Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni ta‘minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim
oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktarantura,
mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan. Oliy o‘quv yurtidan keyinga ta‘lim bosqichlari (aspirantura,
doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.
Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko‘ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi
berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni
takomillashtirish uchun: kasb ta‘limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni
ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va
ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va
hokazo.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini
chuqurlashtirish hamda yangilashni ta‘minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb
bilimlarini va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni bitirganlarga
guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib,
mazmun va boshqarishni shakllantirish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalarini davlat
attestasiyasi va akkreditasiyasidan o‘tkazish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish
bo‘yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.