Pedagogik mashq Maktab tajribasidagi darsning ba‘zi jihatlarini baholang.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsida «Bog‘» mavzusini o‘rganishni quyidagi
tarzda tashkil qildi. Bog‘ning tasviri tushurilgan rangli rasmni sinf doskasiga osib qo‘ydi.
O‘quvchilar mana bu rasmda bog‘ va unda bajariladigan ishlar tasvirlangan. «Bog‘» matnini
tushuntirishni o‘quvchilarga «Bog‘» o‘z o‘zicha bog‘ bo‘ladimi? tarzda muammoli savol bilan
murojaat qildi. Va o‘quvchilarga bog‘dagi mevali, mevasiz daraxtlar parvarish qilinayotganligi,
mevalar: olma, uzum, nok, gilos, shaftoli, behi kabilar pishib yetilganligi, ularni terib olishdan
odamlarning bajarayotgan yumushlari va kasblari haqida atroflicha hikoya qilib, tushuntirdi.
Bog‘ bo‘lish uchun kishilar albatta qattiq mehnat qilishi darkorligiga o‘qituvchilar diqqatini
qaratdi. Rasmdagi tasvirlarga tayanib o‘qituvchilarga bilishga dori savollar asosida javob olishga
harakat qildi. Umuman o‘qituvchi dars mazmunini o‘qituvchilarga ilmiy umumiy ma‘lumot,
mehnat va kasb ta‘limlarini uzviy bog‘lab o‘rgatishga intildi. Natijada o‘quvchilarda mavzu
haqida umumiy ma‘lumot, mehnat va kasb haqida ilk tasavvurlarini shakllantirishga erishdi.
Vaziyatni tahlil qiling.
1. O‘qituvchi darsdan ta‘limning qaysi yo‘nalishlari haqida ma‘lumot berdi?
2. Nima uchun o‘qituvchi darsda o‘quvchilarga umumiy ma‘lumot, mehnat va kasb
ta‘limini uzviy bog‘lab o‘rgatishga harakat qildi?
3. Siz «Bog‘» mavzusini o‘rganishda ta‘lim mazmunini tarbiyaning maqsadi hamda
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi bilan qay tarzda bog‘lab o‘quvchilarga tushuntirardingiz?
4. Sizningcha bog‘ mavzusi mazmunini qanday tashkil etsa darsning samaradorligi yanada
ortadi?
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maktab ta’lim mazmuni nima va u qanday asoslarga ko’ra belgilanadi hamda amaliyotga
joriy qilishda qanaqa muammolar mavjud?
2. Nima uchun umumiy, mehnat va kasb ta‘limlari o‘zaro bog‘liq olib boriladi hamda ularning
aloqalarini yaxshilash sohasida qanday muammolarni hal etish darkor?
3. Maktabning o‘quv rejasi nima va uning mazmunini qanday tushunasiz?
4. O‘qituvchilarning o‘quv rejani o‘zlashtirishida qanday muammolar mavjud va ular qanday
hal etilishi mumkin?
5. Maktabning o‘quv dasturini qanday tushunasiz?
6. Dastur tuzishda qanday qoidalarga amal qilinadi?