UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
ILOVALAR.
3
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz
mustaqillikka
erishganligi
sharofati
bilan
amalga
oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‟rifiy-ma‟naviy o‟zgarishlar
natijasida tarixiy, milliy, ma‟naviy qadriyatlarni o‟rganish, ularni tiklash,
fuqorolarning ayniqsa o‟sib kelayotgan yoshlarni ongiga ularni singdirish
imkoniyatlari yaratildi. Jamiyatni milliy asoslarda tarqqiy ettirish bilan bog‟liq
vazifalar bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Bugungi kunda bu boradagi ishlar,
barcha sohalarda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‟rifiy jabhalarda o‟zining
samarasini ko‟rsatmoqda.
O‟zbekistonni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor
yo‟nalishlarida ta‟lim-tarbiya tizimi, uning mazmuni va mohiyatini yangicha,
milliy negizda shakllantirish alohida belgilangan. Bu esa Prezidentimiz
I.Karimovning va hukumatimizning ta‟lim-tarbiyaga buyuk kelajak yaratish
yo‟lidagi eng muhim omil sifatida qarayotganliklarining belgisidir.
I.Karimov Oliy majlisning 1997-yilda bosib o‟tgan IX-sessiyasida so‟zlagan
“Barkamol avlod – O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli tarixiy nutqi
ta‟lim sohasiga e‟tibor eng asosiy, dolzarb vazifalardan ekanligini quytidagicha
bayon etgan edi: “Zamonaviy ta‟limning o‟zi nimadan iborat bo‟lishi
kerak?...Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday usulda va uslubda milliy
qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o‟rgatishimiz, chuqur anglashimiz kerak.”
1
Yoshlar ta‟lim-tarbiyasida milliy g‟oyalarning aks ettishi xalqimizning asriy
orzularining amalgam oshish inikosi hisoblanadi. Shu bois ham hozirgi kunda
madaniyat va ma‟naviyat, ta‟lim va tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi
omiliga aylanib bormoqda.
Kelajak taraqqiyoti va uni qanday kechishi ko‟p jihatdan uning
bunyodkorlari tarbiyasiga bog‟liq. Ta‟lim va tarbiyani milliy negizini
________
4
1. Karimov I. Barkamol avlod –O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1997.
-7-8 bet
mustahkamlash, uni jahon ilm-fanining eng so‟ngi yutuqlarigatayangan holda
takomillashtirib borish, ilm fanni rivojlantirish, ijtimoiy faol, ma‟naviy yetuk,
kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va uni chuqur his
etuvchi, ijodiy, erkin va mustaqil fikr yuritaoladigan shaxsni kamolga yetkazish
davlatimiz siyosatida asosiy o‟rinni egallaganligi bejis emas.
Ta‟lim
sohasidagi
islohatlarning
nazariy
asoslarini
ifodalovchi
“Ta‟limto‟g‟risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga asoslangan
holda ta‟limning milliy modelini hayotga tadbiq etish ishlari bugungi kunda avj
nuqtada izchil davom ettirilmoqda.
Pedagogik kuzatuv va tahlillar hozirgi vaqtda ta‟lim va tarbiya ishlarini
milliy qadriyatlarga tayangan holda har tomonlama to‟g‟ri ekanligini
ko‟rsatmoqda. Buni xalqaro hamjamiyatimiz tomonidan e‟tirof etilayotganligidan
ham ko‟rishimiz mumkin.
Tarbiya tizimida estetik tarbiya alohida o‟rin tutadi. Shaxsni estetik
tarbiyalash masalasi pedagogika, falsafa, san‟atshunoslik, adabiyot, san‟at xususan
musiqa ta‟limi oldiga alohida vazifalarni qo‟yadi.
Estetik tarbiya mohiyatida muayyan xalqning musiqasi, uning mazmunida
o‟z ifodasini topgan milliy an‟analar urf-odatlar, xalq hayotining ma‟lum davrlari,
ruhiyati, falsafasi ulkan tarbiyaviy ta‟sirchanlik kasb etadi. Har qanday xalq borki,
uning madaniyatini musiqasiz, tasavvur etib bo‟lmaydi. Shu nuqtai-nazardan
qaraganda vatanimiz hududida qaror topgan, shakllangan xalq musiqa merosi bilan
yosh avlodni izchil tanishtirib borish, o‟quvchi-yoshlarni o‟zi yashab turgan hudud,
vohaning o‟ziga xos musiqiy uslubi, folklori, an‟anaviy mumtoz kuy-qo‟shiqlari,
shu bilan birga o‟sha yerdan yetishib chiqqan mahalliy ijodkorlar hayoti, yaratgan
asarlari bilan tanishtirib boorish ularda milliy g‟urur, ong, tafakkurni va o‟z-
o‟zidan estetik madaniyatni shakllanishiga benihoya kuchli ta‟sir etadi.
5
Musiqada u yaratgan zaminda yashovchi el-usulning o‟ziga xos turmush
tarzi, tili, tarixi, ishvasi, kiyinish madaniyati, raqslari, cholg‟u sozlari, to‟y-
bayramlarning eng muhim ko‟rinishlari mujassamlashadi.
Bu esa usha xalq haqida, uning o‟tmishi, buguni haqida muayyan tasavvur
hosil qiladi. Bu o‟z navbatida yoshlarda o‟z vataniga xalqiga, milliy qadriyatlarga
mehr-muhabbat va ongli munosabatni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb
etadi.
O‟zbekistonning har bir vohasiga tegishli o‟ziga xos musiqa madaniyati
bilan o‟quvchi-yoshlarni musiqa darslarida tanishtirib borish, ularni
ajdodlarimizning ilg‟or g‟oyalari va an‟analariga vorisligini ta‟minlaydi.
Ma‟lumki O‟zbekiston sarhadida o‟ziga xos alohida farqli xususiyatlari biln
ajralib turuvchi to‟rtta mahalliy uslublar qaror topgan. Bular, Qashqadaryo –
Surandaryo, Buxoro – Samarqand, Farg‟ona – Toshkent, Xorazm musiqa
uslublaridir. Har bir mahalliy uslubda o‟ziga xos shakllar, uslublar, an‟analar
alohida janrlar va ijrochilik yo‟llari shakllanib kelgan. Umumta‟lim maktablarining
7-sinf musiqa darsligida bu haqda qisqacha va muxtasar ma‟lumotlar berishgan.
Bizga ma‟lumki, Samarqand va Buxoro qadim-qadimdan nafaqat O‟rta
Osiyo, balki butin Sharqda ma‟lum va mashhur ilm-fan, madaniyat o‟choqlaridan
biri bo‟lib kelgan. Bu vohada buyuk mutaffakkirlar olimlar faylasuflar, musiqachi-
san‟atkorlar yetishib chiqqan. Tarixning ma‟lum davrrlarida masalan, (Amir
Temur va Temuriylar hukumronligi davrida) Samarqand va Buxoro (Somoniylar,
Buxoro Amrligi) Buxoroda ilm-fan shu qatori musiqa ilmi va san‟ati gulab
yashnagan. Shashmaqom san‟ati aynan mana shu o‟lkada shakllangan va bizgacha
yetib kelgan va u bugungi kunda ham o‟zbek xalqining bebaho mumtoz musiqa
boyligi sifatida e‟zozlanadi.
Vohada uzoq davrlar davomida shakllangan musiqaviy janrlar, ijrochilik
uslublari shu yerda yashovchi o‟zbek va tojik xalqlarining ijod mahsuli bo‟lib,
uning eng muhim o‟ziga xos jihatlardan biri bu adabiyot va san‟at asarlarida “ikki
tillilik”ning mujassamlashganligidir.
6
Tadqiqotimiz mavzusini tanlashda Samarqand Buxoro zaminida yashab
kelgan o‟zbek va tojik xalqlariga birdek tegishli bo‟lgan musiqa madaniyatining
o‟ziga xosligi va uning eng ommaviy va yetakchi janrlarini musiqa merosimiz
gultoji hisoblanmish “Shashmaqom” haqida musiqa darsliklariga kiritilgan o‟quv
materiallarini sinchiklab o‟rganib, tahlil qilib chiqdik. Xulosalarimiz shunday
bo‟ldiki musiqa darsliklaridan o‟rin olgan ma‟lumotlar, bilim va tushunchalar
mazmunan va hajman judaham cheklangan (o‟quv soatlari). Bu esa mazkur
vohalarda qaror topgan musiqa merosi xususida o‟quvchilarda zarur bilim,
tushuncha va tasavvurlarni hosil qilish imkonini bermaydi. Bu esa kengroq
diapazonda o‟quvchilar tomonidan aniq, keng qamrovli bilimlarni egallashlarida
ko‟maklashuvchi qo‟shimcha ma‟lumotlarni va ularni o‟quvchilarga yetkazish
bo‟yicha o‟quv mashg‟ulotlari samaradorligini ta‟minlovchi o‟qitish usul, shakl va
vositalarini aniqlashni taqazo etadi. Muammoni aynan manashu yo‟sinda maxsus
tadqiq qilinmaganligi uning musiqa pedagogikasida dolzarblik kasb etishini
bildiradi. Shunga ko‟ra tadqiqot mavzusi “ O’zbek xalq musiqasining mahalliy
Dostları ilə paylaş: |