O`qish tezligini oshirish ancha murakkab jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bola tez o`qiyman deb shoshiladi,natijada xatolarga yo`l qo`yadi. O`qituvchi bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarda yaxshi kayfiyat uyg`ota olishi, sinfda yaxshi muhit yaratishi, har bir bolada “To`g`ri va ravon o`qiy olaman” degan ishonchni uyg`otishi lozim.
Ongli o`qish jaroyonida o`qilayotgan matnni tushunib, asosiy maqsadni uqib, asardagi ayrim o`z va ko`chma ma`noli so`zlarni izohlash, bunday so`zlar ishtirokida gaplar tuzish, tuzilgan gaplarni mazmun tomondan jamlab, kichik hikoya hosil qilish, matnning tugallangan qismidagi asosiy fikrni topish
mashqlarini tez-tez o`tkazish, matndagi tabiat tasvirini, insonlarning yaxshi-yomon odatlarini misollar yordamida, asardagi voqealarga bog`lab gapirib berish maqsadga muvofiq. Qaysi ishlar yaxshi va ularga ergashish mumkin, qaysilari yomon, ulardan nafratlanish kerakligini izohlab berishni o`quvchilarga topsjiriq tariqasida tavsiya etish mumkin. O`quvhilar to`g`ri, ongli, tez o`qishni egallagan taqdirdagina ifodali o`qiy oladilar. Ifodali o`qishga o`rgatish, o`qishga o`rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Ifodali o`qishga ulgurmayotgan o`quvchilarga kichik misrali she’rlardan yod olishga topshiriq berish, kichik misradagi she’rdagi ohangga, tinish belgilariga alohida e`tibor bilan yod olish aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |