paydo bo‘ldi. Savod maktablari hamda kohinlarning ta‘lim beradigan maktablari bilan bir
qatorda hunar o‘rgatish, shuningdek harbiy jismoniy mashqlarni o‘rgatish tradisiyalari ham
vujudga keldi.
Har bir hunarmand o‘z hunarini o‘g‘liga o‘rgatishi tabiiy edi. Ilgari vaqtlarda
qabilalardagi erkaklarning hammasi harbiy-jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari shart edi.
Quldorlik jamiyatida esa bunday mashqlar bilan shug‘ullanish tobora harbiy toifaga xos
imtiyozlarning biriga aylandi. Qurol yarog‘ va harbiy texnikaning rivojlana borishi natijasida
turli
mamlakatlarda
o‘q otishni, ot minishni, nayza otishni va boshqa harbiy mashqlarni o‘rgatadigan mutaxassis
ustozlar paydo bo‘ldi.
Qadimgi Gresiya (Yunoniston) unchalik katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik
davlatlaridan iborat mamlakat edi. Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shaxri Afina)
Greyiyadagi davlatlarning eng mo‘tabarlaridan edi. Bu davlatlarning har qaysida tarbiyaning
alohida sistemalari vujudga keldi va shunga yarasha Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi
tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Spartaliklarni bolalari 7 yoshgacha uyda yashar keyin agella deb
ataluvchi alohida davlat tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 18 yoshga yetguncha ana shu
muassasalada tarbiyalanib, o‘qitilar edi. O‘smirlarni jismoniy jihatdan tarbiyalashga alohida
e‘tibor berilar edi. Ularni chiniqtirar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka, chidashga, og‘riqqa
bardosh berishga o‘rgatar edilar, Harbiy gimnastika mashqlariga ko‘p e‘tibor berar edilar.
―O‘qish va yozishga kelganda,- deb yozgan edi grek tarixchisi Plutarx, - bolalarga faqat ularning
eng zaruri o‘rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad, hyech so‘zsiz itoat
qildirishni, chidamli bo‘lishni va yengish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi‖.
Yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz qilib, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalash
alohida vazifa qilib qo‘yilgan edi. Davlat rahbarlari yoshlar bilan suhbat o‘tkazib, shu yo‘l bilan
ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar.
18-20 yoshga yetgan yigitlar alohida efeblar guruhiga o‘tkazilar va harbiy xizmat o‘tar
edilar. Qizlarga harbiy va jismoniy tarbiya berishga katta e‘tibor berilar edi. Buning sababi shu
ediki, erkaklar qullar qo‘zg‘alonini bostirmoq uchun yoki urushlarga ketgan vaqtlariga shaharni
va uy xonalarini himoyasiz qoldirib ketishga majbur bular edilar. Bunday paytlarda qurlollangan
xotin-qizlar quruqchilik vazifasini o‘tar, qullarni itoatda tutar edilar.
Afina tarbiyasi boshqacha yulga quyilgan edi. Afinadagi iqtisodiy xayot Spartadagi kabi
cheklanib qolgan xayot emas edi. Qullar xususiy mulk xisoblanar edi. Afinada eramizdan
avvalgi V-IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda
tarbiyalanar edi. Qiz bolalar esa oilada tarbiyalana berar, ro‘zg‘or ishlarini o‘rganar edi. Afinada
xotin qizlarning xayoti umuman uy doirasidan chiqmas va ichkarida o‘tar edi. Dastlab bolalar 17
yoshdan 13-14 yoshgacha grammatist va shfarist maktablarida o‘qitilar edilar. Bular haq olib
o‘qitadigan xususiy maktablar edi, shuning uchun xam erkin, lekin puli bo‘lmagan
grajdanlarning bolalaridan anchagina qismi bunday maktablarda ta‘lim ololmas edi,
maktablarda
didaskal deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar edilar. O‘g‘il bolalarni maktabgacha
qullardan biri boshlab borar edi, bunday qul pedagog deb atalar edi. Grammatist maktabida
o‘qish, yozish va xisoblash o‘rgatilar edi. Bunday maktabda harflarni hijjalab o‘qitish metodi
qo‘llanilar edi bolalar harflarni nomlarini dlab olar, so‘ngra shu harflarni qo‘shib bug‘inlar
yasab, bug‘inlarni qo‘shib so‘zlar yasar edilar.
Kifaristlar maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar edi:unga
muzika, ashula o‘rgatilar (Illiada va Odiseya) dan olingan parchalar o‘qitilar edi.
O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan keyin polestra (―kurash maktabi‖)deb atalgan
o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki uch yil da‘vomida jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanar edilar.
Yoshlarning badavlatroq oiladan bo‘lgan qismi, polestrani tamomlaganidan keyin
gimnasiyga kirar edi. Nixoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada 18-20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarining siyosiy bilimlarini oshirishni
da‘vom ettirar edilar. Otalar o‘z bolalariga kasb hunar o‘rgatar, bu tabaqaning bolalaridan
ba‘zilar o‘z otalaridan savod o‘rganar edilar. Quldor zodoganlar mehnat bilan shug‘ullanuvchi
erkin aholiga nafrat bilan qarar edilar. Qullarni esa ―gapiradigan ish quroli‖ debgina hisoblar
edilar.Qadimgi Gresiya olimlari va faylasuflari Sokrat, Aristotel va Demokrit jamoat oldida
so‘zlagan nutqlari va ilmiy asarlarida o‘zlarining tarbiya va ta‘lim to‘g‘risidagi fikrlarini juda
ravshan ifoda etganlar.Sokrat eramizning avvalgi 469-399 yillar o‘zining demokratik ijtimoiy
chiqishiga qaramay, konservativ zamindor arestokratlarning ideologi edi. Sokratning fikricha
tarbiyada kutilgan maqsad buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki shining o‘z-o‘zini bilib
olish ahloqni kamol toptirish bo‘lmogi lozim.Qadimgi Gresiyaning mashxur faylasufi Platon
eramizdan ilgarigi (427-347) idealist faylasuf, Sokratning shogirdi.Platonning fikricha, davlatni
maqsadi oliy ezgulik ideyasiga yaqinlashishdir, bu ideya asosan tarbiya yuli bilan ro‘yobga
chiqadi. Platonning fikricha 3-yoshdan boshlab, yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan
tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar bilan shug‘ullanadilar. Platon uyinlarni
maktabgacha tarbiya vositasi hisoblab, ularga katta ahamiyat berdi. Bolalar 7-12 yoshgacha
davlat maktablariga qatnaydilar va bunday maktablarda ularga o‘qish, yozish, hisob, muzika va
ashula o‘rgatiladi. Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha odatdagi gimnastika mashqlari
o‘rganilayetgan, pomstrada,ya‘ni jismoniy tarbiya maktablarida o‘qiydilar Polestrani
tamomlagan o‘spirinlar 18 yoshga yetguncha, arifmetika, geometriya va astronomiyani
o‘rganadilar, 18 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar efiblida tarbiyalanadilar, ya‘ni harbiy gimnastika
tayyorgarligini o‘tadilar, aqliy mashg‘ulotga mayli bo‘lmagan yigitlar 20 yoshidan boshlab
jangchilar qatoriga o‘tadilar. Quldorlik tuzumi davridagi ta‘lim-tarbiyaning ahamiyati hozirgi
ta‘lim-tarbiyaga kattadir. Chunki, ta‘lim-tarbiyadagi ba‘zi bir prinsiplar hozir ham saqlanib
qolgan.Biz yosh avlodga tarbiya berishda albatta o‘tmishimizdagi ta‘lim-tarbiya to‘g‘risida
to‘xtalib, undan foydalanishimiz lozim. Hozirgacha quldorlik tuzumidagi tarbiyaviy ta‘limiy
uslublar davom ettirilib kelmoqda. Ba‘zi mamlakatlarda albatta, xulosa qilib shuni aytish
kerakki, ta‘lim-tarbiyaning rivojlanishida quldorlik tuzumi davrini ham ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: