Yaponiyada xalq ta’limi tizimi Yaponiyada hozirgi zamon ta‘lim tizimlarining tarkibi quyidagicha:
1. Bolalar bog‘chalari (3-5 yosh).
2. Boshlang‘ich maktab (6 yil).
3. Kichik o‘rta maktab (3 yil majburiy).
4. Yuqori o‘rta maktab – (ixtiyoriy).
5. Oliy ta‘lim tizimiga kiruvchi o‘quv yurtlari (kollej, universitet).
6. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim.
1.
Maktabgacha tarbiya (3-5 yosh) muassasalariga bolalar loyoqatiga qarab 3-2-1
yillik o‘quv turlariga jalb qilinadi. Yaponiyada bu muassasalarning 59,9% xususiydir, 39,8%
tuman kengashlariga qarashli, 0,3% davlatga qarashlidir.
2. Majburiy ta‘lim (6-15 yosh) 6 yil boshlang‘ich maktabda, 3 yil kichik o‘rta maktab
kursini o‘taydi. Bu 9 yillik ta‘lim majburiy bo‘lib barcha bolalar bepul o‘qitiladi va tekin
darsliklardan foydalanadi, ota-onalar o‘z bolalarini xususiy maktabga berish huquqiga ham egalar.
Xususiy maktablarning o‘ziga xos shart sharoitlari va talablari mavjud.
Yuqori, o‘rta maktab sirtqi, kechki, kunduzgi bo‘limlari mavjud. O‘qish muddati 3 yil,
95% o‘quvchilar kunduzgi maktabda o‘qishadi. Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlar
beriladi.
1. Umumiy ta‘lim fanlari;
5. Qishloq xo‘jaligi;
2. Texnik bilimlar;
6. Chorvachillik;
3. Tijorat;
7. Baliqchilik;
4. Mahalliy sanoat;
8. Kemasozlik va h.k.
Yaponiyada kollejlar va universitetlar oliy ta‘lim tizimini tashkil etadilar. Bundan
tashqari Yaponiyada «Ixtisos maktablari» ham mavjud.
Yaponiyada maktablarda o‘qish 1-apreldan boshlanib, kelasi yilning 31-martida
nihoyasiga yetadi. Maktablar 3 simestrga bo‘linadi:
1. Aprel-iyun;
2. Sentyabr-dekabr;
3. Yanvar-mart.
Yapon maktablari asosiy e‘tiborni o‘quvchi faoliyatiga va darslikka qaratilgan. Ularning
fikricha o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida jonli muloqog) muhim ahamiyatga ega.
Turli ta‘limiy ko‘nikmalarni bolalar ongiga singdirish Yapon maktablariga xos fazilatdir.
Masalan, 2-sinf o‘quvchisi ko‘pchilik oldida nutq so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lishi, 6-sinf
o‘quvchisi kamida 2 ta milliy cholg‘u asbobida kuy chala bilishi, boshlangich sinf o‘quvchisi suvda
bemalol suza olishi kerak.
Yaponiyaliklar to‘g‘ri va halol turmish tarzini qadyrlaydilar. Birinchi sinfdan 9-
sinfgacha axloq tarbiyasi maktab faoliyatining zaruriy shartidir.