Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lish bilan birga boshqa bir
qancha fanlar bilan uzviy bog‘langan: Filosofiya, sosiologiya, logika, psixologiya, fiziologiya
oliy nerv faoliyati,
kibernetika, matematika va h.k.
Hozirgi zamon didaktikasining taraqqiyoti ijtimoiy hayot, fan va texnikaning ishlab
chiqarish darajasi bilan asoslanadi. Didaktikaning hozirgi davrida vazifalaridan biri oldingidek
har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo‘lib qolmoqda va shunday bo‘lib
qolaveradi.
Didaktika oldidagi eng muhim vazifalardan biri o‘sib boruvchi ta‘limni keng yoyish, shu
asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya‘ni ilmiy bilishini ta‘minlash, ijodiy fikrlashga
o‘rgatish hamda doimiy ravishda o‘z ma‘lumotini takomillashtirib borish kabilarni talab
etmoqda.
Ta‘lim va ma‘lumotning birligi asosida ta‘limning tarbiyalovchi metodikasini
takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarshni va yuksak ma‘naviy - axlaqiy sifatlarni
tarkib toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi.
Bular: 1. Ilmiy kuzatish:
2. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va yoyish.
3. Didaktik eksperiment.
4. O‘quv hujjatlarni o‘rganish va h.k.
Pedagogika fanida didaktika ikki turga ajratilib o‘rganiladi. Birinchisi umumiy didaktika
ya‘ni o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ana shu o‘rganish asosida o‘qitish
jarayonining yangi - yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi. Masalan EHM yoki
ta‘limning texnika vositalari yordamida o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stiriladi.
Yuqoridagi o‘qitish sohasida yutuqlar umumiy didakitkaning rivojlanib borayotganligi
ko‘rsatadi.
Shu bilan bir qatorda xususiy didaktika ya‘ni bir fanni o‘qitishining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadigan tarmog‘i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika ham deb
yuritiladi. Masalan, ona tili o‘qitish metodikasi, ximiya o‘qitish metodikasi, boshlang‘ich ta‘lim
metodikasi singarilar.
Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy aloqadorlikda, bog‘liqlikda ish
olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi va yagona maqsadni ya‘ni
barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi.
Xususiy didaktika rivojlanib qo‘lga kiritgan yutuqlari umumiy didaktikaning hamda
xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo‘naltiradi. Yoki aksincha. Shuning uchun ular
o‘zaro
hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi.
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. imom Al Buxoriy. Muhammad
payg‘ambar:
―Ilm egallang! Ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh,
baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu - ziynat,
dushmanlarga qarshi kurashda quroldir‖.(Axloq odobga oid hadislardan).
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar. Yusuf Xos Xojib.
Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Idmsiz inson mevasiz daraxt
kabidir. Abdullo Avloniy.
Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida ―Avesto‖da: odamlarga va ularning avlodlariga
baxt - saodat keltiradigan ta‘limni amalga oshirsinlar hamda tarbiya hayotning eng muhim
tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash kerakki, u avvalo
yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin, deb
ta‘kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim to‘g‘risidagi Qonun 3- moddasida: ―Ta‘lim
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e‘lon qilinadi‖. (20 - bet)
Barcha turdagi ta‘lim muassasalarida o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim ana shu hujjat asosida
tashkil etiladi.
O‘qituvchi didaktikani ilmiy o‘zlashtirmasdan, o‘quvchilarni talab darajasida o‘qita
olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma‘lumotiga ega bo‘lishi shart.
Didaktikaning tushunchasi, kategoriyasi ya‘ni predmeti bilim, ko‘nikma, malaka va
ma‘lumotlarni tashkil etadi.
Bilimlar - odamlarning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti jarayonida to‘plangan, umumlashgan
tajribasidir. Yoki Bilimlar - bu ijtimoiy - tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti
hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o‘zlashtirish
jarayonida to‘plagan, amalda sinovdan o‘tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va faoliyat usullari qonuniyatlari
haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan majmuasidir.
Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha
ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kishida bilim qanchalik boy va muntazam tarzda
olingan bo‘lsa, uning kelajakda mustaqil bilim olish imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi.
(V.V.Davidov va boshqalar)
Ko‘nikmalar maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo‘yilgan vazifalar va
shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir.
Ko‘nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil faoliyat
turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi bilgilanadi. Ko‘nikmalarni kishi faoliyati turlariga
ko‘ra bir necha turlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. O‘quv faoliyatiga oid ko‘nikmalar - bular o‘qituvchini tinglash va eshitganini tushunish,
uning ko‘rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo‘naltirilgan narsalarni ko‘ra olish:
turli
masalarni yecha olish; sanay, o‘qiy, yoza olish va h.k.
2. Nutqiy faoliyat ko‘nikmalari - nutqni tinglash, uni tushunish, o‘z fikrini aniq bayon
qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish.
3. Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar - musiqiy, rang - tasvir, harakatli.
4. Kishining jamiyatda muomala va o‘zini tutish ko‘nikmalari.
5. Mehnat ko‘nikmalari.
Malaka - ongli xatti - harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka - bu
faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish
qobiliyatidir.
Ko‘nikma va malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakillanadi. Ularni
mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus mashqlar talab qilinadi.
Ta‘lim mazmunidagi asosiy narsa - zarur bilim va ko‘nikmalarni mustaqil egallash,
egallangan bilimlar haqida avval hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida vujudga
keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Ta‘lim jarayonida, bilimlar, ko‘nikma va malakalar bir - biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘lansada, avvalgidek bilimlar yetakchi rol o‘ynayveradi. Chunki o‘quvchilar bilimlar
asosidagina ko‘nikma va malakalarning ma‘lum doirasini egallaydilar.Bolalarga matematikaning
to‘rt amalini mashq qildirishdan oldin ularga sanoqni o‘rgatish lozim. Lekin ko‘nikma va
malakalar ham o‘z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Ma‘lumot - olingan, hosil qilingan bilimlar, tarkib topgan ko‘nikma, malakalar hamda
tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi. Didaktikaning dolzarb muammolari:
1. Davlat ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish.
2. Lotin alifbosi asosida o‘zbek tiliga o‘tish.
3. Mukammal o‘quv darsliklari yaratish.
4. Ta‘limning texnika vositalari. O‘quv - moddiy baza, kompyuter bilan ta‘minlash,
ta‘limda internet tizimini joriy etish.
5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash.
6. Ta‘lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqyeni oshirish, televideniya va
radioning ta‘lim dasturlari intellektuallashuvini ta‘minlash.
Haqiqatdan ham ta‘lim, o‘qish va mustaqil bilim olish inson shaxsini tarbiyalash va
rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Inson shaxsini shakllantirish
uchun unga ta‘lim ya‘ni ilm, bilim, saboq berish darkor. Ilmsiz bu jarayonni ro‘yobga chiqarish
mumkin emas. Inson shakllanishi, rivojlanishi uchun esa o‘qishi, o‘rganishi, mustaqil harakat
qilishi shart. Buning uchun o‘qituvchi insonning rivojlanishini ta‘minlash uchun unga ta‘lim
berish, o‘qitish, mustaqil harakatni amalga oshirish zarur. Bu vazifa pedagog tomonidan
o‘quvchining rivojlanish davrining ma‘lum yillarida amalga oshirilib uning o‘qishga bo‘lgan
ishtiyoqini hosil qilishi, kerakli ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirishi va nihoyat uning
mustaqil bilim olishini tashkil etishi talab etiladi. Bu mas‘uliyatli vazifa o‘qituvchi tomonidan
mohirona olib boriladi. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini
tarbiyalash va rivojlantirishga, kamol toptirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir. Bu ishlarni
tashkil qilmasdan hayotni, jamiyatni rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun ta‘lim, o‘qish
va mustaqil bilim olish o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning obyektiv zaruriy sharti hisoblanadi.
Buni har bir o‘qituvchi bilishi va amalda qo‘llashi shartdir.
Dostları ilə paylaş: