6. Har bir ishda musulmonchilikning Muhammad Alayhissalom davridagi qadimiy islom
madaniyatiga qaytarish ko‘zda tutilmasin.
XIX asrning 80-90 yillaridagi jadidchilik harakatining keng yoyilishida Munavvar Qori,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Said Ahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat,
Muhammadsharif So‘fizoda va boshqalar jonbozlik ko‘rsatgan.
Jadidlar 1906 yilda «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini
tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, «Xurshid», «Shuxrat» singari yangi gazetalar dunyo
yuzini ko‘rdi. Bu gazetalarda jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari talqin qilinar va
muhokamaga tashlanar edi.
Bu davrda jadidlarning harakat dasturi tuzilib, u quyidagi masalalarni hal qilishga
qaratilgan edi:
1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash (ko‘r-ko‘rona e‘tiqod);
2. Diniy aqidalarga asoslangan O‘rta asr maktablari o‘rniga Ovro‘pa qabilidagi dunyoviy
ilmlarni ona tilida o‘qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri
maorif
tizimini isloh qilish;
3. Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o‘zbek adabiy
tilini ishlash chiqish, matbuot xurligi uchun
kurashish, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va
teartni yaratish;
4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashishlarini ta‘minlash
yo‘li bilan ular taqdirini o‘zgartirish va oilada islohot o‘tkazish;
5. Mahalliy boylar va savdogarlar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi
bilan bir huquqda bo‘lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga
olishiga qarshi kurashish, shu yo‘l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.
Asosiy talablari ana shundan iborat bo‘lgan jadidlar uchun ilm va ma‘rifat yagona qurol
bo‘lib, ular shu qurol yordami bilan o‘lkada ijtimoiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun
kurashmoqchi bo‘ldilar.
Markaziy Osiyo jadidchilik haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat
kabi ma‘rifatparvarlarning ijodi va faoliyatini alohida o‘rganish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: