Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Yaponiyada xalq ta’limi tizimi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Alisher navoiy nomidagi

Yaponiyada xalq ta’limi tizimi 
Yaponiyada hozirgi zamon ta‘lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: 
1.  Bolalar bog‘chalari (3-5 yosh). 
2.  Boshlang‘ich maktab (6 yil). 
3.  Kichik o‘rta maktab (3 yil majburiy). 
4.  Yuqori o‘rta maktab – (ixtiyoriy). 
5.  Oliy ta‘lim tizimiga kiruvchi o‘quv yurtlari (kollej, universitet). 
6.  Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim. 
1. 
Maktabgacha  tarbiya  (3-5  yosh)  muassasalariga  bolalar  loyoqatiga  qarab  3-2-1 
yillik  o‘quv  turlariga  jalb  qilinadi.  Yaponiyada  bu  muassasalarning  59,9%  xususiydir,  39,8  
tuman kengashlariga qarashli, 0,3% davlatga qarashlidir. 
2.  Majburiy ta‘lim (6-15 yosh) 6 yil boshlang‘ich maktabda, 3 yil kichik o‘rta maktab 
kursini  o‘taydi.  Bu  9  yillik  ta‘lim  majburiy  bo‘lib  barcha  bolalar  bepul  o‘qitiladi  va  tekin 
darsliklardan foydalanadi, ota-onalar o‘z bolalarini xususiy maktabga berish huquqiga ham egalar. 
Xususiy maktablarning o‘ziga xos shart sharoitlari va talablari mavjud.  
Yuqori,  o‘rta maktab  sirtqi, kechki, kunduzgi bo‘limlari mavjud. O‘qish muddati 3 yil, 
95%  o‘quvchilar  kunduzgi  maktabda  o‘qishadi.  Unda  quyidagi  yo‘nalishlar  bo‘yicha  bilimlar 
beriladi. 
 
1. Umumiy ta‘lim fanlari; 
5. Qishloq xo‘jaligi; 
2. Texnik bilimlar; 
6. Chorvachillik; 
3. Tijorat; 
7. Baliqchilik
4. Mahalliy sanoat; 
8. Kemasozlik va h.k. 
 
 
 
Yaponiyada  kollejlar  va  universitetlar  oliy  ta‘lim  tizimini  tashkil  etadilar.  Bundan 
tashqari Yaponiyada «Ixtisos maktablari» ham mavjud. 
Yaponiyada  maktablarda  o‘qish  1-apreldan  boshlanib,  kelasi  yilning  31-martida 
nihoyasiga yetadi. Maktablar 3 simestrga bo‘linadi: 
1.  Aprel-iyun;  
2.  Sentyabr-dekabr; 
3.  Yanvar-mart.  
Yapon maktablari asosiy e‘tiborni o‘quvchi faoliyatiga va darslikka qaratilgan. Ularning 
fikricha o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida jonli muloqog) muhim ahamiyatga ega. 
Turli ta‘limiy ko‘nikmalarni bolalar ongiga singdirish Yapon maktablariga xos fazilatdir. 
Masalan,  2-sinf  o‘quvchisi  ko‘pchilik  oldida  nutq  so‘zlash  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi,  6-sinf 
o‘quvchisi kamida 2 ta milliy cholg‘u asbobida kuy chala bilishi, boshlangich sinf o‘quvchisi suvda 
bemalol suza olishi kerak. 
Yaponiyaliklar  to‘g‘ri  va  halol  turmish  tarzini  qadyrlaydilar.  Birinchi  sinfdan  9-
sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir. 



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin