Tayanch so’z va iboralar
Milliy madaniyat, milliy ziyolilar va arboblar, «Anjumani maorif», «Rushdiya»,
«Tarbiyat», «Qurultoy», «Musulmon o‘qituvchilar kengashi»,Halq dorilfununi», Halq
ta‘limining istedodli tashkilotchilari, mutaxasis kadrlar tayyorlash muammolari, umumiy
boshlang‘ich ta‘lim, umumiy yetti yillik ta‘lim, «yozuv masalasi, islohotlari», Ikkinchi jaxon
urushi, «Xalq ta‘limi va mutaxassis kadrlar», «Umumta‘lim makgablarining faoliyati», sirtqi va
kechki ta‘lim tizimi, «O‘zbekistan fanlar Akademiyasi», Siddiq Rajabov
1917 yilgi fevral voqyealari va oktyabr davlat to‘ntarishidan so‘ng Markaziy Osiyo
xalqlarining xayotida ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy,ma‘naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi
sohalarida keskin o‘zgarish yuz berdi.
Turkiston o‘lkasida milliy demokratiya vaqillari, mashhur ma‘rifatparvar ziyolilar
tomonidan yangi usluldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish, maktab-maorif borasida
zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, hozirgi O‘zbekiston hududida podsho hokimiyatining
ag‘darilishi natijasida madaniy hayot va ma‘naviyat sohalarda murakkab, ziddiyatli jarayonlar
kechdi. Oldingi qariyb ellik yillik mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan xalq ommasi uz
madaniyati, urf-odatlarini saqlab, himoya qilib kelgan. Ko‘p asrlik o‘zbek milliy madaniyati,
qadriyatlari qatori yangi shakllar qaror topdi. Xalq farzandlari maktab va madrasalarda ta‘lim
olardilar, qushimcha yangi usul maktablari, rus-tubjoy maktablari, gimnaziyalar faoliyat
ko‘rsatardi. Gazeta va jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar ma‘rifatchilikni
rivojlantirdilar. Ko‘tarilgan jadidchilik harakati ma‘rifatchilik va islohotchilik harakatlarini
kengaytirib yubordi. Jadidchilik 1917 yilga kelib ijtimoiy va demokratik harakat darajasiga
ko‘tarildi. Xalq ma‘naviyati asos-mohiyatini islom dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy aqidalari,
milliy urf-odatlarimizning sermazmun va insonparvarlik sifatlari tashkil qildi.
Xalq ommasining madaniy an‘analari, ma‘rifatchiligi, ma‘naviyati, e‘tiqodi, milliy urf-
odatlari, san‘ati, og‘zaki ijodiyoti nihoyat darajada sermazmun, ko‘p qirrali, yuksak
insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan ko‘p asrlik tariximiz mahsuli bo‘lib keldi. Og‘ir
jarohatlar yetkazilgan bo‘lishiga qaramasdan milliy iymon-etiqod va ma‘naviyat saqlanib keldi,
aholi turmush tarzining asosini tashkil qildi.
Madaniyat va ma‘naviyatdagi elimiz oldida turgan yagona yo‘l boy merosimizga tayanib,
uni inkor qilmasdan yangi sharoit vazifalarini belgilash, jamiyatning barcha qatlamlari
ishtirokida, har birining istak-intilishlaridan kelib chiqib yuksalish, istig‘lol sari harakat qilish
bo‘lib qoldi. Asriy xalq merosi bilan bir qatorda ilg‘or milliy ziyolilar, jumladan, jadidlar yuzaga
keltirgan ma‘rifatchilik ko‘rinishlari bo‘lmish maorif, matbuot, badiiy ijod va boshqalarning
ahamiyati, qadr-qimmatiga tayanish, tegishli o‘rin berish zarurati ham ko‘zga tashlandi. Bu
ilg‘or qarashlar, milliy mustaqqillik va istiqlolga yug‘rilgan yuksak tuyg‘ular ulug‘ davlatchilik,
kolonial siyosat, konservativ zo‘ravonliklarga qarshi kurashda chiniqib, kamolatga va
yuksaklikka tomon intildi.
Elimizdagi milliy madaniyatimizni zamonaninng ilg‘or sivilizasiyasi, madaniyati maorifi
bilan uyg‘unlashtirib davom ettirishga qodir, layokatli ijodiy kuchlar yetishib chiqqan va yetishib
chiqmoqda edi. Xalq ommasining ma‘rifatini rivojlantirishga intilib kelgani milliy
ziyolilarimizga kuch-quvvat, ilhom bag‘ishladi.
Ammo O‘zbekiston hududida ma‘naviyat va madaniyat 1917 yildan boshlab murakkab
vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy tusiqlar va buzg‘unchiliklarga uchradi. Turkistonni Qizil
imperiya koloniyasiga aylanitirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini halq ommasi,
milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, ijtimoiy-madaniy mazmun kasb
etdi. Jadid ziyolilar, ijod axli bo‘lmish Munavaar Qori, Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Sadriddin
Ayniy, Fitrat, Chulpon, A.Avloniy, Hamza, va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo‘sag‘asida
tug‘ilgan iste‘dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Sayd, Rafiq Mumin va boshqa
qator ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo‘naltirilgan ijod bilan
shug‘ullandilar.
Ana shu davrda milliy xalq ta‘limini tashkil etish muammosi alohida keskin bo‘lib turgan
edi. Turkiston o‘lkasining markazi — Toshkentda 1917 yil 9-14 may kunlari o‘qituvchilarning 1-
o‘lka qurultoyi bo‘lib o‘tdi, u ta‘lim tizimining axvoli bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarni
muxokama qildi va "Turkiston o‘qituvchilar ittifoqini» tashkil etdi. Qurultoyda ma‘ruzalar
qilgan Muvaqqat xo‘kumat Turkiston qo‘mitasinint a‘zosi S.Mahsudov, yirik sharqshunos
L.Zimin, Farg‘ona viloyatinint maorif buyicha inspektori F.Yegorov maxalliy aholiga ta‘lim
berish ishida rus- tubjoy maktablarining yaroqsiz ekanligini isbotlab berdilar. Qurultoy ana shu
tipdagi maktabni ona tilida o‘qitiladigan milliy maktab bilan almashtirish fikrini ma‘qullab
chiqdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, 1917 yili 20 maydan 23 maygacha Toshkentda musulmon
o‘qituvchilarning qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda asosan musulmon maktablaridagi
o‘qituvchilarning ishi masalasi muxokama qilindi. Qurultoy qarorlarida asosan rus — tubjoy
maktablarini milliy maktablar bilan almashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi, bu maktablar uch
bosqichga - Quyi, o‘rta va yuqori bosqichga bo‘linishi lozim edi. Boshlang‘ich ta‘lim umumiy,
majburiy, bepul, olti yillik bo‘lishi kerak edi. Asosiy o‘qitiladigan fanlar orasida islom ta‘limoti
asoslari, ona tili, rus tili (4-sinfdan boshlab), arifmetika, tabiatshunoslik, tarix (milliy va rus
tarixi), geografiya ( umumiy va rus geografiyasi ) ham bor edi.
Qurultoyda tashkil etilgan «Musulmon o‘qituvchilar kengashi» (rais — Murod xo‘ja
Solixo‘jayev, kotibi ~ S.Abdusamatov ) rus — tubjoy maktablarini milliy maktablarga
aylantirish dasturini ishlab chiqdi. Yangi o‘quv yili arafasida uning loyixasi Toshkent shaxar
dumasi tasdiqga taqdim etildi. 1917 yil 10 sentyabrdagi Duma majlisida so‘zga chiqqan
Munavvar Qori maktabni isloh qilish xaqidagi «Musulmon o‘qituvchilar kengashi» ning
ma‘ruzasini takdim qildi va unda musulmon maorif xodimlari — o‘qituvchilarga nixoyatda
extiyej sezilmokda, deb ko‘rsatib o‘tdi.
Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng yangi sovet maktabini tashkil etish vazifasi ilgari surildi. Bu
jarayonga komissarliklar tizimida tashkil topgan Maorif xalq komissarligi (birinchi xalq
komissari K.Ya.Uspenskiy) rahbarlik qilishi lozim edi. Biroq ma‘lum vaqtgacha maktab
tarmoqlarini boshqarishning eski tizimi ham saqlab qolindi.
1918 yilning martigacha Turkistonda Vasiylik qumitasi mavjud bo‘lib turdi. qumita
o‘quv yurtlari tarmoklariga rahbarlikni amalga oshirib, Turkiston pedagoglarining manfaatlarini
ifodaladi maktabni siyosat ta‘siridan saqlashga harakat qildi.
Yangi xokimiyat o‘z navbatida Vasiylik qo‘mitasi va o‘lkaning barcha o‘qituvchilarni
Xalq Komissarlari Kengashi bilan hamkorlikda ishlashlarini talab qildi, hamkorlik qilishga javob
tariqasida maktab xodimlari maoshini ko‘paytirishga va o‘quv yurtlariga mablaglar ajratishga
vada qildi. Biroq o‘qituvchilar ittifoki Xalq komissarlari Kengashi bilan hamkorlik qilishni
istamaganligi sababli ular ish
xaqini oshirish va maktablarning moddiy axvolini yaxshilash
uchuy mablag‘lar ajratmadilar. Buning ustiga mart oyida ma‘murlar o‘rta o‘quv yurtlarini yopib
quyish xaqida farmoyish berdilar, bundan maqsad navbatdagi o‘quv yilining boshlanishiga qadar
ularni «yangicha asoslarda» tashkil etishdan iborat edi.
1918 yilning o‘rtalaridan boshlab yangi tipdagi maktablarning tez, asosan miqdor
jihatidan o‘sishi ko‘zga tashlandi. Turkiston jamiyati aholisining badavlat qatlamlaridagi juda
ko‘p mikdordagi mablag‘ning tortib olinganligi o‘lka iktisodiyotini kambag‘allashtirib quydi,
ayni bir vaqtda sovet xokimiyatini zarur mablag‘lar bilan ta‘minlandi,buning natijasida maktab
qurilishiga rahbarlik qiluvchi Maorif xalq komissarligi 1918 yilda ma‘lum darajada kreditga ega
bo‘ldi.
Bolsheviklar ijtimoiy, sinfiy mazmuniga ko‘ra yagona maktabni tashkil etar ekanlar,
milliy shaklning zarurligini e‘tirof etdilar, shu boisdan Turk respublika milliy asosda - ukrain,
arman, yaxudiy maktablari va tabiiyki, «Turkistonda milliy turk ommasi ustuvor bo‘lganligi»
uchun hammadan ko‘prok. va birinchi navbatda o‘zbek maktablari tashkil qilindi.
1
Dastlabki o‘zbek sovet maktablari mablag‘laridan qisib kuyilgan bo‘lib, ularga o‘quv
vositalari va qullanmalar yetishmasdi. Moddiy ahvolning og‘irligiga ko‘p jihatdan
ma‘murlarning yerli aholining bilimli bo‘lishiga nisbatan mustamlakachilik munosabatda
bo‘lishi ta‘sir qildi, bu esa 1918-1920 yillar davrida rus tilidagi o‘quv yurtlari va tub yerli aholi
bolalari uchun muljallangan maktablarni mablag‘ bilan teng asosda ta‘minlamaslikka olib keldi.
Bundan tashqari, ko‘pincha xalq ta‘limi uchun ajratilgan mablag‘ni deputatlar kengashlari
boshqa maqsadlar uchun ishlatishardi.
Maorif xalq komissarlarm uchun kadrlar masalasi maktab qurilishdagi bosh muammo
edi. Yangi tuzum pedagoglarni tayyorlash ayniksa, birinchi navbatda maxahliy maktablar
o‘qituvchilarni tayyorlash uchun har tomonlama chora-tadbirlar belgilandi. Binobarin,
o‘qituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizga – qisqa muddatli kurslar orqali yo‘lga
qo‘yildi. 1918 yilning yozida Samarkandda «musulmon o‘qituvchilari uchun pedagogik kurslar»
ochildi. O‘sha yilning kuzida Toshkentda — Toshkent uyezdining tub yerli aholisi uchun maktab
o‘qituvchilari kurslari ochildi.
Yukori bosqich- dorilmuallimin (o‘qituvchilar kursi, keyinroq oliy o‘quv yurti): o‘rta
bosqich — boshlang‘ich maktablarni o‘z ichiga olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda
bo‘lishi sharoitning o‘zidan kelib chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka extiyojdan
tug‘ilgandi.
O‘sha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon bo‘limi rahbariyatiga saylov bo‘lib,
unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Tuxtaboyev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi
muovin, Abdusamid Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo‘lib saylandi. 13 may
(yakshanba) kuni Toshkentning eski shaxar qismida Bikula Morozovning sobik do‘qoni binosi
(xozirgi o‘zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun «xalq dorilfununi» ochiladi.
Bu bo‘lim tez orada o‘ziga xos yirik bilim maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang‘ich maktab
ochish mo‘ljallangan bo‘lsa-da, aholi extiyojiga ko‘ra, ularning soni 24 taga yetdi.
Dorilfununning musulmon bo‘limi 15 demokratik tashkilot vaqillari uyushgan 45 kishilik
kengash tomonidan boshqariladi. Undagi
muallimlar soni 18 nafarga yetadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining o‘zbeklar uchun maxsus
o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi — «Dorilmuallimin» ochildi. Unda Fitrat sna tilidan: Kamol
Shams arifmetika va geometriyadan, Haydar Shavqiy gigiyena, gimnastika va nemis tilidan,
Raximboyev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda san‘atdan, Rizayev madaniyat tarixi va
siyosiy iqgisoddan, Munavvar Qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo‘limning ochilish
marosimida Munavvar Qori nutq so‘zlab, inson ma‘rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdoni
uyg‘onmasligini, vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqni erkin muxofaza qila olmasligini, bu
iymonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin Toshkentning eski shaxar
maorif bo‘limi muboshiri (inspektori) bo‘lib ishladi, o‘sha yili 23-25 martda bo‘lib o‘tgan 2-
Umumturkiston maori xodimlari kurultoyida ishtirok etib, maktab bo‘limiga a‘zolika saylandi.
Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta‘lim-tarbiya yurtida va turli maktablarda o‘zbek tili va
adabiyotidan dars do‘stlari va shogirdlari Kayyum Ramazon va Shorasul Zunnun hamkorlikda
uch bo‘limdan iborat «O‘zbekcha til saboklari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi,
1917-1920 yillardagi qiska davrga shu jumladan, xalq ta‘lim sohasida ruy bergan
o‘zgarishlarga 1920 yilda yakun yasaldi. Sovet maktablarining tez o‘sishi Turkiston maktab
tizimini boshi berk ko‘chaga olib kirdi. Jiddiy moddiy ta‘minotning yo‘qligi va kadrlar bilan
ta‘min etilmaganlik ko‘pgina «qog‘ozdagi maktablar»ning mavjudligini shart qilib qo‘ydi.
Natijada maktab yoshidagi bolalarning 70 %dan ko‘pi maktabga jalb qilinmadi.
Turk MIQ yangi ijtimoiy tuzumining kelajagi yosh avlodning umumta‘lim saviyasiga
bog‘lik ekanligini tushunib, 1920 yilning noyabrida maktab tizimi axvolini yaxshilash maqsadida
qaror qabo‘l qildi. Unda Maorif xalq komissarligi zimmasiga «savod o‘rganish ishini birinchi
Oliy ta‘limning shakllanishi va kadrdar tayyorlash muammolari (1917-1924 yillar) o‘ringa
qo‘yish» va maktab o‘quvchilarining ta‘minoti hamda ovqatlanishini yaxshilash uchun chora-
tadbirlar belgilash vazifasi yuklandi. XXMK (Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi) «imkon
boricha» maktab o‘quvchilari uchun o‘quv qullanmalari va birinchi galda zarur bo‘ladigan
ashyolar ishlab chiqarishni ko‘paytirishi lozim edi. Xalq Komissarlari Kengashiga o‘quv
yurtlarini binolar bilan ta‘minlnsh va «imkon boricha Maorif xalq komissarligi xay‘ati
ko‘rsatmalari buyicha sarflanadigan pul belgilari fondini ko‘paytirish» buyurildi
1
.
Oliy ta‘lim masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, Turkistonniig milliy ziyolilar va
shu jumladan, ilgor rus olimlari (akad. S.F.Oldenburg) XX asrning boshlaridayoq Toshkentda
universitet tipidagi oliy o‘quv yurtini ochish zarurligi masalasini O‘zR ko‘tarib chiqqan edilar.
Biroq axvol quruq gaplardan nariga siljimagan edi. 1918 yilning fevraliga kelib Toshkentda
«Oliy ta‘lim dustlari jamiyati» faoliyat ko‘rsata boshladi, uning tarkibida pedagoglar,
shifokorlar, muxandislar, agronomlar va maxalliy ziyolilarning boshqa vaqillari ham bor edi.
Jamiyat oliy tipdagi o‘quv yurti tashkil etilishiga qadar dastlab bepul ta‘lim beradigan
keng ixtisosdagi o‘quv yurti tashkil etishga xarakat qildi, bu o‘quv yurtda ta‘lim oluvchilarning
qaysi millatga mansubligidan qati nazar aholining barcha qatlamlariga qulay bo‘lishi lozim edi.
Bu xildagi o‘quv shakli keyinchalik ta‘limni oliy yurtlarida davom ettiradigan kadrlar
tayyorlashi, shuningdek, ulardagi, tinglovchilarga xalq hujaligining turli sohalari bo‘yicha
hunarlarga, (agronom, texnik, montyor, transport xaydovchilari, etikduzlik va tikuvchilik kabi)
ega bo‘lishlaridya yordam berishi kerak edi.
1918 yil 21 aprelda tantanali ravishda ochilgan Turkiston xalq universitet shu tariqa
vujudga keldi. Universitet o‘ziga Toshkentning eng yaxshi o‘qituvchilarini jalb qilgan edi. Uning
ixtiyoriga Toshkentdagi bir qancha boshlang‘ich maktablar (13 ta musulmon va 11 ta rus
maktabi), 8 bolalar maydonchasi, Turkiston xalq kutubxonasi, Xalq muzeyi va konservatoriyasi
berib quyilgandi. Maxalliy millat yoshlaridan kadrlar tayyorlash uchun universitet qoshida
musulmonlar shu‘basi tashkil etilib, u Toshkentning eski shaxar qismida faoliyat ko‘rsatdi.
Shu‘ba «Xalq dorilfununi» degan ilmiy adabiy gazetani chiqarib turdi.
Universitet tarkibida ijtimoiy-iktisodiy, tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloq
hujaligi va texnika fakultetlari bor edi. 1919 yil fearaldan universitet qoshida ishchi fakulteta
ham faoliyat ko‘rsata boshladi. 1920 yilning oxiriga kelib, universitetda ta‘lim! oluvchilaryaing
60 % ini maxalliy millat vaqillari tashkil qilgan edi. O‘zbek tilidagi mashg‘ulotlarni Axmad
Fayziy, Burxon Xabib, Ibroxim Toxiriy, Usmonhujayev, Xodi Fayziy va boshqalar olib borishdi.
1918-1920 yillarda O‘zbekiston madaniy xayotida tanilgan xalq universitetining
tashkilotchilari va arboblari bo‘lgan G.Abduraigidov, A.A.Divayev, A.Qodiriy, Murod Xoji,
G.NLerdansev, R.Yusupbekov va boshqa ko‘pgina ziyolilar faoliyat ko‘rsatgan edilar.
Oradan ko‘p o‘tmay Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta‘limning
tung‘ichi Turkiston sharq instituti vujudga keldi. U o‘z faoliyatini 1918 yil noyabrda boshladi.
Institut haqidagi nizomda uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholini va qo‘shni
mamlakatlar aholisi tilini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar va amaliyogchi xodimlar
tayyorlash, Turkiston tarixi va madaniyatini hamda uning aholisi tilini o‘rganish deb belgilab
berilgan edi.
1920 yilda bolsheviklar rejimi Turkiston Xalq universitetiga muqobil sifatida Turkiston
Davlat universtiteti (keyin o‘rta Osiyo, xozirgi M.Ulugbek nomidagi O‘zbekiston milliy
Universiteti) ni tashkil qildi.
Turkiston davlat universiteti tashkil qilingan birinchi kundanoq uning professor va
o‘qituvchilar tarkibi asosan rus olimlaridan iborat bo‘lganligi sababli, rus tilini bilmaydigan
maxalliy aholi yoshlari uchun universitetda o‘qish dastlabki kundanoq muammo bo‘lib qoldi.
Natijada dastlabki yillarda universtitetda asosan yevropaliklar ta‘lim oldilar. Universitet
faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 ta fakultet: ijtimoiy-iktisodiy, tarix-filolgiya,
fizika-matematika, texnika, tibbiyot, qishlok xo‘jalik fakultetlari ish olib bordi.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, vaqt o‘tishi bilan universitet faqat eng yirik o‘quv
yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amaliy fanlarning juda
xilma-xil sohalari buyicha olib boriladigan tadqiqotlarning eng muxim markazi ham bo‘lib qoldi.
1918-20 yillarda sovet maktabi qurilishiga milliy o‘qituvchilar) ham jalb qilindi.
Masalan, o‘sha davrning tajribali o‘qituvchilardan Oqilxon Sharafiddinov, Jura Odilov,
T.Shermuxzmmedov, T.Sodiqov, K.Dodamuhammedov va boshqalar o‘zbek sovet maktablarini
tashkil etish sohasida ish olib bordilar.
Shuningdek, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashni tezlashtirish maqsadida 7 ta bilim yurti, shu
jumladan, bitta xotin-qizlar bilim yurti, 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti
va bir necha qiska muddatli kurslar ochildi. Birgina 1921 yilning o‘zida Turkiston Respublikasi
bo‘yicha 850 ta o‘qituvchi xodimlar tayyorlash qisqa muddatli kurslari ochildi. Shu bilan birga
o‘lkada 7 ta maorif institutlari ish olib bordi va ularda 1145 talaba ta‘lim oldi.
1
Lekin ularning
ko‘pchiligi rusiyzabon aholi farzandlari edi.
Maxalliy xotin-qizlarni maorif maskanlariga jalb qilish oson bo‘lmadi. Mavjud
maktablarda va xunar-texnika o‘quv yurtlarida maxalliy millatlarning qizlari o‘quvchilarning 7-8
% ini tashkil qilar edi. (qizlarni maktablarga tortishda shoshma-shosharlik, urf-odatlar va
an‘analarni hisobga olmaslik bir qator murakkabliklar tug‘dirdi. Xotin-qizlar uchun alohida
maktablar, xotin - qizlarni o‘qituvchi pedagoglar bo‘lishi kerak edi. Bu muammoni xal qilish
uchun sovet xukumati respublikaning bir qator shaxarlarida xotin-qizlar uchun maxsus
pedagogika texnikumlari ochdi.
Umumiy ta‘lim maktabi bilan bir qatorda xunar-texnika ta‘limi maktablari ham ochila
boshladi. O‘lka shaxarlarida oltita qishloq xo‘jalik texnikumi, bitga medisina texnikumi, 16 ta
xunar-texnika maktabi va bir necha kurslar tashkil qilindi. 1924 yilning oxirida xunar-texnika
ta‘limi maktablarida 6800 dan ko‘proq yoshlar ta‘lim oldilar.
Turkistondagi oliy o‘quv yurtlar xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun mutaxassislar
tayyorlash bilan bir qatorda xalq maorifi maktablari uchun ham malakali pedagoglar
tayyorlashga jalb qilingan edi. Shu maqsadda o‘rta Osiyo Davlat universtiteti qoshida maxsus
pedagogika fakul‘teti ochildi. Lekin bu fakultet bir yil ishlar-ishlamas yopib qo‘yildi va Nizomiy
nomli Toshkent davlat pedagogika institut tashkil etilgunga qadar, respublikada o‘qituvchi
kadrlarni tayyorlash mushkul muammolardan biri bo‘lib qolaverdi. Yana eng muhim
muammolardan biri shu ediki, oliy va maxsus o‘quv yurtlariga qabo‘l qilingan yoshlarning
aksariyati rusiyzabon talabalar edi.
Masalan, 1923-24 o‘quv yilida O‘rta Osiyo Davlat universitetiga o‘qishga kirgan 2047
talabadan faqat 51 nafarigina mahalliy millat yoshlaridan edi xolos.
1924/25 o‘quv yilida bu universitetda 2440 talaba va ishchilar fakultetida 889 yoshlar
ta‘lim oldi.
1924 yilda Qo‘qon bilim Yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik
"O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori Niyoziy dars berdi, bitirganlardan
akademiklar, yirik fan madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Chet mamlakatlar bilan madaniy
alokalar, yoshlarning o‘qib kelishlari XX asr boshlarida kengayib bordi va keyinchalik ham
davom etdi. Buxoro Respublikaa xukumati tashabbus ko‘rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922
yilda Turkiston, Buxoro, Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o‘qishgaa jo‘natildi.
Buxoro respublikasi xukumati Berlinda yotokxona uchun bino sotib oldi, o‘qituvchilarni moddiy
ta‘minlab turdi, ularning ahvoli o‘qishlaridan ogoh bo‘ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli
o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o‘qidilar, mutaxassislar bo‘lib yetishdilar. Afsuski, o‘z ona
yurtiga qaytgan yigit qizlarimiz mustabidlik qatag‘oniga uchradi.
2. Ma‘lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida
mintaqa xaritasi qaytadan tuzildi. Shuni ta‘kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab,
siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy iktisodii jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga xar xil tarzda
ta‘sir o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika
taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yunalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
1924-25 o‘quv yilida Respublika byudjetiniig 24 % xalq maorifi uchun ajratildi. Bu
maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I-II boskichdagi umumta‘lim maktablarining soni
1928 — 29 o‘quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi.
Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o‘rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng
miqyosda kompaniya avj oldirildi. 1921-22 o‘quv yilidayok respublikaning ko‘pgina shaxarlari
va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va
tarmoqlari faoliyat ko‘rsatdi. Ulardan 50 ming kishi xat savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish
ishi, tiklash davrining dastlabki yillarida katta qiyinchiliklarga duch keldi: o‘qituvchilar, maktab
binolari, asbob jixozlar, o‘quv qo‘llanmalari, pul mablag‘lari yetishmas edi. Biroq bu soha garchi
qiyinchilik bilan bo‘lsada, izga tusha boshladi. Katta yoshli kishilarni o‘qitish va shakl va
usullari takomillashtirildi. Savod maktablari tarmoqlari birmuncha kengaytirildi, savodsizlikli
tutatuvchi o‘qituvchilar soni ko‘paydi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlik
oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq xarakatining debochasi bo‘ldi.
Hamza Xakimzoda Niyoziy, T.Shermuhammedov, N.T.Qoriniyoziy, E.Komilov,
A.Nabixo‘jayev, G.Nazarov, M.Qodirova Z.Polvonova, P.Kayumov, K.Abdurashidov kabilar
yangi maktab yaratish, rivojlantirish uchun faol kurashdilar. Shu yillarda Markaziy rahbariyat
sovet tuzumiga sodiq bo‘lgan pedagog kadrlarni ko‘p mikdorda tezkorlik bilan tayyorlab, ular
orqali aholini ayniksa, yosh avlodni kommunistik g‘oyalar asosida tarbiyalash maqsadida
qarorlar va rejalar ishlab chiqdi. Ularni og‘ishmay amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni
ayamadi, bor ma‘rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat tashkilotchilarining kuch - quvvatini
safarbar qildi.
Maktablarning pedagogik kadrlarga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun pedagogika
o‘quv yurtlarining keng tarmoga yaratildi: texnikumlar, maorif institutlari, o‘quv yurtlari ochildi.
Ularda jadal suratlar bilan ommaviy mikyosda yangi o‘qituvchi kadrlar yetishib tayyorlandi. 20 -
yillarning oxiriga kelib ularning soni respublikada deyarli besh yarim mingtaga yetib qoldi.
Xalq, maorifi rivojlanib bordi .
Shunday bo‘lsada bu jarayonlar partiyaning madaniy sohada zo‘ravonlik ko‘rsatishi
tufayli mushkulliklarga uchradi. Xalq maorifida, bu narsa avvaliga milliy ta‘lim shakllari
yoyiladigan sohalarni cheklab qo‘yish, keyinchalik esa ularni butunlay yo‘q qilib yuboriщda
aksini topdi. Chunonchi 20 yillarning boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul
maktablari, diniy tashkilotlar tomonidan ta‘minlab boriladigan vaqf maktablari va madrasalari
ham ishlab turar edi. 1925 o‘zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortik eski
maktablar bo‘lib, ulardan 250 tasi yashirin xolda ish olib borgan. Lekin sovet xokimiyatining
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o‘z faoliyatini amalda tugatdilar,
Xalq ma‘rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini oshirishga, savodsizlikka
barham berish davr talabi edi. Bu ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab
savodli bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930 yili umumiy boshliach ta‘limni joriy etish savodsizlikni
kamaytirishga yordam berdi.
Birok raqamlar ortidan quvish va shoshma-shosharlik oqibatda umumiy ta‘limni joriy
qilishda ko‘pgina jiddiy xatolarga yul quyildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi
o‘qishga tortilmay qoldi… O‘qishni tashlab ketayotgan o‘quvchilar soni (ayniqsa maxalliy millat
yoshlari orasida) ortib bordi. Ko‘pgina maktablarda o‘qitish saviyasi mutlaqo talabga javob
bermasdi, chunki muallimlarning bilim darajasi yetarli emasdi.
Ayniqsa ularning moddiy axvoli yomon edi, maktablar son jihatdan muttasil ortib
borayotgan bo‘lsada, ularning o‘quv moddiy bazasi nochor axvolda qolayotgan edi,
Ma‘lumki, bolsheviklar mafkurasi negizida asosan sinfiylik kurash g‘oyasi ustivorlik
qilgan. O‘zgacha fikrlashga bo‘lgan xar qanday urinish «sinfiy dushman qarshiligi» deb
baholandi. Guyo, «sinfi». dushman» ijtimoiy xayotning barcha jabhalarida, ta‘limda, adabiyot va
san‘atda, ishlab chiqarishda mavjud bo‘lib uni qidirib topish, barchani shubxa ostita olish odat
tusiga kirib bordi.
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihatdan ishonchli, aholining «mexnatkash»
tabaqalaridan chiqkan kishilarini tanlab olish kerak, degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan
yaxshi ma‘lumki, aqliy va mantikiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savollar ham,
noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham madaniyat xodimlarning tarkibini
ijtimoiy jihatdan ishonchli bo‘lgan «mexnatkashlar» xisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng
zakovatli va omilkor qatlamni siqib chiqarishni maqsad qilib quyildi. Bu «madaniy
ishqilob»ning asosiy tezislaridan biri bo‘lib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni
vujudga keltirishdan iboart edi. Bu g‘oya sovet davlatining barcha o‘n yilliklari davomida yashab
keldi. 30-yillarda uni amalga oshirish borasida quyilgan dastlabki qadam madaniyatning barcha
sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida ayttanimizdek, «mexnatkashlar», ya‘ni, «proletar
qatlamdan» boshlanganligi ham bejiz emas edi.
O‘sha yillarda komsomol safiga ijtimoiy jihatdan faqat «mexnatkashlar» qatlamidan
qabul qilinganligini e‘tiborga oladigan bo‘lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib, ularni
qiska muddatli kurslarda o‘qitib maktablarga muallim sifatida yuborilganligini anglab yetamiz.
Buning natijasida respublikada o‘qituvchilar soni 1928-29 o‘quv yilidagi 5,5 ming kishidan
1932-33 o‘quv yilida kariyib ming kishiga
3
1941 yili esa
1
42 ming kishiga yettan. Bu raqamlar
shundan dalolat beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta‘limi tizimlarida o‘tkazilgan «tozalash»
oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan «ishonchsiz» bo‘lganlar o‘rniga qiska muddatli
kurslarni bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan «ishonchli» qatlamlardan qushimcha
muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning boshqa sohalarida ishlash uchun
yuborildilar.
1930 - yillarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini malakasi va
saviyasi past kishilar bilan to‘ldirishga, yuzakilik, omilsizlik, qog‘ozbozlik kabi noma‘qul
illatlarning ildiz otishiga olib keldi. Kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma‘lumot darajasi
emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
Mazkur siyosat tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-odati, an‘ana, umuminooniy
qadriyatlarni bilish va o‘rganish imkoniyatlaridan maxrum bo‘ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi
uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma‘rifatparvarlar: Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori
Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Chulpon, Abdulla Qodiriy qatl
etidi. Shorasul Zunun, Usmon
Nosir, va boshqalar Sibirga surun qilindi. Sobiq tuzumning
totalitar siyosati to‘la xukmron kuchga kirib, mafkuraviy kurash kuchaydi. Natijada xalq
ta‘limiga. buyro‘qbozlik nuqtai-nazaridan turib ekstensiv ravishda yondoshish tarkib topdi.
Buning natijasida sifat muammolari chetga surilib, miqdor ko‘rsatkichlari birinchi o‘ringa o‘tdi.
Ahvolni xo‘ja ko‘rsinga yaxshilash orqasidan quvish jamiyatning madaniy hayyotiga yomon
tasir o‘tkazdi, hamda oliy va o‘rta maktabga sezilarli darajada zarar yetkazdi.
3.Ikkinchi jahon urushi boshlangan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston halqlari ma‘navii
madaniyatining boy salohiyati insoniyatning eng yovuz dushmani bo‘lgan fashizmni tezroq tor-
mor qilish ishiga safarbar qilindi. O‘zbekiston madaniyatining barcha yunalishlari uning
arboblari va xodimlarining fidoyiligi va vatanparvarligi tufayli juda qisqa muddatlarda urush
davri ehtiyojlari va talablari oqimiga yunaltirildi. Urushning og‘ir sharoitlarida o‘zbek olimlaring
ilmiy va amaliy ishlari front, aholi va g‘alaba uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘ldi, xalqimiz
ahlining ona-Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini kuchaytirdi, vatanparvarlik tuyg‘ularini
uyg‘unlashtirdi, mexnat faoliyatiga kuch-quvvat bag‘ishladi.
Urushning suronli yillarida respublika oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar o‘z
faoliyatlarini davom etgirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo‘jaligi,
maorif, tabobat va boshqa sohalar buyicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam
manba bo‘lib qoldi. 1943 yilda respublikada 41 oliy o‘quv yurti ( ularnng 12 tasi ko‘chirib
kelingan) va 52 o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20
mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo‘jaligini
yukori malakali kadrlar bilan ta‘minlash imkonini berdi.Ular o‘z navbatida samarali, mexnat
qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib xissa qushdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga
aloxida e‘tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga extiyoj ayniksa sezilarli edi.
Urush yillari o‘zbekistonda barcha turdagi qushinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar
ham tayyorlandi. Toshkentga piyodalar bilim yurti ham ko‘chirib keltirilib, respublikamiz
joylashtirilgan bir necha harbiy bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultetlarida,
o‘nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.
Urush xalq ta‘limi muassasalari faoliyatini yanada murakablashtirib yubordi. Ko‘pgina
o‘qituvchilar harakatdagi armiya safiga chaqirildi, yuqori sinflarning o‘quvchilari ishlab
chiqarishga safarbar qilindi. Maktab binolarining anchagina qismi gospitallarga, evakuasiya
kilingan xarbiy qismlarga, bolalar uylariga va harbiy o‘quv punktlariga berildi. Natijada
respublikadagi maktablarning umumiy soni 1942-43 o‘quv yillarida 1940-41 o‘quv yilidagiga
nisbatan 421 taga qiskarib, 4795 tadan 4374 taga tushib qoldi. Binolar va o‘qituvchilar
yetishmasligi tufayli ko‘pchilik maktablarda mashg‘ulotlar 3 smenada olib borilardi. Darsliklar,
o‘quv qurollari va boshqa jixozlar ham yetishmasdi.
Lekin barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, O‘zbekiston maktablarining jamoalari
gospitallarni otaliqqa oldilar, yaradorlar huzurida konsertlar quyib berdilar, frontga ketganlarning
oilalariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar. harakatdagi armiya jangchilari uchun
sovg‘alar tayyorladilar, kishloq ho‘jalik ishlarida ishtirok etdilar.
O‘zbek fan axlining urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarining yunalishlari
front va xalq xo‘jaligi talablari hamda manfaatlariga moslashtirildi- Bu boradagi ilmiy va
tashkiliy ishlarni muvofiklashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FA O‘zbekistan filiali
(O‘zFA) va keyinrok, 1943 yil 4 noyabrda uning asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N.Qori-Niyoziy
saylandi. Fanlar akademiyasining tashkil etilishi o‘zbek xalqi xayotida muxim tarixiy voqia
bo‘ldi. Bu akademiya O‘zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo‘lib qoldi. Shu bilan
respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi- Bu davrda
taniqi matematik olimlar T.N.hori-Niyeziy, T.A.Sarimsoqov, geolog-olimlar M.Abdullayev,
faylasuf
I.Mo‘minov,
kimyogar
olimlar
O.S.Sodiqov,
S.Yu.Yunusov,
energetik
A.N.Askochenskiy va boshqalar samarali izlanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida
22 ta ilmiy muassasa mavjud bo‘lib, ularda 818 ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat
ko‘rsatdilar. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk va boshqa shaharlardan ko‘chirib
kelingan olimlar o‘zbekiston olimlari bilan mahkam aloqada ish olib bordilar. Ularning
birgalikdagi sa‘y-xarakatlari ilm-fan yuto‘qlarini front extiyojlari uchun xizmat qildirishga
qaratilgan edi.
Matematika, fizika, mexaniqa, energetika hamda boshqa mavjud fanlar sohasidagi olim
va ilmiy xodimlarning izlanishlari — metalni qayta ishlash, mashinasozlik va mudofa sanoati
bosh tarmoqlarining rivojlanishini ta‘minladi. Respublika olimlari artilleriya aslohasini
mustahkamlash, jangovar samolyotlarning yuk
ko‘tarish salohiyatini oshirish, mavjud harbiy texnika yaxshilash va yangi turlarini yaratish kabi
eng dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar.
Urush asoratlari umumta‘lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta‘sir qildi:
o‘qituvchilarning xarbiy xizmatga chaqirilib, frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin
kamayib ketdi, bu o‘z navbatida maktablar sonining qisqarishiga olib keldi. Faqat 1942-43 o‘quv
yilida respublikada 200 ta boshlang‘ich va o‘nlab o‘rta maktablar faoliyati tuhtatildi; turli
sabablarga ko‘ra o‘quvchilarning maktabdan ketib qolishi, maktab yoshidagi bolalarning
o‘qishga jalb etilmasligi tufayli o‘quvchilarning soni tobora kamayib bordi. 360 ta maktab binosi
respublikaga ko‘chirilgan xarbiy qismlar, kasalxonalar va shu kabilarga berildi. Mavjud
maktablarni yoqilg‘i bilan ta‘minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari, darslik va ko‘rgazmali
qurollar yetishmas, o‘quvchilarni kiyim-kechak va poyabzal bilan ta‘minlash og‘ir bo‘lib
qolgandi. Bular hammasi maktab ishida o‘zining sezilarli izini qoldirdi, o‘zlashtirish foizi
pasayib ketdi.
Zero maktablar oldida turgan tarbiyaviy masalalarni bajarishga qator tadbiriy ishlar
amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.
1. Maktab yoshidagi bolalarning zhammasini umumiy tortish ishini davom ettirish;
2. O‘quv-tarbiya ishlarini qayta qurish va sifatini yuqori ko‘tarish, fan asoslarini yuksak
siyosiy-g‘oyaviy saviyada o‘qitish, o‘quvchilarga zaruriy jismoniy tarbiya berish, yoshlarni
ijtimoi foydali ishlarda keng katnashini ta‘min etish uchun ularga agrotexnika ta‘limini berish;
3. Aholi o‘rtasida ommaviy mudofa va siyosiy oqartuv ishlarini olib borish;
4. o‘quvchilarning korxona va qishlok xo‘jaligida mudofa extiyoji uchun qilinadigan
mexnatlarini yulga qo‘yish kabi masalalri shular jumlasidandir.
Urush davrida o‘qituvchilardan hamda barcha maorif xodimlaridan, o‘z o‘rnida qattiq
turib o‘quvchilarning o‘z vaqtida darsga kechikmasdan kelishini, sababsiz dars
qoldirmasliklarini, uyga berilgan vazifalarni to‘la bajarishlarini, o‘quvchilarning maktabda va
maktabdan tashkari ijtimoiy-foydali ishlarga faol jalb qildirish yuli bilan ularda yuqori ahlok
malakalarini, mustaxkam irodani, e‘tiqodni tarbiyalashlari lozimligini juda ko‘p martalab
ta‘kidlab o‘tgan edi. Bunday talabni bekamu-ko‘st amalga oshirish o‘qituvchilardan avvalambor,
ota-onalar bilan yakindan alokada bo‘lib hamkorlikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Bu
metod esa o‘z navbatida o‘quvchilarnint nazoratdan chetda qolmasligini ta‘minladi. Natijada har
ikki tomonlama kuzatish bolalarning tarbiyasini yaxshilashta olib keldi. Bu esa albatta o‘sha davr
ruxiyatining jiddiyligini, xar bir insonning xox u katta bo‘lsin, xox kichik bo‘lsin jamiyatda o‘z
o‘rni va uz mavqyei borligini tug‘ri tushunishiga katta yordam berdi. Biz urush yillarida
maktablardagi qiyinchiliklar hakda gapirar ekanmiz, shaxarlardagi maktablarda o‘qish uch
smenada olib borilganligini ham tilga olish joiz deb uylaymiz, chunki bu xol tabiiy xolatda talim-
tarbiya jarayonini qiyinlashtirishga olib kelgan. Darslar 40 minutga qiskargan. Ashula va rasm
darslari umuman o‘tilmagan.
Respublikamizda o‘zbek maktablarida darslar juda kam olib borildi. Chunki urush
boshlanmasdan sal oldin o‘zbek yozuvini rus grafikasiga o‘tkazish tug‘risidagi qonun qabul
qilingan edi. Lekin bu qonun amalga oshirilguncha urush boshlanib ketdi. 1941-42 yillarda ko‘p
hajmda kitoblar chop etilishi ham kuzda tutilgan edi. Afsuski, bu ish ham amalga oshirilmay
qoldi. Shunday
(
bo‘lishiga qaramay, ilg‘or o‘qituvchilarning tashabbusi darslarda samarali
natijalar bera boshladi. o‘qituvchilar og‘zaki
tushuntirishga katta e‘tibor berdilar. Yangi
utiladigan dars o‘qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o‘quvchilar uni daftarga ko‘chirib olishar
edi.
2. Respublika xalq ta‘limi uchun urushdan yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib
o‘tishga tug‘ri keldi.Urush yillarida ta‘lim tizimiga e‘tibor berilmadi. Ana shu «odat» urushdan
keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi.
Urush davrida utishga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni urushdan keyingi
dastlabki yillarda ta‘lim tizimiga tortish juda . muxim masala bo‘lib qoldi. Bundan tashkari,
urush yillarida ta‘lim sifati ham juda pasayib ketgan bo‘lib, 20-yillardagi qoloq uslublarda olib
borilardi. Bu esa o‘quvchilarni o‘qishdan bezdirar, o‘qishni tashlash va sinfda qolish xollari
ko‘paymokda edi. Masalan, 1945-46 o‘quv yilida O‘zbekistan maktablaridagi o‘quvchilar soni
rejadagi 1 mln.10 mshg kishi o‘rniga 823 ming kishidan iborat bo‘ldi. Sinfda kolgan o‘quvchilar
soni ham ko‘p bo‘lib, 1946 yilda u barcha o‘quvchilarning 37%ini tashkil etardi. Ayniksa qiz
bolalarni maktabga jalb qilish, ularni o‘qishni tugatguncha ushlab turish aloxida muammo
sifatida kundalang bo‘lib turardi.
O‘qituvchi xodimlar, masalasi urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri
edi. Chunki malakali o‘qituvchilar vatan urushga yuborilgan, ularning ko‘pchiligi halok
bo‘lgandi. Xususan, 1947 yilda respublika buyicha 4 ming o‘qituvchi yetishmasdi. Tuman xalq
maorif bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta‘lim buyicha direktor muovinlarning
60%dan ko‘progi tegishli ma‘lumotga ega emasdi. 1950 yilda 7125 maktab o‘qituvchilarga
muxtojlik sezardi.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida «O‘zbekiston SSR
da majburiy yetti yillik ta‘limni to‘liq amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi
maktablgrda ta‘lim tizimini takomillashtirishga karatilgan dastlabki kdham bu;di. Yangi konunga
kura umumta‘lim makhhbi hamma uchun majburiy bo‘lgan kamchiliklar barham topmadi.
Aksincha, maktab xakikly xayotdan ajralib kolli, o‘quvchilarga berilayoggan bilimlar fan-
texnika - tarakkiyogi darajasiga turri kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil margda O‘zbekiston
Oliy Soveti «Maktab xalq ta‘limi tizimini yanada rivojlantirish tugrisida»yangi konun qabul
qildi. Ammo, sovet mustabit tuzumiga xos bo‘lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik odati
bu gal ham muammoni xal qilish yulida to‘g‘anoq bo‘lib xizmat qildi, okibatda xalq ta‘limida
axvol o‘zgarmadi.
60-yillar O‘zbekistonda «rivojlangan sosializm» bosqichi deb e‘lon qilindi. Jamiyat
mamlakat rahbariyatidan ijtimoiy-iktisodiy va madaniy- ma‘rifiy sohalarda jiddiy sifat
o‘zgarishlarni amalga oshirishni kutmoqda edi. Birok amalda unday bo‘lmadi. Lekin buning
o‘rniga siyosiy rahbariyat akidaparasglikni, lutgiboz, ommaviy-siyosiy ishlarni avj oldirdi. Xalq
ta‘lim tizimi ham ana shu «girdobga» tashlandi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida
maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o‘qitishga urg‘u berdi. Natijada 60-yillarda
O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va qushiqchilik darslari hajmi
keskin qisqardi va ular o‘quv rejasida belgilanganidan xaftasiga 16,5 soatga kamayib ketdi.
Ulardan bo‘shagan soatlarga esa rus tili va adabiyoti fani o‘qitildi. Masalan, o‘qituvchilar «XIX
asr ikkinchi yarmi—XX asr boshlarida o‘zbek adabiy-badiiy muxiti», «Milliy madaniy
jarayonlar» tug‘risidagi mavzularda dars o‘tishi lozim butan soatlarda rus madaniyatining
«progressiv» ahamiyatini ko‘rsatib berishga majbur bo‘ldilar. Nihoyatda boy va ko‘xna o‘zbek
xalqi tarixini o‘rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang‘ich maktablarda rus tili va
adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan.
70-80 yillarda O‘zbekistan maktablarida ahvol sifat jihatidan o‘zgarmay qolaverdi.
Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o‘qitish vositalaridai foydalanilmadi.
Ularning moddiy — texnika bazasi yaxshilanmadi. To‘g‘ri, bu yillarda maktablar, o‘quvchilar,
o‘qituvchilar soni yildan-yilga ortib bordi, son ko‘rsatgichlari kishini xayratga solar darajasida
ortdi. Masalan, O‘zbekistonda 1945-46 o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998
ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida respublikaniyag umumiy ta‘lim maktablari
soni 7072 taga, ularning o‘quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga yetdi.
Birok, ularning sifat darajasi ( ayniksa, qishlok maktablari ) ancha past edi. Chunki,
ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan «rivojlangan sosializm» bosqichi ham 20-30-yillarda shakllangan
«qoldiq prinsipi»ning ijtimoiy oqibatlarini yo‘qota olmagan edi. 1970-1980-yillarda xalq ta‘limi
uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag 11%dan 8%ga kamayib ketdi. Resnublikaning barcha
viloyatlaridagi maktablarning 20-60%i zarur o‘quv jixozlari, asbob-anjomlar bilan jixozlanmay
kolaverdi, 50%dan ortiq maktablarda issiq ovkat bufetlari tashkil etilmadi, kuni uzaytirilgan
guruhlar ishi ayniksa o‘lda-jo‘lda qoldi. 70-80—yillarda 1-8-sinf o‘quvchilarining atigi 8-9%ini
bunday guruxlarga jalb etilgan edi, xolos.
Umumta‘lim maktablarining faoliyati asosan «rivojlangan sosializm» g‘oyasini
o‘quvchilarga singdirish, ularni «kommunistik ruhda» tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
«Kommunisgik tarbiya» dan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarni «proletar internasionalizmi» ga,
«katta og‘aga» sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat edi. Milliylik esa
o‘zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi
misolida olib borildi. Yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalminallik namunasi sifatida talqin
etildi.
Maktablarda iktidorli bolalarni o‘qitishga e‘tibor berilmas edi. Maktab bolalari qalbida
ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz va ular qoldirgan ma‘naviy meros, o‘z ona tili, urf-
odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi.Maktablarda ayniksa ijtimoiy fanlarni o‘qitish
o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan kechilayotgan davrda maorif sohasida erishilgan yutuqlar bilan
bir qatorda, yoshlarni milliy an‘analar va ma‘naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish
an‘anasi ko‘zga tashlanib bordi. Ta‘lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik prinsiplari
asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni o‘rganishiga tusqinlik qildi.
Natijada, o‘zbek o‘quvchilarida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat, milliy an‘analarga
sodiqlik kayfiyatidan ajralish xollari ruy bera boshladi.Maktab o‘quvchilarining o‘quv rejasidagi
soatlarini o‘zlashtira olmasligi odatiy xol bo‘lib qoldi. Bu ularni paxta va boshqa xo‘jaligi
ishlariga ko‘proq jalb qilinishi bilan izoxlanadi. yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar
bilan band bo‘lishiga ketar edi. Bu esa o‘zbek o‘quvchisi jahon standartlaridan ortda qoldirib,
zamonaviy fan sohalarini o‘zlashtirishga imkon bermasdi.
Ikkinchi jaxon urushidagi katta yo‘qotishlar oliy ma‘lumotli xodimlarning son va sifat
jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida uruщdan keyingi yillardayok oliy
ta‘limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi.
1950 yilda respublika xalq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta oliy o‘quv yurtlari,
shuningdek, 2 ta universitet faoliyat ko‘rsatdi. Shu bilan birga 92 ta texnikum o‘rta maxsus
ta‘lim tizimida ish olib bordi. 1950-1953 yillarda respublika oliy o‘quv yurtlarida 16600, o‘rta
maxsus bilim yurtlarida qariyib ming mutaxasis tayyorlandi. Birok, o‘zbek qishloqlari va
shaxarlaridagi ogir iktioodiy axvol maxalliy aholi yoshlarini oliy maktablarda o‘qishga imkon
bermas, ulardan yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlash ishiga tusqinlik qilardi.
Xususan, 1950-1953 yillarda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarning 33%ini o‘zbek millati tashkil
qildi xalos.
O‘zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o‘rta maxsus ta‘lim maskanlariga bunchalik
kam jalb etilishining yana boshqa o‘ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi,
o‘quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o‘rta maktablarda ommaviy-siyosiy tadbirlarga, qishloq
xo‘jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa, qishloq yoshlari) asossiz ravishda ko‘plab jalb qilinishi
okibatida ular oliy o‘quv yurtlariga kira olishlari uchun talab hilinadigan bilimni olish
imkoniyatiga ega bo‘lmasdilar. 60-yillardan boshlab oliy o‘quv yurtlari qoshida maxsus
tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan qishloq yoshlaridan jalb qilinishi
fikrimizning tug‘riligidan dalolatdir. Yana muxim sabablardan biri, oliy o‘quv yurtlariga kirish
uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtixon quyilishi va talabalarga rus tilida (80-yillardan
boshlab) dars o‘tilishi edi. Natijada respublika oliy o‘quv yurtlarida qishloq yoshlarining
salmog‘i kamayib ketdi. Chunki, qishloq maktablarida na xorijiy tillar, na rus tili (bu soha
o‘qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishlok maktablarida ishlashni xoxlamasliklari
natijasida) yetarli darajada, ayrim maktablarda esa umuman o‘qitilmasdi. Bu xol oliy
maktablarda shaxarlik yoshlarning ko‘payib borishiga, qishloqlarda esa oliy ma‘lumotli
mutaxassislar muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.
Ayni paytda, qayd etish lozimki, respublikada yildan-yilga oliy o‘quv yurtlari soni ham
ortib bordi. Yangi institutlar-Andijon medisina instituti, O‘rta Osiyo medisina-pediatriya
instituti, Toshkent jismoniy tarbiya-fizkultura instituti, Toshkent aloka va elektrotexnika
institutlari ochildi. 1959 yilda respublika Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tizimida 31 ta oliy
o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, ularda 88 ming kishi ta‘lim olgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib oliy
o‘quv yurtlari soni 42 taga, talabalar soni esa 285,5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek,
respublikadagi 249 o‘rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o‘quvchi bilim oldi.
Biroq bo‘lar miqdor ko‘rsatgichlardagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy
jihati-oliy ta‘lim muassasalarini bitirib chiqayottan mutaxassislarniyag sifati va saviyasi
masalasida ko‘plab muammolar mavjud edi. «Sosializmning afzalligi»ni «ko‘z-ko‘z» qilish
maqsadida asosiy e‘tibor oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlashning son ko‘rsatgichlariga
qaratildi. Bu esa mutaxassislarning jahon talablaridan jiddiy ortda qolishiga, xalq xo‘jaligi uchun
keraksiz
mutaxassislarning
tayyorlanishiga,
mablag‘larning
bexuda
sarflanishiga,
mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishiga olib keldi.
Shu bilan birga, oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni
mafkuraviy andozalarga solish kuchaydi; mutaxassislik buyicha asosiy fanlarni o‘qitishni
takomillashtirish o‘rniga barcha oliy o‘quv yurtlarida. kommunisgik mafkurani shaklllantiruvchi
KPSS tarixi, marksizm-leninizm falsafasi, siyosiy iqtisod, ilmiy kommunizm, jamiyatshunoslik
fanlarini o‘qitishni yanada yaxshilash tug‘risida tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
O‘quv jarayoni uchun muhim bo‘lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada oliy
ta‘lim tizimida ma‘suliyatli, tashabussiz, lokayd, «o‘rtamiyona» mutaxassislar tayyorlash
mexanizmi yuzaga keldi.
Respublikada urushdan keyingi yillarda fan yutuqlari avvalo O‘zbekistan Fanlar
akademiyasining olimlari, ilmiy xodimlari faoliyati tufayli qo‘lga kiritildi. Urush tugagan yili
akademiya tarkibida geologiya, fizika-texnika, kimyo, tuprokshunoslik, matematika va
mexaniqa, energetika, iktisodiyot, tarix va arxeologiya, sharqshunoslik, til va adabiyot institutlari
hamda boshqa muassasalar bor edi. O‘sha davrdi akademiya olimlarining kuch-quvvati xalq
xo‘jaligini tiklash, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish, madaniy kurilish
sohasida olimlar oshirishga qaratildi. Urushdan keyingi dastlabki O‘zbekiston fanlar
akademiyasining yangi institutlari: botaniqa, zoologiya va parazitologiya institutlari, O‘zbekiston
ishlab chiqarish kuchlarini laboratoriyalar tashkil qilindi.
Akademiya tashkilotlarining moddiy-texnik mustaxkamlandi. Yangi sohalar buyicha
mutaxassislar soni ko‘paydi.shunga muvofiq ravishda ilmiy jamoalarning tadkikotchilik faoliyati
istikboli, ilmiy tadkikotlarning yunalishlari kengaydi. 50-60 — yillarda O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi tarkibida yadro fizikasi, o‘simlik moddalari kimyosi, kibernetika, seysmologiya,
elektronika, biokimyo, fiziologiya va biofizika institutlari tashkil qilindi.
Akademiya olimlari fizika-matematika, mexaniqa, boshqaruv jarayonlari va informatika,
kimyo-texnologiya, tuprokshunoslik, biologiya,ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari va institutlari olimlarining
ko‘plab avlodlari fidokorona va yukori kasbiy darajada olib borgan ilmiy tadkikotlari natijsi
bo‘ldi. Aynan ularning mexnati tufayli keng e‘tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga keldi, yangi
ilmiy yunalishlar rivoj topdi., ilmiy xodimlar tayyorlandi., ilmiy ishlovlar amaliyotga tadbiq
etildi. O‘zbek olimlari: geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolkin
Turaqulov, kimyogarlar Obid Sodikov,N.Nabiyev,Sobir Yunusov,fizik va matematiklar
T.N.Qori-Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsaqov,Ubay Oripov,texnika fanlari sohasidagi olimlar
Muxammad O‘rozboyev, Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Muminov, tarixchi Yaxyo G‘ulomov,
pedagog Siddih Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab olimlarning nomlari
O‘zbekistondan tashqarida ham shuxrat qozondi.
Xususan, Siddiq Rajabovning respublikada pedagogika fanini rivojlantirishdagi xizmati
katta bo‘ldi. U pedagogika fanining eng muxim muammolari ustida ilmiy tadkikot ishlarini olib
borib respublikamiz xalq maorifining tarqiyoti va bu taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari, xalq
maorifining rivojlanish istiqbollari, pedagogika fani metodologiyasi, yoshlar tarbiyasi va xalq
pedagogikasiga doir o‘nlab asarlar yaratdi.
Siddik Rajabov o‘zining butun xayoti va faoliyatini pedagogika fani va ravnaqi uchun
bag‘ishlandi. U 1937 yili aspiranturani tamomlagach, o‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-
tekshirish institutiga ilmiy xodim va Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituta
pedagogika kafedrasiga o‘qituvchi qilib tayinlandi. Yosh olim ilmiy tadqiqot ishini pedagogik
faoliyati bilan qushib olib bordi. Shu yillarda S.Rajabov kechki pedagogika instituti direktorining
o‘quv ishlari buyicha o‘rinbosari lavozimida ham yosh o‘qituvchi sifatida mutaxassilar
tayyorlashda katta faoliyat ko‘rsatdi, o‘z ishini puxta bilgan rahbar, yetuk ilmiy xodim va
mahoratli o‘qituvchi sifatida elga tanildi.Yosh olim matbuotda tez-tez ilmiy, pedagogik,
publisistik maqolalari bilan chiqa boshladi. Jumladan, urushgacha bo‘lgan davrda S.Rajabovning
«Oliy pedagogika o‘quv yurtlarining ish sifatini yukori ko‘taraylik», «Oliy o‘quv yurtlari
xayotida muxim davr», «Maktabdan tashkari tarbiyaviy ishlar», «Yan Amos Komenskiyning
pedagogik qarashlari», «Imtixonlarning yuqori sifati uchun kurashaylik», kabi ishlari matbuotda
e‘lon qilindi. Shu yillarda u «XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif
taraqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu mavzuda nomzodlik
dissertasiyasini respublikasida birinchi bo‘lib muvaffakiyatli ximoya qildi. Bu orada u
Respublika matbuoti va rahbari idoralarida samarali mexnat qildi.
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti pedagogika
kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o‘z ilmiy pedagogik faoliyatini yanada
rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
1958 yilda Siddik Rajabovning ilmiy faoliyatida unitilmas vokea sodir bo‘ldi. 1961 yilda
Siddiq Rajabov O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib
tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni yuqori malakali mutaxassis
xodimlar bilan ta‘minlash,olib borilayotgan ilmiy-tadkikot ishlarini xayotga maktab amaliyotiga
yaqinlashtirish, pedagogik tadkikotlarni respubliki buyicha muvofiqlashtirish ishlariga
boshchilik qildi hamda tadkikot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish buyicha bir
qator tadbirlarni amalga oshirdi.
Institutda yangi sektorlar tuzildi. Sektorlar xuzurida laboratoriyalar tashkil etildi. Sektor
va laboratoriyalarga ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan tajriba va yetarli malakaga ega bo‘lgan
xodimlar rahbarlik qila boshladilar.
Bu davrda olim pedagogika faniii chin qalbdan sevgan mutaxassislarni, ko‘pgina iqtidorli
yoshlarni o‘z atrofiga chorladi. Yosh olimlarga hamisha yordam berib keldi. Yoshlarni xar
tomonlama qullab-quvvatlash uning xayotiy e‘tikodi va turmushining mazmuniga aylanib ketdi.
Shu bois 10 dan ortik fan doktorlari, 200 ga yaqin fan nomzodlari bevosita Siddik Rajabovning
ilmiy maslaxatchiligi va ilmiy rahbarligi asosida dissertasiyalarini muvaffakiyatli himoya qildilar
1964 yilda S. Rajabovning ilmiy pedagogik faoliyatiga yuksak baholandi, unga
«Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» unvoni berildi.
S.Rajabov 1966-1990 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti,
«Umumiy pedagogika» kafedrasining katta jamoasiga boshchilik qildi. U kafedra a‘zolarining
har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlash sohasida
fidokorona mehnat qilayotgan hamkasabalari-institutning yetuk olimlari bilan bir qatorda o‘rta
va oliy ta‘limga aloqador juda muammolarni hal qililishda hormay-tolmay faoliyat ko‘rsatdi.
Professor S.Rajabovning Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutidagi
chorak asrlik uzluqsiz ilmiy-pedagogik faoliyati alohida muhim davr bo‘ldi.
U safdoshlari, kasbdoshlari va o‘zi mudirlik qilib turgan kafedra a‘zolari, shogirdlari
bilan hamkorlikda katta ilmiy va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal qilishga alohida e‘tibor
berdi. Birinchi navbatda kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik xodimlar bilan ta‘minlash,
ma‘ruza va amaliy mashgulotlar sifati va samaradorlini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining
ilmiy va metodik saviyasini yuqori ko‘tarish kabi masalalar hal qilina bordi. S.Rajabov kafedra
yig‘ilishlari, nazariy seminarlar, metodbirlashma yig‘inlari suhbatlarda ana shu masalalarga
alohida to‘xtalardi.
Respublikamiz fanini rivojlantirshpga bekiyos katta xissa qo‘shgan olimlarimizdan yana
biri akademik Xabib Abdullayevdir.
Uning geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i sohasidagi
tadqiqotlari O‘zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda ham e‘tirof etildi. X.Abdullayev 1956-
1962 yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan
birga, yirik ilmiy tadqikotlar olib bordi.yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashga aloxida
e‘tibor berdi. Uning
tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va
doktorlari fanning yangi yunalishlariga asos soldilar.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatda keng ildiz otgan ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi
O‘zbekistan faniga, uning milliy ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Respublikada o‘zbeklar soni ruslarga nisbatan olti baravar ko‘p bo‘lishiga karamay, 1963 yilgi
ma‘lumotlarga ko‘ra, ilmiy xodimlar tarkibida o‘zbeklar (5,5 mingdan sal ortiq ) va ruslar(5,5
mingdan sal kam) nisbati deyarli teng edi. o‘zbeklardan 97, ruslardan 96 nafar fan doktorlari ish
olib boradi.
Yukori malakali milliy ilmiy kadrlarni ko‘paytirishga xarakat qilgan O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi rahbarlari millatchilikda ayblandilar. Markazning o‘zbekistondagi rus rahbar
kadrlari Fanlar akademiyasi prezidenta H.Abdullevning o‘zbeklardan fan nomzodlari,
doktorlarini ko‘paytirishga qaratilgan to‘g‘ri faoliyatini asossiz keskin tankid qildilar.
O‘zbekistan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari totalitar targ‘ibot sunn‘iy ravishda
keskinlashtirgan sharoitlarda ishlashga majbur bo‘ldilar. Shunga qaramay, olimlar o‘z bilim va
iktidorlarini o‘zbekiston iktisodiyoti, madaniyati va ilmiy-texnik qudratini oshirish ishiga
baxshida etdilar.
Urushdan keyingi yillarda respublika oliy o‘quv yurtlari Markaz ko‘rsatmasi, dasturlari
asosida o‘quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda mutaxassis kadrlar
tayyorlash son jihatdan o‘sdi, lekin ularning sifati talab darajasida bo‘lmay keldi.
Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960-61 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy maktablarida
100 ming nafar talaba ta‘lim olgan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida ularning soni 230 mingga yetdi.
Bu davr ichida oliy maktab respublika xalq xujaligi uchun yetkazib bergan Diplomli
mutaxassislar soni 2,5 baravar ortgan.
Oliy o‘quv yurtlari soni 1940 ychldagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko‘paydi. Xalq
xo‘jaligining rivojlunishi yangi oliy o‘quv yurtlarini ochishni talab qildi. Urushdan keyingi
yillarda Toshkent avtomobil yullari instituti, Buxoro ozik-orqat va yengil sanoat texnologiya
instituti, Fargona politexnika instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari malakali kadrlarga bo‘lgan
talabni qondirdi. Maorif, sanoat, kurilish, transport, iqtisodiyot, qishloq xujaligi, sog‘liqni
saqlash, san‘at va boshqa sohalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi.
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida kayta qurish keng quloch
yezdi. Uning
mazmunida xayotni demokratlashtirish, tezkor iktisodiy islohot, ma‘naviy
poklanish milliy qadriyatlar va axloqiy g‘oyalarning tiklanish muammolarini hal etish zaruriyati
yuzaga keldi. Qayta qurishning xal qiluvchi bosqichida jamiyat uchun chetdan tomoshabin emas,
balki mamlakat iktisodiy, siyosiy,madaniy xayoti rivojiga javobgar, ma‘suliyatli, sog‘lom
fikrli
g‘oyaviy-siyosiy dunyokarashi shakllangan shaxs zarur edi.
Shuni hayd etish zarurki, o‘zbek maktablari to‘ntarishdan so‘ng milliy zamindan
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozlik billan o‘qish-o‘qitishda Ovrupo , xususan urus tizimini
qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga, qoniga bu zurma-zurakilik singmadi. Buni
bugungi xayot, turmush tarzi ko‘rsatib turibdi. Eng achinarli hol shu ediki, ayniqsa, o‘tgan
yetmish yil ichida Mustabid tuzimning «Yangi» davr «bilimdon» va «zukko» tashkilotchi
rahbarlari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, kimlargadir yaxshi
ko‘rinmoqchi yoxud o‘zini dono xisoblab shuxrat qozonmoqchi bo‘ldilarki, natijada
maktablarimiz o‘quv-tarbiyaviy ishlarda ham xayotiy asoslar va xalq ruxiyatidan deyarli ajralib
qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-xayotiy, axloqiy, ma‘naviy, ruxiy xazinasi bo‘lgan
kitoblar esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab kuyildi.
Dostları ilə paylaş: |