Alisher Navoiy mavvzusida Tayyorlagan Slaydi Alisher Navoiy


Isrof qilish - saxiylik emas



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/3
tarix21.12.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#77073
1   2   3
alisher navoiy

Isrof qilish - saxiylik emas;

  • Isrof qilish - saxiylik emas;
  • o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar;
  • yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar.

Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas.
  • Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir;
  • Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir.

HILM TO‘G‘RISIDA

  • HILM TO‘G‘RISIDA

Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U - yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.
Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.

Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz.

  • Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i.
  • Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi.

O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.

  • Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar.
  • Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.

Safarning foydalari TO‘G‘RISIDA

  • Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda?

Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas.

  • Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas.
  • Yaxshilik qila olmasang - yomonlik ham qilma.
  • Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma.
  • Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.

Unutmang!

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!


Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin