Guruh: 070-19 SAX
Bajardi: Kamolob B.B
Tekshirdi:Yusupov I. X.
.
Toshkеnt - 2023
1-vazifa Python dasturlash tilida butun sonlar. Butun sonlar ustida arifmetik amallar
(+, -, *, /) bajarish va ekranga natijani chiqarish. Ixtiyoriy matematik formulani hisoblash dasturi tuzilsin.
Bu yerda ixtiyoriy son tanlandi (a=25 va b=5) va ular ustida amallar bajarildi
2-Vazifa Python dasturlash tilida ro‘yxatlar(list) lar bilan ishlash. Ro‘yxat tuzish va bu ro‘yxatga ma’lumotlar qo‘shish va ma’lumotlarni olib tashlash. Ixtiyoriy ro‘yxat yaratilsin va ma’lumot qo’shilsin va olib tashlansin.
ELEMENTLARNI QO'SHISH, O'CHIRISH VA O'ZGARTIRISH Dastur davomida listning tarkibi o'zgarishi, yangi elementlar qo'shilishi, ba'zi elementlar o'chirilishi tabiiy hol. Misol uchun "Bozorlik ro'yxati" degan dasturni tasavvur qilaylik, foydalanuvchi ro'yxatga yangi mahsulotlar qo'shishi, sotib olganlarini esa o'chrishi mumkin.
Elementni o'zgartirish Ro'yxatdagi biror elementning qiymatini o'zgartirish uchun, o'sha elementga indeksi bo'yicha murojat qilamiz va yangi qiymat yuklaymiz
narhlar = [12000, 18000, 10900, 22000]
narhlar[0] = 13000 # 1-qiymatni 13000 ga o'zgartiramiz
narhlar[2] = 11000 # 3-qiymatni 11000 ga o'zgartiramiz
narhlar[3] = narhlar[3]+2000 # 4-qiymatga 2000 qo'shamiz
print(narhlar)
Natija: [13000, 18000, 11000, 24000]
Yangi element qo'shish .append() metodi Ro'yxatga yangi element qo'shishning oson usuli bu .append() metodi yordamida ro'yxatning oxiriga qiymat qo'shish:
mevalar = ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik"]
mevalar.append("tarvuz") # mevalar ga tarvuz qo'shamiz
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik", 'tarvuz']
.append() metodi bo'sh ro'yxatni to'ldrisihda juda qulay usul. Odatda dastur boshida bo'sh ro'yxat yaratilib, dastur davomida ro'yxat foydalanuvchi tomonidan to'ldirib borilishi odatiy hol.
cars = [] # bo'sh ro'yxat yaratamiz
cars.append('Lacetti') # ro'yxatga Lacetti mashinasini qo'shamiz
cars.append('Nexia 3') # ro'yxatga Nexia 3 mashinasini qo'shamiz
cars.append('Cobalt') # ro'yxatga Cobalt mashinasini qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']