Tayanch so’z va iboralar: qoida, qonun, o‘qish, o‘qitish faoliyati, tarbiya, ta‘lim maqsadi,
vazifasi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, zo‘rlab o‘qitish va h.k. Ko‘rsatmali, tushunarli, puhta,
mustahkam, yosh. individual, xususiyat, klassik, didaktik qoidalar, quruq yodlash, kundalik,
maxsus takrorlash va h.k.
Ta‘lim qoidalari - o‘qituvchining darsdagi faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan ilmiy
bilimlarning o‘zlashtirishini, tegishli ko‘nikma va malakalar, dunyoqarash, mafkura hosil
qilishning asosiy qonun va yo‘l - yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Ta‘lim qoidalari o‘qitishning,
o‘rgatishning eng muhim masalalarini nazariy jihatdan hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir.
Dars jarayonida o‘quvchilarning bilish ehtiyoji va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini,
maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini belgilab beradi. O‘qituvchi ta‘lim
jarayonining qoidalari, qonuniyatlarini qancha ilmiy asosda bilsa, uning samarasi shuncha yuqori
bo‘ladi. Ta‘lim qoidalarini ham nazariy bilish, hamda amalda qo‘llay bilish juda muhim.
Shuning uchun o‘qituvchi ta‘lim qoidalarini bilishi shart. Chunki, o‘qituvchi ta‘lim qoidalarini
bilmasdan turib ta‘limning maqsad va vazifalarini amalga oshira olmaydi.
Ta‘lim qoidalari deb barkamol inson ta‘lim - tarbiyasiinng maqsad va vazifalarini amalga
oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining umumiy yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan
ilmiy bilimlar, ko‘nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi.
Sodda etib aytganda ta‘limning samarali natijalarini ta‘minlaydigan qoidalar majmuini
tushunamiz. Pedagogika fanida olimlar, buyuk pedagoglar tomonidan asoslangan va yaratilgan
pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlanmoqda. Ana shularga asoslanib
ta‘lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. Ta‘limning ilmiy, izchil va muntazam bo‘lishi.
2. Ta‘limning ongli, faollik va mustaqillilik.
3. Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
4. Ta‘lim va tarbiyaning birligi.
5. Ta‘limda ko‘rsatmalilik.
6. Ta‘limni tushunarli, puxta va mustahkam o‘zlashtirish.
7. Ta‘limda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish hamda
ta‘limning mos bo‘lish va hokazo qoidalari mavjud. Ularning har biriga alohida to‘xtalamiz.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Maktab ta‘limi tizimida onglilik, faollik, mustaqillilik qoidalari muhim ahamiyatga ega.
Ta‘lim jarayonining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan sinf o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq.
―Tarbiyachi shuni unitmasligi kerakki, o‘quvchilarini qiziqtirmasdan, ularni quriq
majburiyat va zo‘rlash yo‘li bilangina o‘qitishdan hyech qanday natija chiqmaydi qoidasi ilgari
suringan. Biroq bu o‘rinda o‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan
tayyor va yaxlit o‘quv materialini faolsiz tinglovchi harakterdagi faoliyat deb tushunish
yarmaydi. Ta‘limda o‘quvchilarning tafakkurini aktivlashtirish ularning mustaqilligini taraqqiy
ettirishga yordam beradi, mustaqil ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi esa ularning fikr qilish
faoliyatlarini o‘stiradi va takomillashtiradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar faolligi, dastavval
ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir.
Materiallarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ularning fikr qilish faoliyatiga ta‘sir
qilish jarayonida yuzaga keladi. Shunga asosan ta‘limni ongli o‘zlashtirish prinsipi bir tomondan
o‘quvchilarning mustaqil, aktiv fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomonidan ularning
mustaqillik va faolligini takomillashtirib borishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar faolligi ta‘lim
jarayonidagi emas, balki o‘zlashtirilgan ilmiy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni
hayotga qo‘llay olish faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Tafakkur qilish fikrlash operasiyalarida,
ya‘ni taqqoslash, analiz, sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda ko‘rinadi. Ongli
o‘zlashtirish prinsipi. ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil olib boradigan ishlari bilan
bevosita bog‘liqdir. O‘qish jarayonida mustaqil ishlar: kitob, gazeta, jurnal materiallari,
spavochniklar, tablisalar, kartalar ustida ishlash, tabiiy fanlar ya‘ni matematika, fizika, biologiya
bo‘yicha mustaqil amaliy ishlar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish muhum ahamiyat kasb
etadi.
Ta‘limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi.
Maktabda o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, hozirgi zamon bilimlar darajasida bo‘lishi,
o‘quvchilarga ularni ma‘lum tizimda berishni talab qiladi. A.R.Beruniy Bilish cheksiz, uzluksiz
davom etadigan jarayon, ta‘lim jarayonida o‘quvchidarga muayyan ilmiy bilimlar berish, ularni
yangi - yangi bilimlar olishga undosh kerak deb xisoblagan.
A.N.Farobiy ―Inson hayvonlardan aqli bilan ajralib turadi. Inson aqli bilan atrofni o‘rab
turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi‖, - degan.
―Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay‖- degan Imom Al Buxoriy
Maktab ta‘lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida izchillik katta ahamiyatga egadir.
Kundalik ta‘lim jarayoni ham, sinf va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ham izchillaik
prinsipiga amal qilingan taqdirdagina, kutilgan natijani berishi mumkin.
Maktab o‘quv fanlari tizimi. bir qancha didaktik qoidalarga asoslanadi. Bu didaktika
qoidalarda, birinchidan, umumiy ta‘lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarni ma‘lum fan tizimi
bilan o‘zaro mustahkam, ilmiy bog‘liq. Ikkinchidan fanlar asosida o‘quvchilarning bilish
qobiliyatlari hamda ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra
tizimlilik qoidasi o‘rganilgan fan asoslari va o‘rganilayotgan fan asoslari bilan egallagan
ko‘nikma va malakalar bir - birlarining davomi bo‘lmog‘i kerak. Bu bog‘lanish predmetlar
o‘rtasida ham tizimlilikning bo‘lishini talab qiladi.
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi.
Bu qoida ta‘limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug‘bek.
O‘quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab
chiqaruvchi kuchlarining qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar,
ilmning borgan sari rivojlantira borishni, ilm esa o‘z navbatida hayotni yaxshilishga yordam
berishini biladilar. Ilmning rivojlanishida tajribaning roli kattadir. Ilmiy nazariyalarning
haqqoniyligi amaliyotda sanaladi: uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Mana bu nazariya
bilan tajriba o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘quvchilar ilm asoslarini o‘rganish
jarayonida fahmlab olishlari lozim. Ulug‘lik gapda emas boshdan - oyoq, yarti ish ham yuzta
gapdan yaxshiroq degan Abdulqosim Firdavsiy.
O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astromiya va boshqa tabiiy
fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar o‘quv - tajriba
kabineti va laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida
qo‘llaniladi.
Sa‘diy Sheroziyning fikricha:‖ Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan
bo‘ladi: biri mulk yig‘ib foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam.
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmasang, nodonsan.
Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
―Ta‘lim bilan tarbiya bir - biri bilan bog‘liq bir butun jarayon ekanligini ta‘kidlaydi,
A.Avloniy. U yana dars va tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir - biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga bog‘langan jon ila tan kabidir‖.
Maktabda o‘quvchi yolg‘iz bilim, ko‘nikma va malakalarni egallabgina qolmaydi, balki
har jihatdan mukammal tarbiyalanadi. Maktab o‘quv fanlarining har bir mavzu va temachalar
ham shubhasiz tarbiyalovchi harakterga ega. Shunga ko‘ra, maktab ta‘limi umuman har qaysi
dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani:
1. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni yangi - yangi ilmiy bilimlar bilan qurollanadi.
2. O‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash va ma‘naviy - axloqiy
tirbiya tarkib topishini o‘z ichiga oladi.
Ta‘lim va tarbiyaning birligi: a) o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o‘quvchilarda
ilmiy materiallistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;
b) ta‘limda o‘quvchilarga muayyan ma‘naviy - axloqiy sifat normallarini singdirish;
c) o‘quvchilarning aqliy kamoloti hamda bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borishni
nazarda tutadi.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash tarkib toptirish murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir.
Maktab ta‘limida tabiiy fanlarni - matematika, fizika, ximiya, biologiya va astronomiya kabi
fanlarni o‘zlashtirish orqali dialektik materializm asosida dunyoqarashlar tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |