Alisher Navoiy biografiyasi



Yüklə 76,62 Kb.
tarix15.10.2022
ölçüsü76,62 Kb.
#65170
Alisher Navoiy



Alisher Navoiy
biografiyasi

Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xa lqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.


Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.
1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.
Yüklə 76,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin