Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maktabdagi ukitish jarayoniga xozirda qanday uzgarishlar kiritildi.
2. Maktabdagi ichki rejalashtirish masalalarining moxiyati nimadan iborat
3. Yosh avlodni xar tomonlama yetuk, aklli, bilimli bulib yetishishi uchun qanday ishlarni
oshirish kerak.
27-Mavzu: Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Reja:
1. Pedagogika tarixi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari.
2. Eramizdan oldingi davrda tarixiy manbalarda ta‘lim tarbiya masalalarining aks etishi.
3. «Avesto» eng qadimgi yozma ma‘rifiy yodgorlik sifatida.
Tayanch so’z va iboralar
Arxeologiya, Avesto, Marg‘iyona, Sug‘d, Zardushtnoma, ta‘lim tarixini aks ettiruvchi
manbalar, xalq og‘zaki ijodi, arxeologik qazilma materiallar. qomusiy olimlar asarlari, birinchi
yozuvlarning yuzaga kelishi.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bir necha asr oldin ham yuksak madaniyatga ega
bo‘lgan xalqdir. Bunga turli allomalarimizning yaratgan fan sohasidagi yutuqlari dalolat berib
turibdi.
Chunonchi eramizdan oldingi davrlarda yozilgan va bizgacha yetib kelgan bir necha
asarlari guvoxlik beradi. Jumladan qadimgi grek tarixchisi Gerodotning ―Tarix‖, Strobonning
‖Geografiya‖, Mahmud Qoshg‘ariyning ―Devonu lug‘ati turk‖, ―Urhun-Enasoy‖ bitiklari va
boshqalar.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, xislatlari qadimgi
eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan ruhga sig‘inish onimizm,
ajdodlar ruhiga sig‘inish totemizm sehrgarlik kabi diniy e‘tiqodlar va ma‘rosimlar aks etgan
afsonalar rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizni tafakkurini aks ettirgan pedagogika tarixida
manbalarni o‘rganish uch manbaga asoslanganligini ko‘ramiz.
1.Halq og‘zaki ijodi materiallari.
2.Buyuk adiblari allomalarining ijodiy merosi.
3.Arxeologik qazilmalar natijasi topilgan ashyolar.
Turon hududida eramizdan oldingi XI-IX asrlarda paydo bo‘lgan Ahamoniylar, III-asr
o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning I-asrida Kushonlar davlati V-asrda
Eftalitlarning hukmronligi, so‘ngra Sosoniylar va Turk hokonliklarini o‘z ichiga oladi. Tarixchi
pedagoglarning qayd etishicha bu davrdagi insonlarning mexnat faoliyati yosh jihatdan uch
guruhga bo‘lingan.
1. Bolalar va o‘smirlar.
2. Hayot va mehnatda to‘liq ishtirok etuvchilar.
3. Keksalar.
Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi bajaradigan faoliyatida ishtirok etib mehnat qilishga
o‘rganganlar.
Urug‘chilik jamoasi bosqichida tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozishga
o‘rgata boshlaganlar.
Asta-sekin tarbiya tizimi yuzaga kela boshlagan va maktablarda piktografik yozuv
asosida bir-birlarida fikr bildirgan. Atrofdagi mamlakatlar bilan aloqalar natijasida ―Oromiy‖
yozuvi Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin ―Yunon‖ yozuvi joriy qilingan. Insonlarning
o‘z turmush tarzini rivojlantira borib jahon madaniyatiga katta o‘zgarishlar kirita boshlagan.
Jumladan, Xitoyda qog‘oz ixtiro kilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik sistemasi yuzaga
kelishi, Messopotaniyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga
bo‘linishining joriy etilishi, Buyuk ipak yulining ochilishi madaniyatning taraqqiy etishga sabab
bo‘ldi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa kilib Markaziy Osiyo hududida oromiy, yunon alifbosi
asosida eramizning boshlarida Xorazm, Sug‘d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldingi 180-425 taxminiy yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning
―Tarix‖ kitobida satlar, massagetlar forolarning ta‘lim tarbiyaga oid muhim ma‘lumotlar
berilgan. Kitobda berilishicha forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir. Shunga ko‘ra
ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlangan. O‘g‘il bolalar 5 yoshdan 20 yoshgacha faqat
uchta narsaga: 1.Otda yurishga. 2. Kamondan otish. 3. To‘g‘rilikka o‘rganishdir. O‘g‘il bolalar
hyech qachon ota-onasini bexurmat qilmagan, yolg‘onchilik, qarzdor bo‘lish, sharmandalik
hisoblangan. Xar qanday suvga tupurmaganlar, yuz qo‘llarini maxsus moslashtirilgan joylarda
yuvganlar.
Bu ma‘lumotlardan xulosa kilish mumkinki, ajdodlarimiz farzandlarini
jasoratli, o‘z vatanining ximoyachisi, odob-axlok, tabiatga munosabat xislatlarining ham
shakllantirishga katta e‘tibor berganlar.
Sug‘d yozma yodgorliklari orasida ‖eski xatlar‖ nomi bilan yuritiladigan manbalar
tomonidan aniqlangan qimmatli ma‘lumotlar bor. Bu xatlar eramizning boshlarida sug‘d yozuvi
hakida ma‘lumot beradi.
Shuningdek Yan Di (615-617) elchisi Vey Szi o‘z xisobotida Samarqandda ta‘lim tarbiya
haqida yozadi. Uning fikricha ―Axolisi mohir savdogar o‘g‘il bola 5-yoshga to‘lar ekan, unga
savod o‘rgata boshlaydi. O‘qishni o‘rganishi bilanoq savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar‖.
BoshQa bir Xitoy tarixchisi Syuan-Szin Samarqand aholisining ahloqiy va xulq-odob qoidalariga
rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganligi qayd etadilar.
Shuningdek xalq pedagogikasida, ya‘ni qadimgi davrlarda ta‘lim tarbiyaga bog‘lik
ma‘lumotlar xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar,
maqollarda ko‘ramiz.
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha yillar oldin yashagan bo‘lib, ular
yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib
o‘tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan
mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik qabilachilik davrlarga kelib, xo‘jalik va
madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz, ota- bobolarimizning boy
qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi birinchi ming
yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi
ulkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Ular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak
– massagetlar, sug‘diyonlar, xorazmiylar, baqtrlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va
elatlar edi. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘p qabila va uruglar bilan birlashib ketgan va
hozirgi Markaziy Osiyo xududidagi xalqlarning ajdodlaridir.
Bu elatlar yashagan xududlarda o‘ziga xos madaniy an‘analar tarkib topa borgan. Masalan,
eramizdan oldingi birinchi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar – Baqtriya va Sug‘diyona,
Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi ulkalarda xalk xo‘jaligining turli sohalarida
rivojlanish bilan birga madaniyat ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu taraqqiyot
eramizdan olidngi IX – VI asrlarda paydo bo‘lgan Axamoniylar xukmronligi, keyinroq
eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek – Baqtriya davlati eramizning I asrida
esa Kushonlar davlati, V asrda Eftalitlar xukmronligi, so‘ngra Sosoniylar imperiyasi va nihoyat,
turk xoqonligi davrlarini o‘z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta‘lim- tarbiyaga oid boy merosi ham kiradi.
Zero, hozirgi turkiy va forsiy – zabon xalqlarining bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik
topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san‘at namoyondalarining ijodiy merosi, san‘at va adabiyot
namunalari buning dalilidir.
Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma‘lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya
haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan Turkiy va forsiy – zabon xalqlarining
«hayot kechirish san‘ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda
bo‘lish namunasi» ifodalangan ma‘anaviy madaniyat yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi
Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud Qoshgariyning «Devonu
lug‘otit – turk», Urxun – Enasoy bitiklari va boshqa shu kabi adabiy tarixiy manbalarda
saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida
moddiy va ma‘naviy madaniyat qay darajada katta rol uynaganligidan dalolat beradi. Xullas,
tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta‘sir etgan bo‘lsa, insonning
shakllana borishi ham, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam
bergan. Xullas, insonning o‘z – o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada
bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlaridan boshlab bosqichma
– bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida tula
tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Ma‘lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik
jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e‘tikodlar, oddiy ixtirolarning
takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo‘qldi. Bu jarayon ming-ming
yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bulgan xulq – odob qoidalari tarkib topadi.
Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu – umidlari, xislatlari qadimgi
eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruxga sig‘inish –
onimizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish – totimizm, sehrgarlik kabi diniy e‘tikodlar va marosimlar aks
etgan afsonalar va rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan ammo
bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, sugdlar, parfiyanlar yashagan davrlarga
borib taqaladi.
Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman,
eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko‘ramiz.
1. Xalq og‘zaki ijodi materiallari.
2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
3. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.
Ma‘lumki, o‘tmiщda kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va
bu jarayon yosh avlodga mehnat kunikma va malakalarni hosil qilishda yordam bergan.
Tarixchilar va tarixchi pedagoglarning ko‘rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh
jihatdan 3 guruhga bo‘lingan:
1) bolalar va o‘smirlar;
2) hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
3) keksalar.
Ibtidoiy jamiyat davrida bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo‘shilib, u hayot
kechirish va mehnat qilishga urgangan. O‘g‘il bolalar erkaklar bilan bajariladigan ov qilish,
qurol yasash kabi ishlarni bajarsa, qizlar, ayollar mehnati bilan tanishar edi. Bola ma‘lum
tayyorgarlikdan so‘ng sinovlardan o‘tib, keyin amaliy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi.
Eramizdan oldin taxminan 484 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi
Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta‘lim - tarbiyaviy
qarashlarga oid muhim ma‘lumotlar berilgan.
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim - shunga ko‘ra ular kapron,
ug‘illariga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podsho ham kimning ug‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili
sovg‘a – salomlar yuborgan. Undan tashqari bolalarning yoshiga ham e‘tibor berishgan. Ug‘il
bolalarning besh yoshdan, yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish,
tug‘rilikka urgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatishmaganlar, u ayollar tarbiyasiga
bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining kayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.
Ug‘il hyech qachon otasini behurmat kilmagan. Ular ota – onaga hurmatsizlikni faqat
nikohsiz to‘g‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb hisoblaganlar.
Bundan tashkari Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik
hisoblangan, deydi… yana ular daryo suviga tupurmaganlar, xatto qo‘l yuvmaganlar. Ular
daryolarni muqaddas sanaganlar.
Yana shu Plutarxning yozishicha, Aleksandr yerli xaltutarga yaqinlashish maqsadida
Makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf – odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. Shu
maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va harbiy san‘atini o‘rgatishga, murabbiylar
tayinlashga buyruk bergan. Keyinchalik yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi eramizdan
oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik
mazmunidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani hakida turli taxminlar mavjud. Jumladan,
sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning fikricha, 1278 yilda Rayd – Zardusht ibn Baxrom iyun Pajdu
degan kishi tomonidan yozilgan «Zardushtnoma» dostonida Avesto va Zindani Zardusht
dunyoga keltirganligi, uning tug‘ilgani va keyingi hayoti haqida kitob ekanligi bayon etiladi:
Dostları ilə paylaş: |