universitetida ma‘ruza o‘qiydi. Leningrad universiteti uni klassik adabiyot namoyondalari
to‘g‘risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvoniga tavsiya qiladi. Jonli sharq tillari
institutining ilmiy kengashi unga professorlik unvoni berish tavsiyani tasdiqlaydi. Fitrat O‘rta
Osiyoning birinchi professori bo‘lib tarixga kiradi.
30-yillarga kelib Fitrat ijodidan «Panturkizm», «Millatchilik» g‘oyalari axtarilib, uni
qoralash boshlanadi. U 1937 yilning 23 aprelidan 24 apreliga o‘tar kechasi hibsga olinadi. «Xalq
dushmani», «Millatchi» kabi ayblar qo‘yilib, sud Fitratni 1938 yil 5 oktyabrda otishga hukm
qiladi. Bu hukm bir kun oldin ijro etiladi. Abdurauf Fitrat O‘zbekistonda maktab va ta‘lim-
tarbiya rivojiga katta hissa qo‘shgan yetuk ma‘rifatparvar va mohir islohotchi pedagog sifatida
xalq xotirasida qoldi.
Dostları ilə paylaş: