Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish
muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi;
Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
- davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish
kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq.
Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan.
O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi.
Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo'lib, u 500 turdagi o'rta, oliy professional
ma'lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta'limga rahbarlik qilishdan
saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab
iqtisodiyotini boshqarish, ta'limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash,
madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi
jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars
bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil
davomida maktab direktori
talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu
lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchdlariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori.
Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor,
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo'lmog'i lozim. O‘qituvchilar o'z
nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish
uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. o'qituvchilar o'z ixtiyorlari bilan test markazlarida
imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib,
malaka oshirishga ehtiyoj
aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda talim yo nalishlari qanday belgilangan?
2. AQSHda ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan?
3. Yaponiya ta'lim tizimi haqida gapirib bering.
4. Janubiy Koreyada ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan?
5. Fransiyadagi ta'lim tizimini so'zlab bering. ]
6. Germaniya ta'lim tizimi qanday tashkil etilgan?