Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.