yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar.
Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas.
Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir;
Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir.
HILM TO‘G‘RISIDA
HILM TO‘G‘RISIDA
Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U - yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.