Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 403-guruh talabasi Sobirova Marjonaning mumtoz she‘riy janrlar fanidan tayyorlagan taqdimoti
Alisher Navoiy fardlari tahlili
Fard arabcha yolg‘iz degan ma‘noni bildiradi, atama sifatida bir bayt ya‘ni ikki misra she‘rga nisbatan qo‘llaniladi. Fardning ko‘pligi mufradot deyilib, ular odatda turli munosabat bilan yuzaga keladi. Fard arab, fors-tojik va turkiy adabiyotda keng tarqalgan she‘riy shakl bo‘lib, u fikrni ixcham, lo‘nda bayon qiladi, masnaviyga o‘xshab qofiyalanadi. Navoiyning fardlari muayyan hayotiy vaziyatlar asosida yaratilgan xulosalar sifatida alohida e‟tiborga molikdir. Uning “Faboyid ul-kibar” devonidan 86 ta fard o„rin olgan. Shoir fardlarida rang-barang masalalar qalamga olinib, ularda ruhiy-ma‟naviy yetuklik, axloqiy poklik, ezgu xulq sodda va ixcham shaklda tasvirlanadi.
Masalan:
Ushbu fard mohiyatiga “Yomonga yaqin yursang yarasi yuqar, qozonga yaqin yursang qorasi” maqolining mazmuni singdirilgan. Shoir yomon kishilar bilan hamroh bo‘lsang uning yomonligi yuqishi ko‘mirga qo‘l urib uni qora qilish bilan qiyoslamoqda. Zero, yomonlik kishini badnom qilishi, uni uyatga qo‘yishi mumkinligiga urg„u berilmoqda. Shoir kishilarni yomon illatlardan forig‘ bo‘lishga chaqirish bilan birga do‘st tanlashda adashmaslikka, el aro yuzi qora bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
Yuqar yomonlig‘ angakim, kirar yomon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘an qilur ilkini qaro.
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q, Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo‘q.
Shoir ushbu fardida tasavvuf ta‟limotining oqimlaridan biri bo‘lgan javonmardlik sulukining qoidalarini mahorat bilan ifodalagan. Javonmardlik namoyandalari muruvvat va futuvvat ahlidir. Navoiy o‘z asarlarida ularni axiy deb ham yuritadi. Demak, muruvvatli odam o‘zi yemay, borini birovga beradi, jo‘mard, mard ya‘ni futuvvatli odam esa ko‘p ish qiladi, birovlarga yaxshilik qiladi, lekin uni minnat qilmaydi.
Istasangkim, ko‘rmagaysen bevafolig‘, ey rafiq, Qilma olam ahli birla oshnolig‘, ey rafiq
Shoir lirik qahramoni nazarida bu dunyoda bevafolar kun-kundan ko‘payib bormoqda. Lirik qahramon olam ahlidan bevafoliklarni ko‘p ko‘rgan, shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l kishilardan uzoqroq bo‘lishdir. Shoir bu fikrni nido san‘ati vositasida rafiqqa murojaat qilish orqali ifodalab, ta‘sirchan lirik lavha yaratgan.Shoir fardlarida uning ko‘nglini o‘rtagan, tuyg‘ulariga ta‘sir etgan holatlar nozik ifodalanadi.
Ul pariykim, ani demishmen yor, Odamilig‘din o‘zga barchasi bor.
Shoir fardlarida uning ko‘nglini o‘rtagan, tuyg‘ulariga ta‘sir etgan holatlar nozik ifodalanadi.
Belu og‘zidin, dedilarkim, afsonaye, Boshladim filholkim, “Bir bor edi, bir yo‘q edi”. Shoir yori go‘zallikda shu darajaki, uni ta‘rifi bu hayotda yo‘q, faqat afsonalardagina uchrashi mumkin, Shuning uchun ham shoir xalqona tasvir usuliga murojaat qiladiki, bu uning go‘zallikda tengsizligini ta‘sirchan tasvirlashga xizmat qilgan. Umuman, shoirning rang-barang janrdagi she‘rlari uning yuksak mahorat egasi ekanligi, mazkur janrlar takomilidagi xizmatlari beqiyosligini ko‘rsatadi. Navoiy lirikasi mavzu yo‘nalishining rang-barangligi, g‘oyaviy mazmunining g‘oyatda boyligi bilan xarakterlanadi. Lirik janrning xilma-xil ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etgan bu she‘riyat ulug‘, san‘atkorning butun hayoti davomida yuzaga kelgan bo‘lib, unda shoir hayoti va fikriy dunyosi bilan bog‘liq ko„pgina masalalar o‘z in‘ikosini topgan.
Navoiy she‘riyatining mavzu doirasi va g‘oyaviy yo‘nalishi nihoyatda keng. Unda ilohiyot, tabiat, jamiyat va inson va uning ruhiy olamining ko‘pgina jihatlari bilan bog‘liq savollarga javob olish mumkin.