Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish Reja: Kirish


«Yozuv daftari»dan foydalanish



Yüklə 140,74 Kb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü140,74 Kb.
#111132
1   2   3   4   5   6   7
Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish

«Yozuv daftari»dan foydalanish
O’quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan oldin, ularni sifatli yozuv qurollari bilan ta'minlash lozim. Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liq. Ularning yozuv qurollarini muntazam nazorat qilib borish o’qituvchining muhim vazifasidir.
Dastur talablari bo’yicha 1-sinf o’quvchilari «Alifbe» kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan «Yozuv daftari»dan foydalanishlari lozim.
«Yozuv daftari» sifatli qog’ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib turadigan bo’lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig’i 25 mm, qiyaligi 65°, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mmga teng bo’lishi lozim.
O’quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli yoki gelli avtoruchkalarning yo’g’onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo’lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim.
O’quvchilar yozuvining sifati ko’p jihatdan yuqorida ko’rsatib o’tilgan yozuv qurollariga bog’liq.
Yozuv sifatini shakllantirish
Yozuvning sifatini shakllantirish deganda, biz uning aniq va toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo’lishini, bir tekis silliq yozilishini tushunamiz.
O’quvchilarda yozuv sifatlarini shakllantirish uchun o’qituvchi quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishi lozim:

  1. Harf unsurlari va harflarni to’g’ri bog’lab yozish.

  2. Yozuvni 65° qiyalikda yozishga o’rgatish.

  3. Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo’lishiga erishish.

  4. Harf unsurlari, harflar va so’zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash.

  5. Sinfdagi barcha o’quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga erishish.
    «Yozuv daftari» «Alifbe» kitobi asosida tuzilgan bo’lib savod o’rgatish davrida o’quvchilarni yozuv malakalarini shakllantirishga mo’ljallangan. «Yozuv daftari»da harflarning o’rni va shakli aniq berilgan bo’lib, o’quvchilar shu namunalarga qarab yozadilar. «Yozuv daftari» o’qituvchining ishini ancha osonlashtiradi, har bir o’quvchiga harf namunasini yozib berishdan ozod bo’ladi. Ammo shu bilan birga harf unsuri yoki harfning shaklini sinf taxtasida ko’rsatib berishi shart.
    «Yozuv daftari»da harf yoki uning unsurlari va so’zla^bilan bir qatorda bo’sh satrlar ham berilgan. Undan har bir o’qituvchi shu kunning topshirig’iga moslab foydalanishi mumkin.
    Ba'zi bir betlardagi nuqtachalar bilan berilgan harflarning ustidan ruchka yurgizib chiqish orqali o’quvchilar shu harf shaklini to’g’ri tasavvur qilishga o’rgatiladi. Bu mashqlarni barcha o’quvchilarga qo’llash shart emas. Uni xunuk yozadigan va harflarni yozishda qiynalayotgan o’quvchilarga qo’llash mumkin.
    «Yozuv daftari»dan o’quvchilar «Alifbe» davrining oxirigacha foydalanadilar. So’ngra ikki chiziqli oddiy yozuv daftaridan foydalanish mumkin.
    «Yozuv daftari»ga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sinf partasida o’tirish qoidalari, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish qoidalari eslatib o’tiladi. Yozuv mashqlari kichik yoshdagi o’quvchilar uchun mashaqqatli bo’lib, ular tez charchab qoladilar. Bu davrda o’qituvchi o’quvchilarga bir darsda bir necha marotaba jismoniy mashqlar qildirishi lozim.
    «Yozuv daftari»ning dastlabki bir necha beti yozuv mashqlari uchun berilgan bo’lib, qolgan betlaridagi harflar alifbe tartibida yozishga o’rgatiladi.
    Yozuvga tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan 1 soatlik dars namunasini ko’rsatamiz.

    Yüklə 140,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin