9-Mavzu: O’quvchilar bilim egallashning asosiy bosqichlari
Reja:
1. Bilim egallash haqida umumiy tushuncha. Bilim olishning asosiy bosqichlari: sezgi, idrok,
tasavvur, hissiy bilish, anglash (fikrlash) va amalda qo‘llash. Esda saqlashning asosiy yo‘llari.
2. Ta‘limda bilimga qiziqishning o‘rni.
3. O‘quvchilar bilish faolligini va mustaqilligini rivojlantirish muammolari.
Tayanch so‘z va iboralar: bosqich, hissiy bilish, tafakkur, ruhlanish, og’ir yuk, qanoatli
bo’lish, nomutanosiblik, vaqtni yo’qotish va h.k.
O‘qitish kishilik jamiyatida uning ilk rivojlanish bosqichlarida paydo bo‘ladi. Bolalar katta
yoshlarga taqlid qilib, ularning ish - harakatlarini, mehnat qurollarini yasash va ishlatish
jarayonini takrorlashar, ularning xulq - atvoridan andoza olishardi, so‘zlashuv terminlarini va
ularning ma‘nolarini eslab qolishardi.
O‘qitish o‘sib kelayotgan avlodga insoniyat tajribasining ayrim jihatlarini mehnat,
madaniyat, fan, san‘at, axloq va boshqalarni o‘zlashtirish imkoniyatini ta‘min etadigan va
maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir.
O‘qitish dars o‘tish va o‘qishdan iborat ikki tomonlama jarayon sifatida.
O‘qitish o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyati sifatida o‘zaro bog‘liq ikkita
jarayonga - o‘qituvchi faoliyati sifatida dars berishga va o‘quvchining faoliyati sifatida o‘qishga
ajraladi.
Dars berish bir qancha jihatlardan: o‘qituvchining o‘z fanini bilishdan, o‘quv - tarbiya
jarayonini uyushtira olishdan, o‘qitishning zamonaviy metodlarini egallab olishidan,
o‘quvchining aqliy rivojlanishini uning bilish imkoniyatlarini bilishdan, uning shaxsiy
fazilatlarini shakllantirish yo‘llarini bilishdan tarkib topadi. Dars berish va o‘qish - maktabda
yagona o‘quv tarbiya jarayonining ikki jihatidir. O‘quvchilar to‘g‘risida o‘ylamasdan, ularning
aktivligiga, rivojlanishiga, imkoniyatlariga bilimi va malakasiga tayanmasdan o‘qituvchilik
faoliyatini amalga oshirib bo‘lmaydi.
O‘qitish kishi bilish faoliyatining bir turi sifatida.
O‘qitish jarayonining mohiyati nima? Dars berish, bu o‘qituvchi uchun tafakkur faoliyati
hamdir. U o‘quvchining ma‘naviy dunyosini, uning qiziqishlarini, ehtiyojlarini, ishtiyoqini,
imkoniyatlarini yildan - yilga tabora chuqurroq bila boradi.
Ammo har qanday bilish faoliyati ham o‘qish va dars berishga taalluqli bo‘lavermaydi.
Masalan, bilishning fan, san‘at, o‘yin, mehnat kabi boshqa shakllari ham borki, odam ular orqali
ham, o‘zini qurshab turgan olamni biladi.
O‘qitish o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchi uchun ham o‘zini qurshab turgan olamni
bilishning bir turi hisoblanadi. O‘qitish bilish faoliyatining bir turi sifatida dastlabki bosqich
bo‘lib, butun o‘quv faoliyatini ta‘riflaydigan eng muhim belgisi hisoblanadi. O‘qitish bilishning
filosofiyada ochib beriladigan umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Taqqoslanishtirish - har qanday tushunish va har qanday fikirlashning asosdir. Olamdagi
hamma narsani biz taqqoslash orqali bilamiz va biror yangi narsa ro‘para kelsa, uni biz biror
narsaga tenglashtira olmasak, bunda biz shu narsa to‘g‘risida biror fikr hosil qila olmas edik va
uning to‘g‘risida biror fikr ayta olimas edik, - degan edi mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy.
―Sezgilar beshta bo‘lib,...‖ quloq bilan eshitish, ko‘z bilan ko‘rish, burun bilan hidlash, til bilan
ta‘tish va teri bilan tegizib bilishdan iboratdir... ilm va ma‘rifat faqatgina o‘shalar orqali hosil
bo‘ladi degan A.R.Beruniy.
Bilish jarayoni dialektikasini, fikrning bir bosqichdan ikkinchisi tomon harakatini ochib
beradigan dialektik materializm bilish nazariyasi o‘qitish jarayonining metodologik, falsafiy
negizi hisoblanadi.
Dialektik materializm cheksiz dunyo moddiydir va adabiy harakatda, rivojlanishda, barcha
hodisalarning, predmetlarining o‘zaro bog‘liqligidadir, deb ta‘lim beradi.
Odamning bilishi qator bosqichlarda yuz beradi. Birinchidan; Oldiniga hissiy bilish ro‘y
beradi, u bolaning tevarak - atrofida yuz beradigan: hodisalar, voqyealar, predmetlar to‘g‘risidagi
tasavvurlarining rang - barangligiga olib keladi. Bu hissiy obrazlar qanchalik ko‘proq darajada
tizimlashtirsa va umumlashsa, bola maktabga shu qadar ko‘proq darajada tayyorlangan bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich - mavhum bilish, tushunchalar tizimini egallab olish bosqichidir. Bunda
maktabda o‘qitish zarur bo‘ladi. U o‘zini qurshab turgan olamning ma‘lum bir jihatlarini o‘quv
predmetlari (matematika, ximiya, fizika, tarix) mazmuni orqali o‘rganadi. Son, ta‘rif, ifoda
tushunchalari paydo bo‘ladi.
Kichik o‘quvchi bilishning konkrentlilikdan mavhumlikka o‘tish bosqichini boshdan
kechirayotgan bo‘ladi. U fikrlashning tushuncha tarzdagi shaklini egallay boshlaydi. Talaba
bilishi ham tushuncha shaklida bo‘ladi..
Bilishning oliy bosqichi va mavjud fikrlash negizida qurshab turgan olam haqida nuqtai
nazarlar, e‘tiqodlar, dunyoqarashlar shakllanishiga olib keluvchi umumlashgan tasavvurlar hosil
qiladi.
Maktabdagi ta‘lim bolani ilmiy bilimlar, tushunchalar, qonuniyatlar olamiga olib kiradi.
O‘quvchi qisqa vaqtda insoniyat tarixida asrlar davomida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan narsalarni
bilib oladi. Masalan tilning gramatik shakllari, minglab yillar davomida tarkib topadi, o‘quvchi
esa ularni bir necha yillik o‘qish jarayonidayoq o‘rgana oladi.
Bilimlarni egallash bosqichlari. O‘quvchilarning o‘quv yordamida bilish faoliyatiga
rahbarlik qilishga o‘rgatish uchun o‘quvchining bilimlarini egallashning asosiy bosqichlarini
yaxshi bilishi kerak.
Birinchi bosqich - bu idrok etishdir. Psixologiyadan ma‘lumki, idrok etish - bu maqsadga
yo‘naltirilgan tarzdagi bilish jarayoni demakdir. Shuning uchun ham o‘quvchilarga avval mavzu
haqida xabar berish, ya‘ni ular oliygohda ham nimani o‘rganajagini aytish zarur. Vazifa qo‘yish
va uni tushuntirish shart. So‘ngra o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tayyorgarlik ishlarini
bajaradi. U real yoki tasviri tushurilgan narsalar, hodisalar, vaziyatlarni kuzatishdan, sodda
tajribalar o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich - bu o‘quv materiallarini idrok etish bosqichi hisob- lanadi. U
bilimlarning nazariy tomonini alohida ajratib ko‘rsatishdan va tahlil qilishdan iboratdir. Asosiy
fikrni topish, tushunchalarni ajratib ko‘rsatish, ularning belgilarini asoslab berish, misollar va
tushuntiruvchi faktlar yig‘indisini o‘rganish kerak.
Agar o‘quvchilar o‘quv vazifasini hal etish usullarini tushunib yetib va bilimlardagi tizimni
anglab olgan bo‘lsalar, u holda mazkur bosqichni o‘tilgan deb hisoblash mumkin.
Uchinchi bosqich - bu yod olish (tushunish A.U) yoki mustahkamlashdir. Vazifa olingan
bilimlarni uzoq vaqt davomida esda saqlab qolishdan iboratdir. Bu borada bilish faoliyati asosan
mashqlar, mustaqil ravishda reproduktiv (so‘zlab borish, tushuntirish) va ijodiy ish qilish tarzida
yuz beradi. Nazariy material tushunchalari, qoidalar, isbotlar har xil mashqlarda takrorlanadi.
Uchunchi bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materialni biladigan va uni mashqlarni
bajarishda, masalalarni yechishda, isbotlashda va hokazolarda qo‘llay oladigan bo‘lishlari kerak.
Ularda o‘quv ko‘nikmalari va malakasi shakillangan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilimlar, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda, ayniqsa maktab
qoshidagi uchastkada, o‘quv ustaxonalarida, labaratoriyalarda ishlatish chog‘ida, mashinalarda
ishlashga o‘rganish jarayonida qo‘llanishdan iboratdir.
Burxoniddin Zarnudji ―O‘quvchiga ta‘lim yo‘lida qo‘llanma‖ asarida shunday g‘oyani
ilgari surgan:
―Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq bulardan eng
dolzarbi, bu kishilarda bilimlarni takrorlamoqdir‖. Bilimga bo‘lgan qiziqish shuni talab etadiki, u
(o‘quvchi) o‘qituvchisiga va o‘rganayotgan fani, kitobiga nisbatan to‘la qanoatli bo‘lsin, toki
muvaffaqiyatsizlikni o‘zidan yiroqlashtirsin, bilimning maxsus bo‘limiga nisbatan ham shunday
ish tutmoq kerak. Bularning aksi esa, o‘qituvchiga nisbatan nomunosiblikka, vaqtni yo‘qotishga
mashg‘ulotlarning tartibsizligiga sabab bo‘ladi.
Bolaning o‘qish istagi bo‘lmasa, bizlarning butun rejalarimiz, izlanishlarimiz va
mo‘ljallarimiz yer bilan yakson bo‘ladi.
Bunday xohish esa o‘qishdagi yutuq bilan birga hosil bo‘ladi... Bilim olishdagi
muvaffaqiyatdan yuzaga keladigan ruhlanish bo‘lgan taqdirdagina o‘qishga qiziqish paydo
bo‘ladi; ruhlanish bo‘lmasa, ta‘lim bolalar uchun og‘ir yukka aylanib qoladi: - degan mashhur
pedagog Suxomlinskiy.
O‘qishga havas qiziqish uyg‘otish.
Agar hamma bolalar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani udda qilishsa, bir - birlariga yordam
bergan holda berilib, zavq - shavq bilan ishlasa, o‘tgan o‘quv kunidan ko‘ngillari to‘lib uyga
qaytishsa va ertangi kunni sabrsizlik bilan kutsa, o‘qishga bo‘lgan havasi ortadi. Bu esa
muallimlik
mehnatining
ham
muvaffaqiyatlaridan
biridir.
Biz
o‘qituvchilar,
V.A.Suxomlinskiyning quyidagi so‘zlarini unitmasligimiz kerak: ―Mehnatdagi muvaffaqiyat - bu
muvaffaqiyat qozongan kishining faxri. O‘z mehnatidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning o‘zi
yo‘q‖, - ―O‘qishdangi yutuq - bolalarga qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan energiya, ta‘lim olish
istagini hosil qiladigan ichki kuchni beradigan yagona manba‖.
O‘qishdagi muvaffaqiyatlar uchun kurashish - bolalarni o‘qishga o‘rgatish, har birini o‘z
imkoniyatlariga ishonishga yordam berish, uyushqoqlik, mustaqillik mas‘uliyatlilik mehnat
intizomini tarbiyalash demakdir.
Darsda barchaning o‘quv aktivligini saqlab turish uchun esa o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini
yaxshi bilishi, ularga e‘tiborli (mehribon) bo‘lishi, charchaganini o‘z vaqtida payqashi, ish
qobiliyatini saqlab qolish uchun diqqatini boshqa narsaga ko‘chirishi zarur. Yana bilim olish
jarayonida ularga albatta ko‘maklashishi lozim: bolalar o‘z faoliyatini, o‘z o‘quv mehnatini
o‘zlari tartibga solish yo‘llarini asta - sekin egallaydigan qilib o‘qishga yetakchilik qilishi kerak.
Darsda o‘quvchilarning bilish faolligini orttirish uchun ularning o‘rganadigan bilish
sohasiga qiziqtirish va mustaqilligini rivojlantirish ta‘limdagi asosiy muammodir. Bu muammoni
amaliy hal etish uchun o‘quvchilarga xushmuomila, shirinso‘z, mehribon bo‘lish va bilishdagi
harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, kerakli ko‘nikmalarni shakllantirishga erishish hamda
rag‘batlantirish usullaridan o‘rnida foydalanishi ta‘limning samarali o‘zlashtirilishini
ta‘minlaydi. O‘qituvchi darsda qator didaktik muammolarni o‘z o‘rnida, vaqtida bajarishga
erishishi ta‘limning samarali o‘zlashtirishiga amaliy yordam beradi. Masalan, avval
o‘quvchilarga ilmiy tushuncha, bilimlar berishni amalga oshirish keyinchalik esa shu bilimlarni
harakatda, vazifani, topshiriqni, ishni bajarishga o‘rgatib borishi va nihoyat hosil bo‘lgan
bilimlar asosida bajariladigan ishdagi harakatlar sifatini oshirishga intilishi darkor. Shundan
keyingina o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan faolligi va mustaqilligitarkib topadi. Natijada
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishi yanada rivojlantiriladi. Shuning uchun o‘qituvchi
birinchi muammoni to‘g‘ri hal etish bilan ikkinchi, uchinchi va boshqa muammolarni
bosqichma-bosqich amalga oshirib borishi darkor. Bunday vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchining
bilim imkoniyatini muammoli ta‘lim asosida tashkil etsa, ya‘ni: yo‘naltirsa, xatolarini ko‘rsatsa,
to‘g‘ri izlanish ma‘qullasa uning bilishga bo‘lgan faolligi va mustaqilligi yanada ortadi.
O‘quvchi musaqil fikr yuritadi va aniq, to‘g‘ri xulosaga keladi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. O‘quvchilar bilim olishning qanday bosqichlari mavjud va o‘qituvchilar nima uchun
ularni bilishlari kerak?
2. Ta‘limda bilimga qiziqishning o‘rni qanday va uni samarali tashkil qilishda qanday
muammolar mavjud?
3. Nima uchun o‘quvchilar bilish faolligi va mustaqilligi rivojlantiriladi. Uni qanday
izohlaysiz?
4. Sizningcha o’quvchilar bilish faolligi va mustaqilligini rivojlantirishda qanday muammolar
mavjud hamda ular qanday hal etilishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: |