Dastur uch bo’limda iborat: 1. Uqtirish xati. Yo‘l - yo‘riqlar.
2. O‘quv materiallarining mazmuni.
3. Asosiy va qo‘shimcha ravshanda o‘rganiladigan adabiyotlar ro‘yxati.
Darslik Darslik o‘quv jarayonining zarur qismidir. U o‘qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Darslik - o‘quvchilarning ikkinchi ―muallimi‖. Chunki u, avvalo, o‘quvchi uchun zarar
qo‘llanmadir.
Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid
ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talabalariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi
kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalari ham
tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari va h.k.
O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitlarida
mustaqil ish olib boradilar. U bilan ishlash o‘quvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy
dunyoqarashning, axloq - odobning shakillanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi
mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.