Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta


Tatqiqot natijalarining ommalashgan darajasi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix03.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#106585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
201487 (1)

Tatqiqot natijalarining ommalashgan darajasi.Bitiriuv malakaviy ishning 
asosiy mazmuni Samarqand Davlat Universitetida bo‟lib o‟tgan ilmiy-amaliy 
anjumanlarda qilingan ma‟ruzalarda, Samarqand viloyat XTMMTvaTEBga 
qarashli 64-Umumta‟lim maktabida tajribadan o‟tkazildi. A.Navoiy nomli 


11 
Samarqand Davlat Universiteti “Musiqa ta‟limi” kafedra yig‟ilishlarida 
muhokamasidan o‟tgan va ma‟qullangan. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi va hajmi: Kirish, ikki bob, 6 
paragraf, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 
hamda ilovalardan iborat bo‟lib, umumiy hajmi sahifani tashkil etadi. 


12 
IBOB: XALQ MUSIQASINING MAHALLIY USLUBLARIGA OID 
BILIM VA TUSHUNCHALARNI TA’LIM-TARBIYA SOHASIDAGI 
AHAMIYATI. 
1.1. O’zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari va ular haqidagi 
bilimlarni o’zlashtirishning nazariy asoslari. 
O‟zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi sharofati bilan amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‟rifiy o‟zgarishlar natijasida tarixiy, 
milliy, ma‟naviy qadriyatlarni o‟rganish, xalq ma‟naviy hayotiga chuqur olib 
kirish, ta‟limiy-tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishning keng imkoniyatlari 
yaratildi. Hozirgi kunda jamiyatni va uni rivojlanishining ilmiy asosini belgilovchi 
ilm-fan, ta‟limni jahon standartlari darajasida taraqqiy ettirish vazifalari 
bosqichma-bosqich va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu o‟rinda uzluksiz 
ta‟lim tizimida barkamol avlod tarbiyasiga milliy, tarixiy tajribalar asosida 
yondashish asosiy vazifa sanaladi. Chunki yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining 
ustivor yo‟nalishi sifatida amalga oshirilishi bevosita davlatimizning hozirgi 
avlodga buyuk kelajak yaratish yo‟lidagi g‟amxo‟rligi va e‟tiborining namunasidir.
Darhaqiqat, barkamol avlodni shakllantirishdek ulug‟ va sharafli vazifani 
izchillik bilan davom yetayotgan hozirgi davrda ta‟limning eng muhim 
shakllantiruvchi bosqichi bo‟lgan umumiy o‟rta ta‟limga e‟tibor dolzarb 
vazifalardan bo‟lib qoldi. I.A. Karimov Oliy Majlisning 1997 yilda bo‟lib o‟tgan 
IX-sessiyasida so‟zlagan “Barkamol avlod – O‟zbekiston taraqqiyotining 
poydevori” nomli tarixiy nutqidagi fikrlarni bildirgan yedi: “Zamonaviy 
boshlang‟ich ta‟limning o‟zi nimadan iborat bo‟lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda 
qanday bilimga ega bo‟lishi lozim? Ularning tarbiyasi qanday bo‟lishi 
kerak?...Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday usulda va uslubda milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‟rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?”
1
1
I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: - Sharq, 1997. – 7-8b 


13 
Ushbu fikrlar umumiy o‟rta ta‟limga, qolaversa butun ta‟lim-tarbiya tizimiga 
qo‟yilgan davlat buyurtmasining yaqqol ifodasidir.Yoshlar ta‟lim-tarbiyasida 
milliy – ma‟naviy g‟oyalarning aks etishi xalqimiz asriy orzularining amalga 
oshishi in‟ikosi hisoblanadi. Ma‟naviyatga intilish ong va tafakkur egasi bo‟lgan 
insonga xos fazilat bo‟lib, u insonning ruhiy va aqliy olamining ifodasidir. 
Shuningdek, ma‟naviyat – jamiyatning, millatning yoki bir kishining ichki hayoti, 
ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati va idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchalar 
majmui hisoblanadi.
Mustaqillik tufayli milliy-ma‟naviy merosimizni yetarli darajada o‟rganish 
uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.Xalqimizning milliy-ma‟naviy merosida 
xalq musiqa ijodiyoti, ya‟ni milliy musiqiy qadriyatlarimiz juda ulkan bir 
hazinadir. Milliy-madaniy meros namunalari va ularda ilgari surilgan g‟oyalarning 
jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotidagi ahamiyatiga yuqori baho berar yekan 
Prezidentimiz I.Karimov: “Bu hazina insonga hayotda barqarorlik bag‟ishlaydi, 
uning qarashlari shunchaki boylik orttirish yo‟lida kun ko‟rishga yo‟l qo‟ymaydi, 
fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchilik kunlarida irodani 
mustahkamlaydi” – degan edi.
2
O‟zbek xalqining boy musiqiy merosi xalqning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi, 
etno-psixologik xususiyatlari, hayotiy tajribasi, ijtimoiy qarashlari, orzu-intilishlari 
hamda uni amalga oshirish yo‟lida tashkil yetiladigan faoliyat yo‟nalishlari, 
shaxsga ta‟lim-tarbiya berish an‟analari asosida shakllangan bo‟lib, asrlar 
davomida tarixiylik, vorisiylik tamoyillariga muvofiq avloddan-avlodga o‟tib 
kelmoqda. An‟analarga sodiqlik tufayli yoshlarda ma‟naviy javobgarlik hissi, 
Vatanga muhabbat, mehr-oqibat, axloq-odob kabi fazilatlar qaror topib boradi. 
Xalq musiqa ijodiyotining mazmuni, janrlari, an‟analarini chuqur o‟rganish, 
ularning g‟oyaviy-badiy mazmuni, tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta‟lim-tarbiya 
jarayonida samarali foydalanish yoshlarni milliy ongini, tafakkurini, milliy 
o‟zligini anglashlarida, ularni milliy g‟oya va mafkura ruhida tarbiyalashda benazir 
ahamiyat kasb etadi. Xalq ma‟naviy boyligining ko‟zgusi bo‟lgan xalq musiqa 
2
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: - O’zbekiston, 2000.-43 bet.


14 
merosi, uning eng ommaviy va sermahsul janri bo‟lgan xalq qo‟shiqlarining 
sarchashmalari eng qadimiy bo‟lib, unda xalq hayotining muhim bosqichlarining 
aks sadosi o‟z ifodasini topganligi bilan ham qimmatlidir. Har bir xalqning og‟zaki 
ijodini o‟rganish shuni ko‟rsatdiki, musiqa san‟atining har bir turi u folklor yoki 
ustozona (kasbiy) musiqa bo‟ladimi, qat‟iy nazar inson ongining rivojlanishiga 
hissiy ta‟mir sifatida o‟zini anglash unumidan, tabiat unumidan, tabiat va hayot 
go‟zalliklaridan ilhomlangan shaxsning ijod mahsulidir.
Xalq og‟zaki musiqa ijodi, xususan falklor qo‟shiqlaridan bahra olib, ezgu 
niyatlar sari intilib yashagan ajdodlarimizning asrlar davomida to‟plagan boy 
ma‟naviy merosining bizga yetib kelishida muhim vosita bo‟lganidek, ular hozirgi 
kunda ham o‟zining badiiy qimmatini yo‟qotmasdan kelayotganligining boisi 
ularda yuksak insoniy g‟oyalarning o‟z ifodasini topganligidir.Shuning uchun ham 
xozirga qadar xalqning bu boy xazinasi pedagog, psixolog, folklorshunos, 
san‟ashunoslar tomonidan to‟planib, notaga olinib nashr yetilgan, tarbiyaviy 
imkoniyatlari tadqiq qilib kelinmoqda.Xalqimiz o‟zining barcha ezgu niyatlarini 
beshikda orom olayotgan chaqaloqqa ham, ajib bir yentikish bilan yangi uyga 
qadam qo‟yayotgan kelin-kuyovga ham go‟zal qo‟shiqlari bilan baxt tilagan.Ming 
yillardan beri shunday dirlabo kuy, qo‟shiqlar xalqning mehnatiga ham, rohatiga 
ham singib ketgan. O‟zbek xalq musiqa ijodiyotining mavjud va janr doirasi shu 
darajada rangbarangki, hozirgacha necha-necha to‟plamlar, majmualar nashr 
yetilganiga qaramasdan, xalq ijodining boy hazinasi hanuz qaynar buloq bo‟lib 
yangi-yangi ko‟rinishlarda namoyon bo‟lmoqda, ularning ne-ne javohirlari dunyo 
yuzini ko‟rgani yo‟q. Buning ustiga madaniy merosimizga turli davrlarda noto‟g‟ri 
munosabat, tazyiq ko‟rsatish, kamsitishlar, loqayd qarashlar bo‟ldiki, oqibatda 
uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazildi, u xalq ma‟naviy hayotidan bir qadar 
uzoqlashib qoldi.
Madaniy merosga har bir avlodning o‟z munosabati bo‟ladi.Bu munosabat 
yaxshi bo‟lsa, xalq ijodi ham uning har janri, ya‟ni maqol, ertak, doston, 
qo‟shiqlari, aytimlari hayotiylik kasb etib yashnayveradi.Qo‟shiqlari, milliy urf-


15 
odat, an‟analari yashab turgan yurtning farzandlari, demak hayoti, tarixi ham 
yashayveradi, yurti obod, xalqining ma‟naviyati yuksak bo‟ladi. 
Har bir jamiyatning o‟z madaniyati va ma‟naviy omillari mavjud 
bo‟lganidek, mustaqil jamiyatimizni ham milliy-ma‟naviy omillari sirasida xalq 
musiqa merosi muhim ahamiyat kasb yetadi. Shu jihatdan xalqimizning o‟tmish 
ma‟naviy merosini o‟rganish, shu asosda milliy mafkurani yaratish, ularda 
vatanparvarlik, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni sevish va qadrlash tuyg‟usini 
kamol toptirish alohida e‟tiborni talab qiladi. Zero, ona vatanni sevish, uni 
ardoqlash, milliy qadriyatlarni hurmat qilish tuyg‟usi – bu insoniyat tarixi kabi 
qadimiy, muqaddas tuyg‟udir. Bu qadimiylikning g‟oyaviy-badiiy ifodasi bir qator 
badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq qo‟shiqlari, afsona va dostonlarida o‟zining 
o‟chmas muhrini qoldirgan. Bu ham mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya tizimini milliy 
madaniyat zamirida shakllantirish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik 
ishlarimizning to‟griligini ko‟rsatadi. 
Bugungi kunda umumiy o‟rta ta‟lim maktablarining vazifasi jamiyat uchun 
nafaqat bilimli yoshlarni, balki, shu bilan birga ma‟naviy va barkamol avlodni 
yetishtirishdan iborat. Bu mas‟uliyatli maqsadni amalga oshirishda umumta‟lim 
maktablarida o‟qitiladigan fanlar bilan bir qatorda o‟quvchi-yoshlarni insoniyat 
yaratgan moddiy va ma‟naviy qadriyatlardan, madaniyat va san‟at asarlaridan 
imkon qadar keng bahramand etib borish lozim. Ulug‟ ajdodlarimizning milliy 
musiqiy merosidan, ularda ilgari surilgan g‟oyalar, pedagogik fikr va qarashlarni 
bugungi ta‟lim-tarbiya mazmuniga singdirish birinchidan ta‟lim mazmunini 
boyitadi, ikkinchidan ta‟limning milliy negizi mustahkamlanadi.
Xalq musiqa merosida o‟zining mazmun va mohiyatiga ko‟ra xalqning urf-
odat va an‟analari bilan hamda mehnat jarayoni ochlik aytimlar, cholg‟u kuylari 
yetakchi o‟rin tutadi. Bunga misol qilib Surxondaryo-Qashqadaryo mahalliy 
uslubiga tegishli “Shoh moylar”, “Qo‟ylarni ko‟chirish”, “Qo‟ylarni to‟plash”, 
uchun aytimlari, Buxoro-Samarqand mahalliy uslubidagi to‟y-marosimlari bilan 
bog‟liq aytimlar (sozandachilik san‟ati), Xorazm viloyatida keng yoyilgan 
xalfachilik (xalfalar ko‟proq to‟y-marosimlar, diniy marosimlarda marosimga xos 


16 
aytimlarni aytib kuylashgan)ni, shuningdek, turli bayram (gap-gashtak, xalq 
sayillari)larda aytiladigan namunalarni misol qilib keltirish mumkin. Ularda 
tabiiyki o‟sha vohalarda yashovchi xalqning ijtimoiy-madaniy vaetnik turmush 
tarsi, tarixi, urf-odatlarining kelib chiqishi, ma‟lum bir marosim bilan bog‟liqligi 
o‟z aksini topadi. Ta‟kidlab o‟tilgan qo‟shiqlar, laparlar, yalla, alla, katta ashula, 
diniy mazmundagi motam aytimlari, mehnat –fasl qo‟shiqlari, marsiya, doston 
qo‟shiqlari orqali o‟sha voha xalqining hayotiy falsafasi, lozim bo‟lsa pedagogic 
ahamiyatga molik qarashlarini ham bilib olish mumkin. Shuning uchun ham 
o‟zbek xalqining musiqiy ijrochilik uslublari, an‟analarining musiqiy-pedagogik 
hususiyatlarini muayyan janrlarga mansub aytimlar, cholg‟u kuylarning amaliy-
musiqiy uslublari, musiqiy-ma‟rifiy faoliyatini o‟rganmay turib, tarbiyaviy 
maqsadlarda foydalanish kutilgan natijani bermasligi mumkin.Shu sababli biz 
o‟zimizning mazkur tatqiqotimizda milliy-musiqiy uslublar, ularga xos 
aytimlarning tarbiyaviylik xususiyatlarini tahlil qilish, ulardan pedagogik 
maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarini tadqiq qilishga harakat qildik. 
Uzoq o‟tmishda sinkretik san‟atning namunasi bo‟lgan qo‟shiqlar, uni 
yaratuvchilar va ijro yetuvchilar mehnat faoliyati – ovchilik, chorvachilik, 
dehqonchilik, hunarmandchilik ishlari xalq amaliy san‟ati – kulolchilik, 
o‟ymakorlik va boshqa san‟atlar bilan bevosita aloqada bo‟lib, ayni chog‟da 
mehnatkash ommaning qadimiy urf-odatlari, xilma-xil marosimlari va e‟tiqodlari 
negizida yashab kelgan.
Zamonlar o‟tishi, davrlar almashishi natijasida xalqlarning chegaralanishi, 
ya‟ni ma‟lum hududlarga bo‟linib yashash ko‟proq va qat‟iyroq tus olishi bilan har 
bir urug‟, qabilaning, xalqning urf-odatlari, turmush tarsi o‟ziga xos san‟atlarni 
ham vujudga keltirgan. Bu borada yana bir muhim jihat shundan iboratki, nafaqat 
xalq, balki har bir shahar, tuman, vohaning o‟ziga xosligi bo‟lib, bu narsa musiqa 
san‟atiga ham o‟zining ta‟sirini o‟tkazgan. Jumladan, Farg‟ona-Toshkent, Buxoro-
Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, 
ommaviy janrlari bunga misoldir. 


17 
Faylasuf, pedagog va psixolog olimlarning ilmiy izlanishlarida milliy xalq 
musiqasining yosh avlodning madaniy-ma‟rifiy, badiiy-yestetik tarbiyalashdagi 
ahamiyati katta yekanligi asoslab berilgan. Ularning ilmiy izlanishlari xulosalariga 
ko‟ra shaxsning kamol topishi, uning dunyoqarashi, axloqiy madaniyati, badiiy-
estetik didi, ichki olami, ma‟naviy kamolotini tarkib toptirishda musiqa san‟ati eng 
ta‟sirchan va ahamiyatga molik vositasidir.
Milliy-axloqiy fazilatlarni yoshlar ongiga singdirish uchun, eng avvalo, 
ularni xalq musiqasi mazmuniga singdirilgan g‟oyaviy fikrlar, qarashlar, 
tasavvurlar, orzu-umid, intilishlar, qanday urf-odat, marosim, tadbirlar bilan 
bog‟liqligi, qanday tarzda, uslubda ijro yetilishi haqidagi tushunchalar muhim o‟rin 
tutadi. Bu o‟z navbatida xalq pedagogikasining asosiy didaktik tamoyillariga 
uyg‟unligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika fanidan ma‟lumki xalq pedagogikasi asosida o‟quvchi-yoshlarni 
ma‟naviy-ma‟rifiy, axloqiy-yestetik tarbiyalashda quyidagi uch asosiy tamoyilga 
asoslanishi mumkin:
1.Xalq og‟zaki ijodi asosida ma‟naviy-ma‟rifiy, axloqiy-estetik tushunchalarni 
shakllantirish;
2.Ma‟naviy-axloqiy, badiiy-estetik ko‟nikmalar;
3.Ma‟naviy-axloqiy, badiiy-estetik malakalar; 
Xalq musiqa folklori asosida o‟quvchilarda xalq musiqa merosiga, u orqali 
milliy qadriyatlarga ongli munosabatni shakllantirish deganda eng avvalo ularda 
insoniy fazilatlar, axloqiy ko‟nikmalar, madaniy qiyofani ifoda etuvchi yaxshilik, 
oq ko‟ngillilik, burch, mehnasevarlik, xayrihohlik, vatanparvarlik, qahramonlik, 
yaxshi-yomon 
kunlarga 
befarq 
bo‟lmaslik, 
ezgu 
maqsadlar 
yo‟lida 
kurashuvchanlik, xalq milliy boyligini qadrlash, o‟rganish, davom yettirish kabilar 
tushuniladi. 
O‟quvchilarga hayotdagi yaxshi odamlar, turli madaniy-ma‟rifiy tadbirlar
ularda ijro etilgan badiiy obrazlar, musiqiy aytimlar, raqs-o‟yinlar mazmunida 
ifoda yetilgan g‟oyalar yaxshi ibrat namunasi bo‟ladi. 


18 
Milliy xalq og‟zaki ijodi (badiiy adabiyot, xalq musiqa falklori)dagi she‟riy 
matnlarda ilgari surilgan fikrlar va ohanglarda qaror topgan da‟vatlar, nasihatlar, 
ko‟rsatmalar xalqning asrab orttirgan tajribasi jarayonida sayqal topib kelgan 
hayotiy xulosalar mahsulidir. 
Musiqa shunday hayotbaxsh ta‟sir kuchiga egaki, uning mazmunida aks 
etgan badiiy-g‟oyaviy tushunchalarni anglash, tushunish, hayotda kundalik 
turmushda sodir bo‟ladigan turli voqealar va psixologik xolatlarga taqqoslab 
ko‟rish natijasida ularda voqelikka, xalq urf-odatlariga, odatlarga ko‟nikma va 
malakalar hosil bo‟la boshlaydi.
Aniq rejalar va tizimli yo‟lga qo‟yilgan va musiqa darslarida o‟tkaziladigan 
milliy xalq musiqasi mashg‟ulotlari va umumiy musiqiy ta‟im o‟quvchilarning 
milliy qadriyatlarga munosabat va umumiy musiqiy madaniyatini shakllanishining 
muhim omilidir. 
Xalq og‟zaki musiqa ijodiyotida mahalliy uslublarga xos aytimlarning 
yoshlar ma‟naviyatini shakllantirishida ahamiyati juda kattadir. Psixologik 
olimlarning qayd etishlaricha xalq og‟zaki ijodiga mansub asarlar o‟zining milliy 
ohangi va mazmuni bilan inson bosh miyasi joylashgan yarim shardagi asab 
qoplamasi, asab tomirlari, miya qobig‟ining eng yirik, eng nozik, boshqa hyech 
qanday vosita ta‟sir etolmaydigan qatlamiga ham kirib bora oladi. 
Xalq og‟zaki an‟anadagi musiqa ijodiyotida musiqa asarlarining shunday 
o‟ziga tarbiyaviy ta‟sirchanlik xususiyatlari borki, bu boshqa hyech qanday san‟at 
turlarida mavjud emas. Bu insonga kuchli ta‟sir yeta oluvchi “qurollar” zahirasida 
milliy xalq musiqasi san‟atining o‟ziga xos kasbiy xususiyatlari, vositalarida 
tovush tembri, ritmik xilma-xilligi, ijro uslublari, an‟analari uning ta‟sirchanligini 
oshiruvchi eng kuchli vositalardandir. 
Ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni o‟rganish jarayonida o‟quvchilarda yangi-
yangi ma‟naviy ehtiyojlar paydo bo‟ladi. Shu yehtiyojlarni qondirishga harakat 
qilish esa o‟quvchida o‟z oldiga qo‟ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga 
intilishini, izlanishini taqozo yetadi. Bu faol jarayon yoshlik davridayoq qaror topa 
boshlaydi. 


19 
Pedagogika va psixologiya sohasida tanilgandek musiqa pedagogilashda 
tanilgan olimlarning fikrlariga tayangan holda qayd yetishimiz mumkinki, xalq 
musiqa ijodiyoti, xususan bizning tadqiqotimiz mavzusiga tegishli o‟zbek xalq 
musiqasining mahalliy uslublariga mansub asarlari o‟quvchilar ma‟naviy dunyosini 
shakllantirish quyidagi asosiy yo‟nalishlar bo‟yicha amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiqdir:
1. Ona Vatan va unda yashovchi xalqlarga mehr-muhabbat tuyg‟ularini 
shakllantirish;
2.O‟quvchilarning o‟z ona xalqi, uning uchun aziz bo‟lgan qadriyatlariga, shu 
orqali insonga, hamda qarindosh urug‟, do‟stlariga bo‟lgan munosabatni; 
3.O‟quvchi-yoshlarning, o‟sib kelayotgan yosh avlodning mehnatga, uning 
vakillariga, ular tomonidan yaratilgan ne‟matlarga bo‟lgan ijobiy munosabatni 
shakllantirish;
4.Mustaqil ta‟limni amalga oshirish jarayonida o‟quvchilarni musiqiy madaniyatini 
uning mazmunida mujassam bo‟lgan axloqiy, estetik, g‟oyaviy tushunchalarini 
takomillashtirish;
5.O‟quvchilarning individual, o‟z-o‟ziga bo‟lgan ishonch, intilish, mehnasevarlik, 
tashabbuskorlik mayllarini rivojlantirishdan iborat. 
Hozirda ta‟lim-tarbiya oldida turgan asosiy, ustivor maqsadlardan biri – 
o‟sib kelayotgan yosh avlodga ajdodlarimizning ma‟naviyatiga ijod mahsuli 
bo‟lgan madaniy merosini singdirishdan iborat. 
Jamiyatning moddiy va ma‟naviy rivojlanishiga ma‟naviy qadriyatlar 
o‟zining kuchli ijobiy ta‟sirini ko‟rsatadi. Mustaqil hayotimizning ma‟naviy 
asoslarini mustahkamlashda diniy ta‟limot, ya‟ni diniy falsafiy qarashlar, g‟oya, 
e‟tiqod, pand-nasihat yo‟nalishidagi asarlar, shu jumladan, ularning qo‟shiq qilib 
aytiluvchi namunalarining ham juda katta ahamiyat bor. Diniy madaniyat zamirida 
odob-axloq, iymon-ye‟tiqod, halollik, to‟g‟ri so‟zlik, ozoda-orastalik, poklik, 
insonlarga mehr, tabiat, o‟simlik, jonivorlarga mehr-oqibat, vatanparvarlikka 
yo‟g‟rilgan fikrlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bular o‟z navbatida insonning 
ruhiy ehtiyoji sifatida kuchli ta‟sirchanlikka yegadir.Diniy ta‟limot mazmunida aks 


20 
etgan insonlarni ma‟lum tartib-qoida, axloqiy me‟zonlarga asoslangan talablarga 
tayangan holda yashashga undovchi g‟oyalari kishilarni axloqiy madaniyatiga 
singib berganligi tufayli o‟ziga xos falsafiy, ruhiy hayot kechirish me‟zonlariga 
aylangandir. Diniy mafkura va dunyoqarashga tayanib yaratilgan qo‟shiqlar, 
marsiyalar, yig‟i-yo‟qlovlar, dostonchilik, pand-nasihat qo‟shiqlari bizning turli 
vohalarda yashovchi xalqlarning barchasiga birdek xosdir. 
Shuni alohida qayd yetish mumkinki, sharqona islomiy mezonlar sanalishi 
iymon, ye‟tiqod kabi tushunchalar umuminsoniy va milliy mazmunga yega bo‟lib, 
bu tushunchalarning asosida islomiy ye‟tiqod madaniyati aks yetadi. Islom dini 
madaniy hilqat sifatida sharq xalqlari uchun, ularning madaniy-ma‟naviy takomili 
uchun o‟zining barcha tamoyili va dunyoviy zaruriyati sifatida muhim ahamiyatga 
egadir. 
Tarixiy manbalardan ma‟lumki, islom dini, unga mansub xalq, yelat, 
millatning madaniyati, xuquqi, axloq odobi ustidan xukmron bo‟lgan davrlarda 
Markaziy Osiyoda Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, 
Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy diniy mazmundagi she‟r va g‟azallari qo‟shiq qilib 
ijro yetib kelingan va hozirda ham yel nazari va ye‟tiborida bo‟lgan Axmad 
Yassaviy, A.Jomiy, A.Novoiy, Sulaymon Boqirg‟oniy, So‟fi Olloyor, Haziniy, 
G‟afforiy, Salohiy, Boborahim Mashrab kabilar o‟z ijodlari bilan kishilarni islomiy 
mezonlarga xos odob-axloq, yuksak ye‟tiqod, pok iymonga chorlaganlar. Milliy 
musiqiy ta‟limni shakllantirishda ularning ijodiga mansub namunalar muhim 
ahamiyat kasb yetadi. 
O‟quvchilarda milliy musiqa merosi haqida keng qamrovli tushunchalar 
hosil qilishda ularni eng avvalo, o‟zi yashab turgan viloyat, tuman, qishloqlarda 
yashovchi xalqqa mansub folklor asarlar, mashhur san‟atkorlar – baxshilar, 
o‟lanchilar, laparchi-yallachilar, keng ommalashgan aytimlar bilan tanishtirish
ularning ijrochilari haqidagi ma‟lumotlar bilan tanishtirish va o‟quvchilarga 
mustaqil topshiriqlar berib, bobolari-buvalaridan bu haqda ma‟lumotlar, 
namunalarni yozib ommaga qiziqtirish yaxshi samara beradi. Mahalliy uslublarga 
xos namunalarni o‟rganishda ularni qiyosiy tahlil qilish o‟quvchilarni xalq 


21 
ijodiyotiga qiziqishlarini oshiradi, bu esa ularni musiqiy go‟zallikka bo‟lgan 
haqiqiy ehtiyojini qondirishda muhim o‟rin tutadi.Chunki inson tug‟ilganidanoq 
birinchi musiqachi, kompozitor – ona allasini eshitadi.Bu milliy ohang, milliy 
tarbiyaning eng asosiy vositasi sifatida insonning umri oxiriga qadar o‟z kuchi, 
ahamiyatini yo‟qotmaydigan, uning milliy qadriyatini belgilovchi kuch sifatida 
namoyon bo‟ladi. 
Milliy musiqiy asarlarning, jumladan xalq hayotini turli ko‟rinishlarini aks 
yettiruvchi qo‟shiq-raqs, aytimlarni ta‟sirchanligini ta‟minlovchi asosiy 
ko‟rsatkichlardan biri – uning o‟quvchi-yoshlarning ichki kechinma, hissiyotlariga
kuchli ta‟sir ko‟rsatishidir. San‟at asarlarini hissiy-yemosional idrok qilish har 
qanday bilimning asosini tashkil etadi.Xalq badiiy ijodiyotini badiiy idrok etish, 
his yetish, anglash – ma‟naviy-estetik madaniyatini shakllantirishning eng muhim 
omillaridan sanaladi. 
Badiiy estetik tarbiya – Sharq xalqlari, shu jumladan o‟zbek xalqining ham 
ming yilliklar ilgari yashagan avlodlarining milliy musiqiy tafakkur mahsullari – 
mif va afsona, rivoyat, maqol va matal, alla, marosim va mavsum, dostonchilik 
qo‟shiqlarida o‟zining badiiy in‟ikosini topgan. Shunga asoslanib aytishimiz 
mumkinki, milliy xalq musiqa ijodiyoti insonni, xususan o‟sib kelayotgan yosh 
avlodni eng oliyjanob insoniy hislatlarni, madaniyatni tarbiyalashning bitmas-
tuganmas xazinasi, vositasidir. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin