Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega
bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi. O‘quvchi tarbiyaning faqat obyektigina emas,
balki atrofdagi voqyealarga ta‘sir etuvchi subyekt hamdir. Shuning uchun tarbiyachi bolaning
imkoniyatlarini, istak va xoxishlarini, intilishlarini, unga bo‘layotgan boshqa ta‘sirlarni tashqi
axborotlar manbaini hisobga olishi lozim. Agar bular unutib quyilsa tarbiyalash qiyinlashadi.
Mana shulardai tarbiya jarayonining yana bir asosiy xususiyati - tarbiyada qarama-qarshiliklar
g‘oyat ko‘pligi kelib chiqadi. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o‘z tushunchalariga muvofiq
dastlabki paydo bo‘lgan sifatlar balan tarbiyachi tomonidan tarkib toptiriladigan sifatlar
o‘rtasida, ya‘ni qo‘yiladigan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi kurashda
namoyon bo‘ladi. Undan tashqari, bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan
xulqi bir-biri bilan muvofiq bo‘lmasligida, o‘qituvchining bolalarning yosh va individual
xususiyatlari, fe‘l-atvori, qiziqish va intilishlarini yaxshi bilmasdan munosabatda bo‘lishida sodir
bo‘ladi.
Agap tarbiyalanuvchi sust bo‘lsa, faoliyatsiz bo‘lsa, har qanday tarbiyaning ta‘siri
kuchsiz bo‘ladi, o‘qituvchilarning urushishlari yetarli darajada samara bermaydi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati - ya‘ni uning natijasi kelajakka qaratilganligini
ko‘rsatadi. Shuning uchun bolalarning tarbiyalanganlik darajasini darhol tezda aniqlash qiyin.
Tarbiyachi o‘z faoliyatida kelajak maqsadlarni qo‘zda tutib ish kurishi kerak. Tapiya jarayonida
shy kun talabining kelajax maqsadlar bilan uyg‘unlashtirilishi ishimizning muvaffaqiyatini
ta‘minlaydi. "Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi"
- degan xitoylix Konfusiy.
Dostları ilə paylaş: