Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Laboratoriya  mashg’ulotlari  metodi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

Laboratoriya  mashg’ulotlari  metodi.  Laboratoriya  ishlari  deb  o‘quvchilar  tomonidan 
maktab sharoitida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (mikroskop, o‘lchov asboblari, 
tajriba jihozlari  va shuningdek kabilarda) bevosita o‘rganishga  aytiladi. Bu metod asosan V-IX 
sinflarda  fizika,  ximiya,  biologiya  va  tabiiy  geografiya  fanlarini  o‘qitishda  qo‘llaniladi. 
Laboratoriya  mashg‘ulotlari  maxsus  jihozlangan  laboratoriya,  kabinet  hamda  tegishli  apparat, 
mikroskop,  lupa,  kolba,  o‘lchov  asboblari  yordamida  oddiy  sinf  xonalarida,  maktablarning  yer 
uchastkalarida  olib  boriladi.  Laboratoriya  mashg‘ulotlari  o‘qituvchi  tomonidan  ilgari  bayon 
qilingan  materiallarni  aniqlash,  isbot  qilish  va  mustahkamlash  maqsadida  olib  boriladi.  Yuqori 
sinflarda  yangi  bilimlarni  berishda  ham  ishlatish  mumkin.  Laboratoriya  darsi  mashg‘ulotlari 
ko‘pincha 3 turda bo‘ladi: 
1.  Kuzatish; 
2.  Tajriba yoki eksperiment o‘tkazish; 
3.  Tegishli  asbob-uskunalar  yordamida,  vositada  ma‘lum  obyektni  o‘lchab,  ko‘rishda 
ishlatiladi. 
Laboratoriya  mashg‘ulotlari  xarakteriga  qarab  turli  tipda  tashkil  qilinadi:  1.  Sinf 
o‘quvchilari  bilan  frontal  ravishda  olib  boriladigan  mashg‘ulotlar.  2.  Sinf  o‘quvchisining 
alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg‘ulotlari. 


Amaliy ishlar metodi –  umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida texnika va mehnat malakalari 
bilan  qurollantirish  maqsadida  amaliy  ishlar  olib  boriladi.  Fizika,  ximiya,  biologiya, 
chizmachilik fanlari o‘quvchilarga texnika ta‘limini berishda muhim rol o‘ynaydi. Texnik ta‘limi 
o‘quvchilardan bevosita ishlab chiqarishning dastlabki mehnat ko‘nikmalari bilan qurollanishni 
ham talab qiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining V-IX sinflarida o‘quv 
ustaxonasi  va  tajriba  yer  uchastkasida  bir  qancha  amaliy  tajriba  ishlari  olib  boriladi.  Masalan: 
yog‘och va materiallar bilan ishlash. 
Yuqori  sinflarda  maktab  yer  uchastkasida  amaliy  tajriba  olib  boriladi.  Amaliy 
mashg‘ulotlarni  olib  borishda  shu  mashg‘ulotlarning  xarakteriga  qarab  xilma-xil  metod  va 
usullar  qo‘llaniladi.  Amaliy  i  shlar  oxirida  o‘qituvchi  o‘quvchilar  ishini  tekshiradi,  baholaydi, 
amaliy ishlarga yakun yasaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin