ALIFBE bayrami senariysi
1. Boshlovchi: Assalom mehmonlar motabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
2-Boshlovchi: Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
1-Assalom, balajon iqboli porloq. Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
2-Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Savodxonlik bayrami bolsin muborak
- Assalomu alaykum aziz, motabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar oquvchilar!
2- Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bolgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- Sizlarga uzoq-umr, bolajonlarga baxtli davron porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.
2- Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun sozni maktabimiz direktoriga beramiz.
1-Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga oz bilim va sanatlarini nomoyish qilsalar siz miriqib tomosha qilsangiz.
Madhiya
2-Ayting qani azizlar
Baxtiyor ogil qizlar
Nechun keldik bu yerga
Nechun bor yosh kongilda?
1-oqituvchi: Bugun bizga zor quvonch
Yurakka shodlik tolgan
Savodxonlik bayrami
Bizni bunga keltirgan
1- Qanday qilib savodxon
Bolib oldingiz chunon?
2-oquvchi: Alifbe boldi sirdosh
Ilm yolida yoldosh
Sochdi ziyo nurini
Bolib misol quyosh
3-oquvchi: Alifbeni chaqirsak
Baravar qarsak chalsak
Kelar bizga mehmonga
Shu ajoyib makonga
Hamma: Alifbejon kelaqol
Bizga mehmon bolaqol
(Alifbe kirib keladi)
Alifbe: Assalom bolajonlar
Aqli soz bilagonlar
Bugun shodlik muborak
Savodxonlik muborak
Bolajonlar: Raxmat senga Alifbe
Ozing berding barini
Alifbe: Ayting nelar bildingiz
Ne sirlar organdingiz
Menga sovga bolsin deb
Nelar tayorladingiz?
4-oquvchi: Chiziqchalar chizishni
Oqishni va yozishni
Husnixat-u qiroat
Sendan organdik faqat
Alifbe: Qani ayting nechta harf
Nechta tovush bor menda
5-oquvchi: 29 harf bildik
30 tovush bor senda
Alifbe: Qani harflar sozlasin
Tartib bilan tizilib
Bolajonlar sozini
Eshitoy maza qilib
(Harflar chiqadi)
( o’quvchilar harflarga oid sh’erlarini aytib beradilar)
“A”- ZILOLA
“A” harfiman azaldan
Alifboning avvali
Aytsam kuch adolatda
Aqli a’lo afzali.
“B” - JOHONGIR
Baquvvat, bardam, botir,
“B” harfi bo’laman.
Bilimdonlarga balli
Bundan kuchga to’laman.
“D”- OYGUL
Dovrug’im dostonlarda
“D” harfiman dastyorman
Donolar durdonasi
Dilga dardkash, do’st – yorman.
“E” - BOBUR
Ertakchi “E” harfiman
Erkatoyim eshitkin
Ertaklar tinglab zehning
Ertak charxlab pishitgin.
“F”- MUSLIMA
Fazilatim fahmlab
Foydamni bilganlar ko’p
“F” harfiman fidoiy
Filday bardoshliman xo’p.
“G” - AVAZBEK
“G” harfi gul giyohman
Go’zal gullar timsoli
Gullaganda gulbog’lar
Go’yo go’dak misoli.
“H”- TURSUNOY
“H” harfman hamisha
Har qadamda hamrohman
Hikmat, hadis, hikoya
Hushyor hamida ogohman.
“I”- MUHAMMADJON
Ilimga intil izlan
Ishlashga toping imkon
“I” harifiman istagim
Ibratli bo’lgin inson.
“J”- RAYHONA
“J” harifiman jarangli
Jozibador va jo’shqin
Jonimga jo joylaganman
Jonajon vatan mehrin.
“K”- KUMUSH
Kamina kamtarin “K”
Kamsuqum bo’l ko’p dema!
Kelajaging kamoling
Kurash, intil, pand yema!
“L”- SARVAR
“L” harfiman labbaylab
Labimda lazzatli bol
Laylo, Lobar, Lolaman
Lafzim bor izzatim bor.
“M”- MAFTUNA
“M” harifiman mag’rurman
Maqtovim tushgan tilga
“Mard maydonda sinalar”
Mehmatim manzur elga.
“N”- DILSHOD
Nomim nasibam ulug’
“N” harifiman nonim but
Noshukur, nodon bo’lmang
Niholsan o’zingni tut.
“O”- AZIZA
“O” man olam meniki
“Oltin olma duo ol”
Ota – ona, aftob – oy,
Odob, olqish olib qol.
“P”- ANVAR
“P” harifiman paxlovon
Polvon oshga pazanda
Puxta pishiq o’zimga
Pishib chiqdim qozonda.
“Q”- GO’ZAL
“Qoyil qolmang, qarang”
“Q” harifi quvvatiman
Qo’shilsa – chi qo’lga – qo’l
Qanchalar qudratliman.
“R”- MADINA
“R” harfiman rahimdil
Rostgo’yman rizqim halol
Ranjitma ota – onang
Rozi qilib rehmat ol!
“S”- JASUR
“S” harfiman sifatim
Vaslatim xos sakkizga
Sadoqatli sirdoshman
Samimiy do’stman sizga
“T”- SHAHNOZA
Turmushda “T” harfiga
Topilar turfa ta’rif
Tashakkur to’g’ri topding
Tashvish tortmagin Zarif.
“U”- ASAD
Ulug’larga ustozman
Unvonimni unutmang!
“U harfi uzun unli
Umuman nafas yutmang.
“V”- SARDOR
“V” harifiman vazifam
Va’daga vafodorlik.
Vijdoniman Vatanning
Vujudimda bodorlik.
“X”- MUBINA
Xavf – xatardan xabardor
“X” man xolis xokisor
Xotira xo’p xazina
Xasislarga dunyo tor.
“Y”- ZEHRO
“Y” harfi yo’qolsangiz
Yo’q yerdan yo’ndiraman
Yo’l – yo’riq, yo’l ko’rsatish
Yo’lini do’ndiraman.
“Z”- UMIDJON
“Z” harfiman ziynatim
Zehinliman ziyrakman
Ziyo sochar zarramda
Zo’rman, zarur kerakman.
“O’ ”- ZAHRO
“O’ “ harfiman o’rtoqjon
O’qigan ishda o’zar
O’qib, o’rgan erinma
O’qimagan el buzar.
“G’ “- XABIBULLOH
“ G’ “ harifiman g’amxo’rman
G’olib doyim g’ayratli
G’alaba hamroh menga
G’oliblik go’yo totli.
“Sh”- KAMRON
SH harfiman bilasiz,
Shoshib-shoshib kelasiz.
Shokir, Shahzod, Shodmonni
Shogirdlikka olasiz.
“Ch”- MUHAMMADJON
“Ch” harifiman chidamli
Chaqqon, chanoq chaqinman
Chegaradan chiqmayman
Chug’urchuqqa yaqinman.
“Ng” -ZILOLA
Men birikma harf “ng”
Ohang, bongim rang – barang
Zang urganda baka – bang
So’l – u o’ngga teng qarang.
“ ‘ “ Tutuq belgisi.
Kimning kelsa bilgisi
Menman tutuq belgisi
Vazifamda segakman
O’z o’rnimda kerakman. ----AVAZ
Yoqtiraman jo’nlikni
Ajrataman unlini
Avvalo kelgan undoshdan
Deyishar: aql boshdan
Xavotiring bexuda
Misollar ko’pdir juda------MUSLIMA
Jumlada: a’lo Ra’no
Da’vo, Ma’suma, ma’no.
Esda tuting belgimni
Bilib qo’llang o’rimni.-----AVAZA.
Oʻquvchi:
Mana bizni bildingiz,
Sozga quloq soldingiz.
Bolalar bizni bilar,
Bilganning baxti kular.
Bizni derlar alifbo
Ottiz harf erur jo.
Bolalarga dost boldik
Yayrab oynadik kuldik.
Dostları ilə paylaş: |