Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

 
Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi 
―Xotirada  dalili  bor  hamma  narsalarni  yaxshiroq,  tezroq  va  o‘ngay  eslab  qoladi‖  degan 
A.R.Beruniy. 
―Birdaniga ko‘p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo‘lgan narsalarni iloji boricha bir 
necha  sezgilar  ishtirokida  idrok  etish  lozim‖,  deb  ko‘rsatgan  Ya.A.  Komenskiy.  Mashhur 
pedagog  K.D.Ushinskiyning  quyidagi  fikri  ta‘limda  qimmatlidir.  ―Siz  bolaga  qandaydir  bir 
nechta noma‘lum so‘zni o‘rgating, u bu so‘zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh 
qotiradi,  lekin  suratlar  vositasida  o‘rgatilganda,  yigirma  so‘zni  o‘quvchi  hash-pash  deguncha 
o‘rganib oladi‖. 
Ko‘rsatmalilik qoidasi ta‘limning yetakchi qonun - qoidalarini ham amalga oshirishda juda 
muhim didaktik masalalarni o‘z ichiga oladi, ayniqsa:  
1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko‘rsatma materiallardan to‘g‘ri 
foydalanish. 
2.  Ta‘limda  qo‘llaniliyotgan  ko‘rsatma  materiallar  o‘quvchilarning  yaqqol  va  kokret 
obrazli idrok qilishini ta‘minlashi. 
3. Ko‘rsatma materiallar orqali o‘quvchilar obyektiv borliqdagi narsa, xodisa va voqyealar 
bilan, ularning xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog‘lanish vositalari bilan tanishadilar. 
4.  Ko‘rsatma  materiallarining  ko‘rsatmali  bo‘lishi  ilmiy  bilimlarni  mustahkamlashini 
ta‘minlab  qolmay,  o‘quvchilar  diqqatining  barqarorligini  oshiradi,  ijodiy  tashabbuslarining 
rivojlanishiga yordam beradi. 
Ko‘rsatma  qurollar  o‘tilayotgan  mavzuning  hajmi,  harakteri,  mazmuni  va  sinf 
o‘quvchilarining  saviyasiga  qarab  xilma  -  xil  bo‘lishi  mumkin.  Maktabda  qo‘llaniladigan 
ko‘rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin. 
1.  Buyum  va  narsalarni  aslicha  tabiiy  holicha  ko‘rsatuvchi  materiallar:  o‘simliklar, 
hayvonlar, gerbariylar. 
2. Tasviriy ko‘rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat, kinofilm, diafilm. 
 a) Simvolik tasvirlanishni ko‘rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix qartalari. 
b) Sxematik materiallar: sxema, tablisa, diagramma. 
O‘qituvchining  ta‘limni  muammoli  tashkil  etishda  ko‘rsatmalarining  o‘rni  va  amaliy 
ahamiyati  beqiyosdir.  Ammo  ba‘zi  o‘qituvchilar  ta‘limda  ko‘rsatmalilikdan  foydalanishda 
nuqsonlarga  yo‘l  qo‘yishadi.  Masalan,  tayyorlangan  ko‘rsatmali  qurollardan  aniq  ta‘limiy 
maqsadni  nazarda  tutmaydi.  Yoki  ko‘rsatiladigan  rasm  sxema  va  boshqa  tasviriy  materiallar 
kichkina  barcha  o‘quvchilar  yaxshi  ko‘rib  idrok  qila  olishmaydi.  Shuning  uchun  ko‘rsatmali 


materiallar  chiroyli,  chizmalari  aniq  va  o‘quvchilarning  bilish  qobiliyatlarini  rivojlantirishga 
hamda  ta‘limni  muammoli  o‘zlashtirishga  amaliy  yordam  bermog‘i  darkor.  Darsda  ta‘limning 
ko‘rsatmali  tashkil  etilishi  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirilayotgan  materiallarning  qiziqarli, 
tez va ongli o‘zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 
6. Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi. 
A.R.Beruniy o‘qitish jarayonida bolalarga tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga 
asoslangan ta‘limni qattiq qoraliydi. 
Puxta  o‘zlashtirishning  harakterli  belgisi  bilimni  mustahkam  esga  (xotirada)  saqlab 
qolinishdadir. Puxta o‘zlashtirish uchun qaytarish (takrorlash) va mashq g‘oyat katta ahamiyatga 
ega.  Qaytarishda  faqat  ilgari  o‘zlashtirilgan  materiallargina  esga  tushurilmay,  o‘zlashtirgan 
bilimlarning  noaniq,  tumanli  bo‘lib  qolgan  tomonlari  oydinlashadi  va  to‘ldiriladi.  O‘tilgan 
materialni  qaytarish-xotirada  qayta  tiklash  bir  necha  yo‘l  bilan  olib  boriladi.  Qaytarishning 
ahamiyati haqida A.R.Beruniy ―Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir‖. 
Qaytarish  turlari  darsning  qaysi  bosqichida  qo‘llanishi  mumkinligi  va  o‘tilayotgan 
mavzuning harakteriga bog‘liqdir. 
O‘tilgan  mavzularni  asosiy  va  markaziy  masalalar  yuzasidan  qaytarishning  ahamiyati 
katta.  Odatda  bunday  takrorlashlar  bir  qancha  mayda  temachalarni  o‘tib  bo‘lgach,  temachalar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi. 
Kudalik takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir. 
Takrorlashning  ikkinchi  turi  maxsus  takrorlashdir.  Odatda  bunday  takrorlash  katta 
temalarni  o‘tib  bo‘lgach,  shuningdek,  ma‘lum  bir  chorak  ichida  o‘tilgan  materiallar  yuzasidan 
olib  boriladi.  Maxsus  takrorlashning  keng  tarqalgan  turi  o‘quv  yili  oxirida  alohida  ajratilgan 
soatlarda o‘tkaziladi. 
7.  Ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilarning  yosh  va  individual  xususiyatlarini  xisobga  olish  va 
tushunarli qilib o‘qitish qoidasi. 
Ta‘lim jarayonida har bir sinf o‘quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu sinfdagi 
har qaysi o‘quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish ko‘rish muhim didaktik 
ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o‘qitish jarayonida bo‘lgan tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni 
quruq  yodlashga  asoslangan  ta‘limni  qattiq  qoralaydi.  Beruniy  yozadi:  ―Tushunish  yodlashdan 
yaxshiroq  va  afzaldir‖.  Beruniy  pedagogik  g‘oyalaridan  eng  muhimi  bilimni  puxta  va 
mustahkam egallash zarurligidir. ―Bilimning shunday bo‘lishi kerakki, u yalang‘ochligingda ham 
o‘zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo‘llik ham yuvolmasin‖. Bilimlarning o‘quvchilarga 
tushunarli bo‘lishi ta‘limda samarador bo‘lish uchun Beruniy quyidagilarga amal qilishni tavsiya 
etadi: 
- sezgi organlarning ma‘lumotlariga ko‘ra... bilishni davom ettirish;  
- fanni o‘rganayotganda fikrlash, xotiralab esga olish zarur; 
-  o‘rganiyotgan  ilmlarni  to‘la  bilib  olish  uchun,  o‘sha  ilmni  tashkil  etib  turgan 
elementlarini puxta o‘rganib chiqish; 
-  bilishda  oddiydan  murakkabga,  ma‘lumdan  noma‘lumga,  yaqindan  uzoqqa,  osondan 
qiyinga, dalillardan xulosalarga qarab borish; 
- uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm, fan tarixini o‘rganish; 
-  hodisalarni,  fan  asoslarini  bir-birlariga  taqqoslashtirib,  solishtirib  har  tomonlama 
chog‘ishtirb o‘rganish va h.k. 
O‘quvchilarga ta‘lim berishda bayon qilinayotgan bilim bolalarga tushunarli bo‘lish kerak. 
Shu  bilimlarning  tushunarli  bo‘lishi  uchun  ularning  yosh  va  individual  xususiyatlari  hisobga 
olinadi.  Ana  shuning  uchun  ham  yangi  bilimlarni  bayon  qilish,  o‘tilgan  materialni 
mustahkamlash, uyga vazifa toptirish ham, mustaqil ish va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish 
paytida bolalarning yosh va individual xususiyatlarga amal qilinadi. 
O‘qitishning  bolalarga  tushunarli  bo‘lishi  qoidasida  ta‘limning  ikki  tomoniga  e‘tibor 
beriladi. 
1.  O‘quv  materiallarining  harakteri-mazmuni  va  hajmi  shu  sinf  o‘quvchilarining  yosh 
xususiyatlariga mos bo‘lishi. 


2. Sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o‘quvchilarining saviyalariga mos bo‘lishi. 
 Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o‘qib olinishga erishish uchun 
mustahkam rejaga amal qilinishi, mazmuni va hajmi to‘g‘ri belgilangan bo‘lishi, materiallardan 
lo‘nda xulosalar chiqarishi materiallarning ishonchli bo‘lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish 
–  ko‘rsatmali  qurollardan  foydalanish,  nutqning  ravon  va  tushunarli  bo‘lishi,  materiallarning 
turmush bilan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi. 
Ta‘limni tushunarli bo‘lish qoidasi o‘quv ishlarini osonlashtirib, soddalashtirib yuborishni 
rad etadi. 
Mashhur  pedagog  Burxoniddin  Zarnudjiy  ―O‘quvchiga  ta‘lim  yo‘lida  qo‘llanma‖  asarida 
―Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu - 
kishilarda bilimlarni takrorlashdir. Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o‘zlashtirishining 
zarur  bo‘ladi‖.  Bular:  aql  -  farosatlilik,  kuchli  istak,  chidamlilik,  ozgina  yeyimlik  va  ichimlik, 
o‘qituvchi ta‘limi va bilim olish uchun yetarli vaqt. 
Klassik  pedagogik  namoyondalar  ta‘limning  o‘quvchilarga  mos  bo‘lishi  yuzasidan  bir 
qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular ―didaktik qoidalar‖ deb yuritiladi: 
1. Osondan qiyinga qarab borish. 
2. Ma‘lumdan noma‘lumga borish. 
3. Soddadan murakkabga borish. 
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish. 
Ya.A.Komenskiy  mazkur  qoidaga  ta‘raf  berib  bunday  deb  yozgan  edi:  ―O‘quv 
materiallarini  shunday  taqsimlab  chiqish  lozimki,  avval  bola  juda  yaqin  va  aniq  narsalarni, 
so‘ngra uncha uzoq bo‘lmagan narsalarni,  keyin  uzoqroq va nihoyat,  eng uzoq narsalarni  bilib 
olsin‖. 
 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin