ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MINIATYURANING O`ZIGA XOSLIGI VA JOZIBASINI AKS ETTIRISHDA BUGUNGI KUNDAGI O’RNI VA AHAMIYATI Namangan davlat universiteti
“ San’atshunoslik “ fakulteti talabasi
Shermaxammatova Muqaddas Toxirjon qizi
sermahammatovamukaddas@gmail.com
Annotatsiya:Ushbu maqalani yoritish jarayonida shularga aloxida etibor qaratildikiy . Alisher Navoiy asarlarini o`qib chiqish jarayonida miniatyura yo’nalishida o`ziga xos o`rni borligini takitlashimiz zarur.Dar xaqiqat Alisher Navoiy so`zlar orqali o`z kechinmalarini ifoda etgan bo’lsa miniatyura uni ranglar orqali yoritib bergan
Kalt so`zlar: miniatyura ,qog’oz,parcha,qalam,asar.
Kirish: O`zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh. M .Mirziyoiv 2023 yilni insonga etibor va sifatliy ta’lim deb elon qildilar . Shundan qilib chiqan xolatda sifatliy ta’limga etibor kuchayetirilmoqda . Shu o`rinda miniatyura yo’nalishini rivojlantirishda Alisher Navoiy asarlarining o`rni beqiyos.
Natija taxlili: Miniatyura – fors tilidan olingan bulib “ miniature “ lotin tilida minium qizil buyoq badiiy usullari o`ta nafis bo`lgan kichik xajmli tasviriy san’at asarlari. O`rta asr qulyozmalarini zinatlash uchun yaratilgan mo`jas rasmlar, shuningdek suyak, pargament, toshqog`oz , metal , chinni , bazan maishiy buyumlar soat , uzuk va boshqa buyumlarga ishlangan kichik xajimdagi rangtasvirga xam miniatyura atamasi qullanadi . Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi soxalari keng tarqalgan. Kitob miniatyurasida rasimlar rangli qilib tempera, guash , yyelim, akvarel va boshqa bo`yoqlar bilan qo`lda bevosita qo`lyozma kitoblar varaqalariga ishlanib,indagi naqshlar sarlavqa,unvon,lavha shu kitoblarning bezaklari bilan uyg`unlashgan. Miniatyura qadimdan ma’lim bo`lgan. Qadimda Misr papiruslariga xira bo`yoqlar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. So`nggi antik miniatyuralar 4-6 asrlarda shakllar va nurhavo holati to`g`ri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya miniatyurasi asosan , diniy qulyozmalarda 10 – asrlargacha hukum surgan . 13 – 15 asrlarda gotika miniatyurasida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchayedi , rasmlar mato bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, mnzara, intereer , memoriy hoshiyalarga keng o`rin berildi . O`rta asrlarda Sharqda miniatyuraning o`ziga xos xususiyatlari mavjud .
O`zbekiston hududida 20 asr boshlariga kelib miniatyura san’atining rivoji to`xtab qoldi.Ustoz Mo`min, A Siddiqiy , G Nikitin , T Muxammedov kabi rassolar ijodida miniatyura an’analari kuzatiladi . 70-80 yillarda miniatyura an’analarini tiklashga urunishlar bo`ldi . Miniatyuraning haqiqiy taraqqiyoti O`zbekiston mustaqillingidan so`ng amalga oshdi. Ch . Axmadov miniatyura san’ati an’analarini o`z ijodida davom ettirdi, uni yangicha mazmun, g`oyalar bilan boyitdi. Uning shogirdlari ustoxning ishlarining davom ettirib, miniatyurani yangi bosqichga ko`tardilar; Miniayurani lokli miniatyura, qog`oz, mato, teri, charimdagi miniatyurani va devoriy ishlarni qamrab olib keng ko`lamli badiiy uslubiy yo`nalishga aylandi. Xozirgi kunda miniatyura rivoji 3 yo`nalishda – ayon qo`lyozma kitob rasmlari T.Muxamedov, Sh. Muxamadjonov; lokli miniatyura buyicha N.Xolmatov, Sh.Shoaxmedov; xamda miniatyura uslubida devoriy rasmlar yaratishda T.Boltaboyyev ,Kamoliddin Bexzod nomidagi O`zbekiston mukofodi sovrindorlaridi .Yuqorida aytib o`tganimdak miniatyura san’ati kup yilii tarixga ega bulib buyuk namoyondalar ( A.Navoiy , Bobur ) va boshqalar ijodini aks etirishida miniatyuradan foydalanishgan . A.Navoiy 9-fevralь 1441 yilda ulug` o`zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafvkkiri va davlat arbobi bo`lgan. G`arbda chig`atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va din” unvoni bilan lug`lanadi . Navoiy 1469 – yilgacha temurilar orasidagi ichki nizolar sababli Xirotdan yiroqroqda yashagan. Xusayn Bayqaro Xuroson taxtiga o`tirgach 1469 y , Navoiy xayotiva ijodida yangi bosqich boshlanadi , xukumdorlik 1469 mansabiga , vazirlik 1472 va Astrobod xokimligi 1487 yilga tayenlanadi. 1480-1500- yillar mobaynida o`z mablag`lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot ( safardagi yulovchilar to`xtab o`tish joyi ) , 17 masjid, 10 xonaqoh 9 hammom , 9 ko`prik , 20 ta hovuz qurduradi. Xusayn Barqaror Alisher Navoiyga “ muqarrabiy hazrati sultoniy” ( “ sulton hazratlarining eng yaqin kishisi “ ) degan unvonni beradi. Unga ko`ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimai xoli o`z davrida Xondamir, Vosifiy, Xusain Bayqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. A . Navoiy ijodining yuksak chuqisi “ Xamsa” asari ( 1483 – 85 ) dir , shoir birnchilardan bo`lib, turkiy tilda tuliq “ Xamsa” yaradiy va turkiy tilda shunday ko`landor asar yozish mumkunligini ispodlab berdi . Ushbu tuplamni Nizomiy Ganjavining “ Panj Ganj “ ( “ 5 – xazina “) asariga xavas sifatida yozilganligini o`kuvchilarga anglatmoq mavsadida “Xamsa” ning kirish qismida :
“ Emas oson bu maydon ichra turmoq ,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq . ”
deya ta’kit etadi .
Xamsa tarkibiga “ Xayrat ul- abror” , “ Farxod va Shirin” , “ Layli va Majnun” , “ Sab’aiy sayyyor” , “ Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi. Bu dostonlarga ishlangan miniatyuralar juda nafis va jozibakordir misol uchun:
Sab’ai sayyor (“ 7 sayyora ” ) – “Xamsa” Alisher Navoiyning tortincht dostoni (1484) . Sharqda keng tarqalgan “Baxrom G`or” afsonasi asosida .
Layli va Majnun – yakin va o`rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan falklor hamda yozma shakildagi adabiy yodigorlik. Dostonning ilk kurtaklari VII – asrning 2 – yarmida paydo bo`lgan. Ayrim manbalarning ma’lumotiga ko`ra , doston qaxramonlari tarixiy shaxslardir . Ular Majnun Bani Omir qabilasidan chiqqan, asli ismi Qays ibn Mulavvah yoki Qays ibn Muod bo`lgan yigit , deya ta’kitlanadi . Layli o`z qabiladoshini sevgan xamda o`z sevgvni va hijron alamlari xaqida mugliy she’rlar bitgan. Bunday ma’lumot ,jumladan , ibn Qutaybaning (889) “ Kitob ish-she’r va shuaro ” (“ She’r va shoirlar haqida kitob ”) . Arab she’riyatida Majnun taxallusi ostida ko`plab mungli she’rlar vujudga keladi , bunday she’rlar tobora ko`payib boradi, to`plamlarga kiritiladi. Layli va Majnun haqida ilk bor 1188-yilda ozarbojon shoiri Nizomiy Ganjaviy doston yaratgan .Ammo u asarni Xusrav va Shirin deb nomlagan va hikoya ular haqida so`zlayedi. Alisher Navoiy qulamalariga mansub Layli va Majnun dostonlari mashhur . Garchi ushbu dostonlar bitta nom bilan atalsa va ulardagi voqealar tizimi bir-biriga juda o`xshash bo`lsada , har bir muallifning “Layli va Majnun ”i o`ziga xos va betakror asardir. Xozirgacha maskur dostoning o`zbek, Arab, Fors, Ozarbayjon , Turk , Turkman , Tojik,Gruzin,Panjob,Kurt,urdu tillaridagi ko`plab variyantlari mavjud. Layli va Majnun dostoni xalq og`zaki ijodi ravnaqiga ham beqiyos ijobiy ta’sir ko`rsatgan.
Xulosa :
Alisher Navoiyni asrlarida miniatyuraning o`rni beqiyos bulib, buyuk bo bokalonimizning g`oyalarini tuliqroq aks etiradi
Foyedalangan adabiyotlar :