O’quvchilar inshosini tahlil qilish.Nutq o‟stirish metodikasida o‟quvchilar
inshosi uchun baho me‟yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida
insho etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O‟quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (mazmun mavzuga mosmi, yetarli
yoritilganmi?). Mazmun haqiqatga mos keladimi?
2. Reja, kompozistiya, izchillik (reja to‟g‟ri tuzilganmi, materialni insho
qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo‟qmi, zarur o‟rinlar tushib
qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi?). Asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari
bormi; uslubda xatoga yo‟l qo‟yilmaganmi; insho mavzusi va vaziyatni yoritish
vazifasini janr va uslub oqlay oladimi? Badiiylik elementlari bormi?)
4. Insho hajmi (so‟z, gap soni; lakonizm yoki ko‟p so‟zlilik).
5. Leksika (so‟zlardan to‟g‟ri foydalanish, sinonim, antonim,
frazeologizmlardan foydalanish).
22
6. Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik konstrukstiyalarning bir xil yoki har
xilligi, murakkab konstrukstiyalar bormi?).
7. Imloviy va punktuastion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo‟pol va juz‟iy
xatolar).
8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xat boshidan
yozishga, sarlavhani to‟g‟ri joylashtirishga rioya qilish).
O‟quvchilar inshosiga qo‟yilgan bunday talablar uni baholashga bir xilda
yondashishga imkon beradi.
23
2-bob.O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini faollashtirishda ijodiy
Dostları ilə paylaş: |