Tayanch so’z va iboralar
Mehnat qilish, baxtli bo‘lishni istasa, mehnatsevar, mehnat ahli, istak, ehtiyoj, odat, ijtimoiy
foydali mehnat, o‘z-o‘zidan qiziqib qolmaydi, kam o‘ylaydigan kishi, ko‘p qirrali mehnatsiz
va hokazo.
Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga ishlash bilan,
mehnat qilish bilan erishiladi. A.Beruniy.
«Bola o‘z mehnati bilan o‘zini boqish qurbiga ega bo‘lgandan keyingina otaning o‘g‘liga
(yoki qiziga) bergan mehnat tarbiyasi yakunlangan hisoblanadi» deb hisoblagan Ibn Sino.
(A.Irisov. Ibn Sio ma‘rifatparvar adib. T: 1962 y. 10-bet).
Qaysi narsaga ko‘p mehnat qo‘shilsa,
O‘sha narsa sevimli, hammadan aziz.
Qaysi narsaga kishi umrini sarf qilsa,
O‘sha narsa shirin jon barobarida sevimli bo‘ladi.
Biror ishni qilishga qasd qilgan bo’lsang, butun zehning, butun vujuding bilan tirishib,
bitirmaguncha undan qo’l tortma, - deb o’git qilgan Amir Temur.
K.D.Ushinskiy «Tarbiyaning o‘zi, agar kishining baxtli bo‘lishini istasa, uni baxt uchun
tarbiyalamasligi, balki hayotdagi mehnatga tayyorlashi kerak», - degan.
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil. (A.Navoiy)
Mehnat tarbiyasi tarbiyaning tarkibiy qismini tashkil etadi. Haqiqatdan ham, kishining
eng birinchi, zaruriy ehtiyoji – mehnatdir. «Buning uchun mehnat zarur, - deb uqtiradi Beruniy,
faqat aql-idrok va mehnatning jonlanishigina kishilar hayotini belgilab beradi». Insonning asosiy
burchi va vazifasi – mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga mehnat sarflash orqali erishiladi.
A.N.Forobiy inson o‘z ijtimoiy vazifasini bajarish uchun unga, birinchidan, kundaliy
hayotda odamlar bilan muloqotda bo‘lish zarurligini, ikkinchidan esa, u mehnat va kasb-hunar
ko‘nikmalarini va axloqiy fazilatlarni hosil qilishi lozimligini ta‘kidlaydi. Va yana «Har bir
kishiga berkitilgan ma‘lum bir ish bo‘lishi kerak, toki u kishi o‘ziga berkitilgan ishni
kechiktirmasdan o‘z vaqtida bajarsin», - deydi. (A.N.Forobiy. Risolalar. T., 1975 yil, 17-bet).
Ali Abu ibn Sino «Kitob ush-shifo» asarida ideal davlat tuzumi ko‘rinishini chizib beradi.
Uning fikricha, bu davlatning har bir a‘zosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron bir ish bilan
shug‘ullanishi kerak. Odamni shundagina odam deyish mumkinki, qachonki u o‘z manfaati
uchungina emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi bilandir.
Birovlar halol mehnat qilib jamiyat uchun foyda keltirsa, boshqalar tekinga yashasa – bu
adolatsizlik, deb ta‘kidlaydi, Ibn Sino «Tadbiral manozil» asarining «Afsofiy bahtarin zanho»
bo‘limida barcha jamiyat a‘zolari ishlab chiqarish mehnati bilan shug‘ullanishi zarur, - degan
g‘oyani ilgari suradi.
Kaykovus «Qobusnoma»ning «Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo‘lish
haqida» degan bobida farzandlarni mehnat qilishga undar ekan, agar mehnat qilib badanni
o‘zingga bo‘ysindirmasang sog‘lom va baland martabali bo‘la olmaysan. (Qobusnoma. T., 1973
y. 33-bet).
Pahlavon Mahmud «Inson yuksak kamolotdir, lekin u ana shu sharafga loyiq bo‘lish
uchun, avvalo, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi va o‘z manfaatini xalq manfaatidan yuqori
qo‘ymasligi lozim», - degan g‘oyani ilgari suradi.
Abdulqodir Bedilning fikricha «Insonda o‘z hayotini yaxshilash uchun imkoniyat
mavjuddir. Bu imkoniyat, uning nuqtai nazaricha, kishining hafsalasida, harakatchan bo‘lishida,
ilm, kasb-hunar o‘rganishi va mehnat qilishidadir». (I.M.Mo‘minov. Tanlangan asarlar. I-tom,
T., «Fan», 1969 y, 103-bet.).
Yu.X.Xojib «Qutabg‘u-bilik» dostonida «Inson faqat jamiyatdagina, boshqa kishilar
bilan muloqatda va o‘zaro munosabatda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga
yetishadi», - deb ta‘kidlaydi.
Mehnat tarbiyasi haqida mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy quyidagi fikrlarni bildiradi:
«O‘zi yaxshi ko‘rmaydigan ish bilan shug‘ullanmaydigan kishini hyech qanday madaniy
boyliklar, xazinalar bilan shod etib bo‘lmaydi», «Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni qo‘shib
olib borish – bu aqliy mehnatdan keyin mexaniq tarzda jismoniy mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish
degan so‘z emas, balki aqliy mehnatda hosil qilingan bilimni jismoniy mehnat vaqtida muttasil
qo‘llab borish demakdir», «Mehnatdagi muvaffaqiyat – bu muvaffaqiyat qozongan kishining
faxri. O‘z mehnatidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning o‘zi yo‘q», «Kam qayg‘uradigan, kam
o‘ylaydigan kishi, birdan mehnatsevar bo‘lib qolishi mumkin emas», «Bola mehnatga o‘z-
o‘zidan qiziqib qolmaydi, modomiki qiziqishi bo‘lmas ekan, demak mehnatga muhabbat ham
bo‘lmaydi, albatta. Bolalar mehnatini noto‘g‘ri uyushtirish uni mantiqsiz bir ishga aylantiradi va
u mehnatdan bezib qoladi».
Dostları ilə paylaş: |