Tetanik qisqarish. Tabiiy sharoitda, organizmda muskul tolalari yakka-yakka
qisqarmasdan, balki uzoq tetanik tarzda ham qisqarib turadi. Boisi shuki, ularga
nervlari orqali yakka-yakka emas, bir qator impulslar navbatma-navbat, muayyan
ritmda, zalp bilan kelib turadi. Agarda muskulga berilayotgan ta'sirot chastotas i bir oz
tezlashtirilib, sekundiga 10 dan 25 tagacha yetkazilsa, navbatdagi ta'sir, muskul
oldingi ta'sirotdan bo’shasha boshlagan paytda yetib keladi. Shuning natijasida
muskul qisqargandan so’ng to’la bo’shashmasdan turib, qayta qisqara boshlaydi, ana
shunda tetanik qisqarish yoki tetanus hosil bo’ladi. Muskulning bunday qisqarishi
kimografda yozib olinsa, tishli chiziq hosil bo’ladi. Shuning uchun muskulning
bunday qisqarishi tishchali tetanus deyiladi. Muskulga berilayotgan ta'sirot chastotasi
sekundiga 25 tadan ham oshirilsa, navbatdagi ta'sirot muskul qisqarib,
bo’shashmasdan yetib keladi va muskulni shunday qisqargan holatda qolishga majbur
qiladi, silliq tetanus deb shuni aytiladi..
Dostları ilə paylaş: |