Tajriba yer uchastkasida amaliy mashg’ulotlar. O‘quvchilarning amaliy tajriba
mashg‘ulotlari maktab jonli burchagi va tajriba yer uchastkasida olib boriladi. Amaliy ishlar
o‘quv fanlari, fizika, ximiya, biologiya, tabiatni o‘rganish darslarida ilmiy bilimlar asosida olib
boriladi. Maktab yer uchastkasidagi ishlarni asosan o‘quvchilar jamoalari amalga oshiradi.
Maktab yer uchastkasida asosan ish turi ekin maydonlarini haydash, ekish, o‘g‘itlash, sug‘orish
kabilar hamda otaliq tashkilotlari ish uchastkalarida, parrandachilik, sut-tovar fermalarida ham
o‘tkazishlari mumkin.
«Tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat yaratib bermog‘i
lozim. O‘quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishdan ko‘ra uning o‘ziga to‘g‘ri xulosalar
chiqarishni o‘rgatmog‘i lozim», - deb ta‘kidlagan K.D.Ushinskiy. Shveysariya pedagogi
I.G.Pestolojka: «Mening o‘quvchilarim yangilikni mendan olmaydi: ular bu yangilikni o‘zlari
kashf etadilar. Mening asosiy vazifam – ularni o‘zlarini namoyish etishga, mustaqil g‘oyalarini
rivojlantirishga yordam berishdan iborat» degan.
Maktabda ta‘limning muammoli o‘qitishsiz tasavuur etish mushkul. Uning asosiy
maqsadi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish orqali bilish qobiliyatlarini rivojlantirishdan
iborat. Har qaysi fanni o‘qitishda muammoli ta‘lim shu fanning o‘ziga xos xususiyat va
mazmunidan kelib chiqib tashkil etiladi. Muammoli ta‘limda muammoli vaziyatni yuzaga
keltirish, o‘quvchilarni mazkur vaziyatni qidirib topishga, ixtiro qilishga o‘rgatishni vazifa qilib
oladi. Albatta, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi shaxs hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning o‘zlari
mavjud bo‘lgan bilimlarga tayanib ish tutadi. Eng muhimi o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va
ularni amalda qo‘llashga o‘rgatadi. Masalan, boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslik fanidan
quyidagicha tashkil etish mumkin.