34-MAVZU: RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM TARBIYA VA
MAKTAB
Reja:
1. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta‘lim tizimi, tuzilishi.
2. Yaponiya xalq ta‘limi tizimi.
3. Germaniya xalq ta‘limi tizimi.
4. Janubiy Koreya xalq ta‘limi tizimi.
5. Fransiya xalq ta‘limi tizimi.
Tayanch iboralar: rivojlangan, ta‘lim, tarbiya, turlari, kinder, quyi, yuqori, kollej,
universitet, qonun, majburiy, ixtiyoriy, diniy, xususiy, shartnoma, maxsus muassasa va h.k.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta‘lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
- maktabgacha tarbiya muassasalari (3-5 yoshgacha)
- boshlang‘ich maktablar 1-8 sinflar (6-13 yoshgacha)
-o‘rta maktab, bu ikkiga: quyi va yuqori bosqich (14-17 yoshgacha).
- oliy ta‘lim 2-4 yil, kollejlar va dorilfununlar.
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim (aspirantura, doktarantura).
AQShda majburiy ta‘lim 16 yoshgacha amalga oshiriladi.O‘quv yurtlari davlat, xususiy,
diniy muassasalar ixtiyorida bo‘lishi mumkin.
Amerikada bolalar 3 yoshga to‘lganda onalarga moddiy imtiyozlar berish ko‘zda
tutilmagan. Bog‘chalarda bolalar yoshlariga qarab guruhlarda tarbiyalanadi. 5 yoshga to‘lganda
haqiqiy ta‘lim tarbiya jarayonida qatnashadi, ular «Kinder gander» deb ataluvchi muassasada ta‘lim
oladi. Bu muassasa bog‘cha yoki maktab tarkibida tashkil etiladi. 5 yoshli bolalarni maktabga
tayyorlash ota-onalar, bog‘chalar, maktablar va ommaviy axborot vositalarining vazifasi
hisoblanadi.
AQSh ko‘p millatli mamlakat. Shunga ko‘ra har bir millat bolalari o‘z ona tilini ,
milliy urf
odatlarini, dinini bog‘chalarda o‘rganadilar.
Amerika maktablarida o‘quv tarbiya ishlari bilan bog‘liq masalalarni har bir shtat o‘ziga
mustaqil belgilab olish huquqiga ega.
Amerika maktablarida o‘qish har bir o‘quvchi uchun faxr-iftixor bo‘lishiga, o‘z bilimi
imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalashga katta e‘tibor beradi. O‘quvchilarni maktabdan
bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari favqulotda salbiy holat bo‘lib
hisoblanadi. O‘quvchilar boshlang‘ich maktabni bitirganidan so‘ng qo‘yi (7-8-9 sinflar) o‘rta
maktabda o‘qishni davom ettirishadi. Bu maktabni muvafaqiyatli o‘tganlar yuqori, o‘rta (10-11-
12 sinflar) maktabga qabul qilinadi. O‘quvchilar ma‘lum bir sinfni, kursni yoki maktabni
bitirishda test sinovlari topshiradilar.
O‘rta maktablarda o‘quvchilar o‘zlari yoki ota-onalari tanlagan yo‘nalishlarga mos
holda predmetlar tanlashda erkinliklar berilgan.
O‘rta maktab o‘quvchilari kundalik faoliyatlarida yarim vaqtini o‘quv sinflarida qolgan
vaqtini kutubxonada, labaratoriya, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun mo‘ljallangan joylarda
o‘tkazadilar.
Ayni paytda o‘quvchilarga 4 yo‘nalishda kasbkor bilimlar beradi.
1. Qishloq xo‘jaligi
2. Biznes ta‘limi.
3. Savdo va sanoat.
4. Qurilish bo‘yicha kasbkor asoslari o‘rgatiladi.
Amerikada yaqinda qabul qilingan «2000 yilda Amerikada ta‘lim strategiyasi» dasturi
e‘lon qilindi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
- 2000 yilda barcha Amerikalik kichkintoylarning maktabda tayyor
holda qilishlari;
- aholining 90% oliy ma‘lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy
fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini
namoyish eta olishlari;
- talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldinda
turishlari;
-
har bir voyaga yetmagan Amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha
yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari;
- maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish uchun barcha shart-
sharoitlar yaratib berish ko‘zda tutilgan va h.k..
Amerikada bir o‘quv yili 180 kun, 1 soatlik dars 40-45 minut. 7-sentyabr o‘quv
kunining boshlanishi, 12-oktyabr «Koluob» kuni munosabati bilan bayram, 21-oktyabr
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini aniqlash kuni, 10- noyabr insho sinovi, 30-may xotira kuni, 12-
iyun
bitirish kechasi, 20-iyun yozgi ta‘tilning boshlanishi.
Dostları ilə paylaş: