxon bo`ldim deyapsiz , qani bu so`zlarni o`qing-chi ?
……………………, VA-TAN!
Vatan nima ? Kim aytadi ?
Uni qayerdan topadi ?
Ziyrak , bilimdon bolalar ,
Qani o`ylang , izlang , toping ,
Dostları ilə paylaş: |