Mehnatda tarbiyalash qoidalari Insonni mehnat qoidalari asosida tarbiyalash tarbiyaning asosiy qoidalaridandir.
O‘quvchini mehnat qoidasi asosida tarbiyalashning maqsadi mehnatning mazmuni, mohiyatini
anglatishdan iboratdir. O‘quvchi o‘zi bajarayotgan mehnatning natijalarini ko‘rsa, undan manfaat
olsa, undan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyalaydi. Mehnat jarayonida odamda do‘stlik,
ahillik, hamkorlik, o‘zaro yordam, jamoa bo‘lib ishlash, madaniyat, ma‘naviyat singari sifatlar
shakllanadi. A.N.Farobiy "Har bir o‘quvchiga bekitilgan ma‘lum bir ishbo‘lishi kerak, toki u
kishi o‘ziga bekitilgan ishni kechiktirmasdan o‘z vaqtida bajarsin" degan talabni qo‘yadi
(Risolalar 117-bet). Eng muhimi mehnat kishini muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan
va axloqning buzulishidan saqlaydi. A.R.Beruniy "Har bir insonning qadr-qimmati uning
bajaradigan mehnati bilan o‘lchanadi", deb ta‘kidlagan.