Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


O’qituvchining kasbiy sifatlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

O’qituvchining kasbiy sifatlari 
 
“Eskini  o’zlashtirgan  va  yangini  tushunishga  qodir  insongina  tarbiyachi  bo’la 
oladi”.  
 
E‘tiqod  odob,  fuqarolik  burchini  anglash  o‘quvchining  asosiy  sifatlaridan  biridir. 
Bolalarga  mehr-muhabbat  uning  eng  muhim  fazilatidir.  Uning  muhim  fazilati  ko‘pchilik  bilan 
muomila qila olishdir. 
 
O’qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina odamlarga nisbatan mehribon, 
sahovatli bo’la oladi, uni hamma hurmat qiladi. U pedagogik etikaning normalarini o’zlashtirib 
olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim.  


 
Bu axloqiy e‘tiqod o‘qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o‘quvchilar 
va boshqalar bilan munosabatlarda, muomilasida, kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi 
bilan axloqiy (barcha tarkiblar bo‘yicha) ta‘sir o‘tkazish ko‘zga tashlanadi. 
 
Axloq  nazariyasida  yaxshilik  eng  muhim  kategoriya  hisoblanadi.Unda  o‘qituvchi  va 
o‘quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi aks etadi. 
 
Yaxshilik  fazilati  ikkala  tomonning  ham  yaxshi  niyatli,  xayrihoh,  mehribon  bo‘lishini 
taqozo qiladi. 
 
Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilaridan biri mas’uliyatdir. Uning mas’uliyati - 
mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim-
tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga  bola shaxsini 
har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. 
 
Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o‘quvchilar jamoasi bilan yolg‘iz o‘zi ish olib 
boradi.  
 
Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi, o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. U 
qanchalik ko’p obro’ qozonsa, ta’lim-tarbiya mohiyatan shunchalik, samarali ta’sir ko’rsatadi. 
 
Xullas obro’ o’qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro’ uning chuqur bilimi, 
yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi 
tufayli orttirilgan, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri, nufuzidir. 
 
V.A.Suxomlinskiy “...faqat insonparvarlik, erkalatish, mehribonlik orqaligina... haqiqiy 
insonni tarbiyalash mumkinligiga ishonchim komil”, - degan. 
 
Pedagogik  faoliyat  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ijobiy  xarakterga  ega.  Ma‘lumki,  inson  oldida 
bular muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. 
 
Pedagogik  ijodkorlik  manbai  -  bu  pedagogik  tajriba  va  izlanuvchanlikdir.  U  muammoli 
vaziyatlarga  boydir.  Ilg‘or  pedagogik  tajriba  deganda  biz  o‘qituvchining  o‘z  pedagogik 
vazifasiga  ijobiy  yondashishni,  o‘quvchilarning  ta‘lim-tarbiyasida  yangi,  samarali  yo‘l  va 
vositalarni  qidirib  topishni  tushunamiz.  Ilg‘or  pedagogik  tajribani  o‘rganish,  unga  asoslanib 
yangi  pedagogik  hodisa  va  qonuniyatlarni  ochish  o‘quv-tarbiya  jarayoniga  yaxshi  sifatli 
o‘zgarishlar kiritadi. 
 
Hozirgi  zamon  fan  va  texnika  taraqqiyoti  o‘qituvchining  ijodkor  bo‘lishini,  fanning 
muhim  muammolari  yuzasidan  erkin  fikr  yurita  olish,  fan  yutuqlarini  o‘quvchilarga  yetkaza 
olishi  va  nihoyat  o‘quvchilarni  ham  ijobiy  fikrlashga,  tadqiqot  ishlariga  o‘rgata  olishini  talab 
qiladi. 
 
Kasb madaniyatining eng zarur sifatlari: 
xushmuomilalik, e’tiborli bo’lish, mehribonlik, o’z-o’ziga talabchanlik, donolik, 
insonparvarlik, mehnatsevarlik, o’z kasbi va burchiga sadoqat, ziyolilik, munozaraga kirisha 
olish, mulohazali bo’lish, baynalminallik, tejamkorlik, yaxshi va yomonni tez farqlash, go’zallik va 
xunuklikni ajrata olish, mustaqillik, o’zgalarga g’amxo’rlik qila olish, birovlarni tinglash, fikrini 
bo’lmaslik, iboli,  iymonli bo’lish, to’g’ri, pok, tashqi va ichki go’zallik, bilimdonlik va hokazo. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin