Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish Reja: Kirish



Yüklə 140,74 Kb.
səhifə3/7
tarix11.05.2023
ölçüsü140,74 Kb.
#111132
1   2   3   4   5   6   7
Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish

Darsning maqsadi.

  • Yozuv daftari va sharikli ruchka bilan tanishtirish.

  • Daftarning chiziqlari bilan tanishtirib, qiya chiziqlarning ahamiyatini tushuntirish.

  • Dars jihozlari: sinf taxtasi, bo’r, latta, yozuv daftari, ruchka, rangli qalamlar.

    1. Darsga tayyogarlikni tekshirish.


    O’quvchilar, bugun biz sizlar bilan harflarni yozishni o’rganamiz. Qarang-chi, oldingizda yozuv daftari, sharikli ruchka bormi? (o’qituv-chi bolalarning ruchkalari bir xilda bo’lishiga alohida e'tibor berishi lozim.)
    O’qituvchi sinf partasida yozuv daftarini qanday qo’yish lozimligini amaliy ko’rsatib beradi.
    2. To’g’ri o’tirish qoidalarini tushuntirish.
    Sinf partasida o’tirganda boshimizni o’ng yoki chapga qiyshaytir-masdan to’g’ri o’tirishimiz lozim. Ko’zimiz bilan yozuv daftari orasi-dagi masofa 30-35 sm ga teng bo’lishi lozim (albatta o’qituvchi buni o’quvchi misolida amaliy ko’rsatib berishi lozim).
    3. Ruchka ushlash qoidasini tekshirish.
    Ruchkani o’ng qo’limiz bilan ushlaymiz. Yozayotganda esa ruchkaning uchi bilan barmoqlarimiz orasida 10-12 mm masofa bo’lishi, ruchkaning orqa tomoni esa o’ng yelkamizga to’g’ri bo’lishi lozim. (o’qituvchi amaliy ko’rsatib beradi.)
    4. Yozuv daftariga nuqtacha va chiziqchalar yozish.
    O’quvchilarga yozuv daftarining birinchi betidagi nuqtachalar bilan bir qatorda ko’ndalang chiziqlarni, satr chizig’ini va qiya chiziqlarni ko’rsatib, uning chetidagi qizil chiziqdan o’tish mumkin emasligini tushuntiradi. Bu qizil chiziq daftarning hoshiyasi deyiladi. Har qanday mashqlar shu qizil chiziqqacha yoziladi.
    5. Jismoniy daqiqalar o’tkazish.
    Bunda o’qituvchi o’quvchilarni qo'1 va barmoq mushaklarini harakatga keltiruvchi mashqlarni bajartirishi lozim. Jismoniy daqiqalar 1-2 daqiqadan oshmasligi lozim.
    6. Kichik tayoqchalarni yozish.
    Bu mashq orqali o’quvchilarni bir xil masofada chamalab yozishga o’rgatiladi. Albatta yozuvni bir tomonga qiya qilib yozish ta'kidlab o’tiladi.
    7. Darsni yakunlash.

    Mashqni yaxshi bajargan o’quvchilarning yozuv daftarlari namuna qilib ko’rsatiladi. Yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlanadi.




    Yüklə 140,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin