Mustaqil ta’lim topshiriqlari 20. Mavzu: “Akvametod va qum” o’yinlari I. Nazorat savollari



Yüklə 17,43 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü17,43 Kb.
#95529
20-topshiriq


Mustaqil ta’lim topshiriqlari
20. Mavzu: “Akvametod va qum” o’yinlari 
I. Nazorat savollari:

  1. Akvametod o’yinlarini bola hayotidagi ahamiyati qanday?

Har bir bola maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kelganda o’ziga xos qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Bola qanchalik yosh bo’lsa, yangi sharoitga shunchalik moslashish qiyin kichadi. Ko’p narsa uning asab tizimining hususiyatlariga bog’liqdir. Bolalar o’zlarining hissiyoti va tuyg’ularini aniq ifoda etish uchun nutqi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Ifoda etilmagan his tuyg’ular (ayniqsa negative tuyg’ular) yig’ilib, oxir oqibat tashqaridan qaraganda, tushunarsiz ko’z yoshlar sifatida namoyon bo’ladi, bu hissiyotlarni qo’zg’atuvchi hech qanday sabab yo’q. Bolaning injiqlanishi, vaqtinchalik uyqusi buzilishi, ishtaha yo’qolishi halatlarining hammasi 2-3 hafta, ba’zan esa oylab davom etadi, lekin har bir tarbiyachi moslashuv jarayonini minimal darajaga qisqartirishga harakat qiladi. Bolaning ijodiy faolligini oshirish, uning guruhda o’zini qulay va himoyalangan his qilishi uchun tarbiyachi bolaga qulay muhit yaratishi kerak.
Moslashuv jarayonida ilk yoshdagi bolalar bilan ishlashda, istiqbol reja asosida turli metod va uslublardan foydalanadi. Bu davrda foydalanish uchun “akvametod”usulini tavsiya etamiz.

  1. Akvametod o’yinlaridan namunalar

Qiziqarli kemalar” – Bolalar tomonidan suvga (minibasseyn) turli predmetlarni
kemacha, qayiqcha, turli mayqa o’yinchoqlarni qo’yib yuboriladi va “to’lqin”,
“shamol” hosil bo’lishi kuzatiladi.
Sho’ng’ish” – mayda koptokchalar, rezinali o’yinchoqlar, pin-pong sharchalarini
tog’oracha yoki vannaga suv to’ldirib, qo’llari bilan siqishadi natijada,
o’yinchoqlar suvdan otilib chiqadi.
Chaqqon barmoqchalar” – bolalar turli rang va shakldagi parolon gubkalarni
suvga bo’ktirib, ular yordamida suvni bir idishdan ikkinchi idishga quyishadi.
Sharchalar” – bolalar rezina o'yinchoqlarni suv ostida kaftlari orasida siqib, chiqayotgan havo sharchalarini kuzatishadi, turli butilka larni suvga solib, турли suvga to’ldirib, ko’proq qaysi holatlarda sharchalar hosil bo’lishini kuzatadi.
Cho’kadi – cho’kmaydi”- bolalar turli predmetlar orqali tajriba o’tkazishadi.Ularni suvga solib, nima cho’kib nima cho’kmasligini aniqlashadi.
Dengiz xazinalari” – bolalar suv ostidan turli xazinalar – toshlar, chig’anoqlar yaltiroq tugmachalar, turli mayda predmetlarni olishadi.Ushbu predmetlarni qarmoqcha, to’r va qoshiqchalar yordamida olish orqali murakkablashtiriladi.
Quvnoq hayvonchalar” – suvda harakatlanuvchi mexanik o’yinchoqlarni yo’nalishini kuzatiladi.

  1. Bolalar bila qum o’yinini tashkil etish shartlari

“Qum o’yinlari”– bolalarda stress holatini oldini olishning samarali uslubi. Bolalarning o’zaro muloqotlari qum maydonchalarida sodir bo’ladi. An’anaviy mashg’ulotlarni qum maydonchalarida olib borilishi ko’proq ta’limiy – tarbiyaviy natija beradi.Qum bilan o’ynaladigan o’yinlar boshqa o’yinlarga nisbatan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan va barqaror bo’ladi. Aynan shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi va ta’limiy o’yinlar sifatida foydalaniladi. Birinchidan, sezilarli darajada bolaning qiziqishlari ortib boradi, tajriba o’tkazishga va mustaqil bo’lishga qiziqishlari ortadi. Aynan shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi va ta’limiy o’yinlar sifatida foydalaniladi.

  1. Qum o’yinlarini jihozlash.

Qum o’yini jihozlarini tanlash (tegishli plastic idishlarda saqlanadi)
- ketmonchaкетмонча, belkurak, elak,voronka enli mo’yqalam;
- turli kattalikdagi turli-tuman plastic shakllar(geometric shakllar, hayvonlar,
transport vositalarini aks ettirgan shakllar hamda xamir uchun mo’ljallangan
qoliplar);
- turli jins va yoshdagi insonlarni tasvirlovchi kichik hajmdagi o’yinchoqlar
(balandligi 5-10 m); turli hayvon va o’simliklar; transport kabilar;
- o’yinchoqli idish – tovoqlar to’plami;
- turli bin ova qurilmalar;
- tosh, chig’anoq, daraxt shoxi, kata tugmacha kabi tashlandiq materiallar;
- ertak qahramonlari.
Yüklə 17,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin