Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida urf-odat va milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning ahamiyati



Yüklə 278,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.09.2023
ölçüsü278,94 Kb.
#145488
  1   2   3
boshlang-ich-sinf-o-quvchilari-ongida-urf-odat-va-milliy-qadriyatlar-tushunchasini-shakllantirishning-ahamiyati



Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida urf-odat va milliy 
qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning ahamiyati
Nigora Soliyevna Shodiyeva 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 
 
Annotatsiya: 
Maqolada milliy qadriyat va urf odatlar, o‘quvchilar ongida urf-
odat va milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning ahamiyati, xalq urf-odatlari 
va an’analaridagi ma’naviy boylik, o‘quvchilarda o‘zaro hurmat, mehr oqibat, vatanga 
va oilaga muhabbatni shakllantirishning ahamiyati, ajdodlarning hayotiy tajribasini 
saqlab qolish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar:
milliy qadriyat, urf odatlar, ma’naviy boylik, hurmat, mehr oqibat, 
vatanga va oilaga muhabbat, ajdodlar tajribasi, hayotiy qadriyatlar, ma’naviy meros 
The importance of forming the concept of tradition and 
national values in the mind of primary school students 
Nigora Soliyevna Shodiyeva 
Pedagogical Institute of Bukhara State University 
Abstract: 
The article focuses on national values and customs, the importance of 
forming the concept of customs and national values in the minds of students, the 
spiritual richness of folk customs and traditions, the formation of mutual respect, 
kindness, love for homeland and family in students. importance, the possibility of 
preserving the life experience of ancestors. 
Keywords:
national values, customs, spiritual wealth, respect, compassion, love 
for homeland and family, ancestral experience, life values, spiritual heritage 
Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, 
an’anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma’naviy merosi, madaniy boyliklari va 
ko‘hna tarixiy yodgorliklaridir. «Urf-odat - an’analar sifatida umumxalq tomonidan 
qabul qilingan tartib-qoida; rasm-rusum, tamoyil»lar jamiyat hayotining barcha 
sohalarini qamrab olib, ularda o‘z ifodasini topadi. An’analar - qadimdan insoniyat 
hayoti, turmushi, mehnati va ibratli hayot saboqlari bo‘lib, avloddan-avlodga, 
o‘tmishdan kelajakka meros bo‘lib qoladigan, barcha tadbirlarda namoyon bo‘ladigan 
ijtimoiy faoliyat mahsulidir. Marosimlar esa an’analar va urf-odatlarning amaliy 
ko‘rinishidir. An’analar va urf-odatlar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiysiyosiy va 
diniy bo‘lib, milliy qadriyatlarning ajralmas qismidir. Chunki har qanday urf-odat, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
840


udum, rasm-rusum, marosim va an’analar milliy qadriyatlar negizida shakllanadi va 
milliy vijdon, milliy ruh, milliy xulq, milliy odobaxloq mevasi sifatida uni yaratgan 
zukko xalq tarbiyasining asosini tashkil etadi. Jamiyatni boshqarishning ma’naviy 
omili sifatida yoshlar qalbida mehrmuhabbatli bo‘lish, oila va Vatanni sevish, ajdodlar 
merosidan bahra olish va hayotni qadrlash kabi tuyg‘ularni shakllantiradi. Milliy 
qadriyatlar har bir xalqning oltin merosi hisoblanadi. O‘zbekiston davlat sifatida o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin Qurbon va Ro‘za hayitlari, "Navro‘z" (bahorgi 
teng kunlik - yil boshi 21-22-mart), "Angom Hayit" (yozning eng uzun kuni to‘rt 
unsurning yana biri Suv sayili), "Mehrjon" (kuzgi teng kunlik 22-sentabr), "Sada" 
(qishning eng uzun tuni, to‘rt unsurning biri - olov bayrami) kabi xalqona qadriyatlar 
tiklandi. Shuningdek, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Xotira va qadrlash 
kuni, O‘zbek tili bayrami kabilar istiqlol davrining an’anaviy qadriyatlariga aylandi. 
Mahalla tizimining boshqaruv sifatida yo‘lga qo‘yilishi, hasharlarning tiklanishi, 
odatlarga e’tibor kabilar qadimiy an’analarning bugungi kundagi ahamiyatini 
ko‘rsatadi. Umar Hayyom o‘zining «Navro‘znoma» asarida urf-odatlarga alohida 
to‘xtalgan. Olim Quyosh taqvimi bo‘yicha Navro‘z kuni qanday belgilangani va 
bayramni qay tarzda o‘tkazganliklarini tarixiy dalillar bilan bayon qiladi. Allomaning 
fikricha, «Kimki Navro‘z kuni bayram qilib quvonsa, keyingi Navro‘zgacha xurram 
bo‘ladi va farog‘atda yashaydi» Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan Navro‘z 
bayramida muhtojlarga yordam ko‘rsatish, bemor va yetim-yesirlardan mehr-
muruvvatni ayamaslik, keksalarni ziyorat qilib, o‘tganlarni xotirlash o‘zbekona 
urfodatlarning muhim qismidir. Navro‘z ayyomida urushganlar yarashishgan, gunohlar 
kechirilgan. Gaplashmay, yuragida kin saqlab yurish gunoh sanalgan. «Ayni shu 
betakror va dilbar faslda barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, vujudimizga yangi 
kuch-g‘ayrat, azmu shijoat kirgandek his etamiz. Necha yuz yillik an’ana va 
qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk 
madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz g‘urur 
va iftixorga to‘ladi». Ayniqsa, Navro‘z taomi bo‘lgan Sumalak (bug‘doy ko‘katidan 
pishiriladigan taom)ni pishirish va tarqatish tartibiga doir urf-odatlar kishilarni 
hamjihatlikka, bir jamoa ekanligini his qilishga, bir-birini tushunishga undagan. 
Faylasuf olim Karim Mahmudov aytganidek, sumalak tayyorlash bu bir marosim, 
qozon boshiga yoshu qari, erkagu ayol barcha to‘planadi, odamlar tuni bilan uxlamay, 
sumalak pishirish jarayonida odamlarsiz, mehr-muhabbatsiz hayot qanchalik rangsiz 
ekanligini anglaydilar. Ma’lumki, BMT qaroriga ko‘ra, Navro‘z har yili xalqaro 
miqyosda keng nishonlanadi. Bu bayram o‘z mohiyati, qadr-qimmati, ijtimoiy-
madaniy ahamiyati, odamlarda ezgu tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan muqaddas 
bayramdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Hammamiz yaxshi 
bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga 
da’vat etadi. Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz». 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
841


O‘zbek an’analari va urf-odatlari buyuk ipak yo‘lida yashagan xalqlar, So‘g‘d va 
Baqtriyaliklar, bir tomondan ko‘chmanchi qabilalar, zoroastrizm qoidalari, keyinroq 
islom an’analari va qonunlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Qarindoshurug‘chilik, 
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehmondorchilik, qo‘shnichilik, oilaviy 
munosabatlar, nonga, olovga, suvga e’tibor va e’tiqod o‘zbek xalqiga xos urf-
odatlardir. O‘zbeklar hayotida oilada farzand tug‘ilishi, uning tarbiyasi, to‘y-tomosha 
qilish katta rol o‘ynaydi. "Beshik to‘yi" (besh kecha ham deyiladi) - urf-odat bo‘yicha 
chaqaloq tug‘ilishining beshinchi kuni kelinning ota-onasi yasatilgan beshik va 
chaqaloqqa kerakli narsalar va o‘yinchoqlar olib kelishadi. An’ana bo‘yicha 
mehmonlar stol atrofida tantana qilishayotganda bolalar xonasida yoshi katta ayollar 
chaqaloqni urf-odatlar bo‘yicha beshikka belashadi va beshik ustiga shirinliklar 
sochishadi. Nikoh to‘ylarida yuzga yaqin urf-odatni bajarish azaliy qadriyat 
hisoblanadi. Nikoh to‘yi «unashtirish», «non sindirish», «kuyovga to‘y sarposi», 
«nikoh o‘qish», «ertalabki osh», «kelinni uyidan olib kelish», «kelin-kuyovni olovdan 
uch marta aylantirish», «chimildiqda shamlar yoqish», «ostonani ulug‘lash», «kelin 
salom», «kelinni yangi oilaga qabul qilish», «sovg‘alar bilan kelinni ko‘rish» kabi 
ko‘plab marosimlarni o‘z ichiga oladi. Sham yoqish barcha xalqlar urf-odatlarida 
mavjud bo‘lib, ayniqsa dunyo dinlari bo‘lgan xristian va buddizmda keng qo‘llaniladi. 
Bu o‘z navbatida xalqlar va ular o‘rtasida tarqalgan dinlarning mohiyati yaqin 
ekanligini bildiradi. Bu marhumni kuzatish marosimlarida ham o‘z ifodasini topgan. 
Islom dinida motam marosimi aslida 3 kun bo‘lib, baqirib yig‘lash ma’n etilgan bo‘lsa-
da, o‘zbek xalqi bugungi kungacha unga rioya qilmaydi. Bundan o‘zbek xalqi hayotida, 
uning urf-odatlarida islomgacha ham diniy qadriyatlarning ta’siri katta bo‘lganligini 
ko‘rish mumkin. O‘lim bilan bog‘liq marosimlar qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, 
kishilarni bardoshli bo‘lishga, sabr-qanoatga chaqiradi. Odamlarning birlashib 
marhumni kuzatishlari yaqinlarga madad bo‘ladi, ularga ruhiy quvvat beradi, odamlar 
bir-birining madadiga muhtoj ekanligini anglashadi, mehr-oqibatni oshiradi. To‘y-
marakalarning bosqichma-bosqich, tartib-qoida bilan o‘tishi yoshlarni intizomli, xush 
kayfiyatda bo‘lishga chaqiradi. O‘zbekchilikda yetti avlodni bilish ham qadriyat 
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ota-ona farzandlari ulardan faxrlanishlari, hayotiy saboq 
olishlari uchun halol yashab, boriga qanoat qilib, mehnat qilganlar. O‘tmish 
ma’naviyatini o‘z ichiga olgan ana shunday qadriyatlar zanjir vazifasini o‘tab, 
avloddan-avlodga millat urf-odatlarini yetkazib beradi. Zero, demokratiya milliy 
qadriyat sifatida o‘zbek xalqi ongida ming yillar davomida shakllanib, milliy qiyofasi, 
urf-odatlari, qarashlari bilan dunyodagi qadimiy va boy sivilizatsiyada o‘z o‘rniga ega. 
Unda milliy o‘ziga xoslik hisobga olingan. Sharm-hayo, or-nomus har narsadan ustun 
bo‘lgan. O‘zbek xalqining necha asrlardan buyon shakllanib kelayotgan urf-odatlarga 
sodiqligi shundaki, inson yashashi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar: suv, havo, iqlim, 
kerakli muhit, oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak, ishlab chiqarish vositalari, oila, yurt 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
842


kabilarga alohida e’tibor bergan, ularni qadrlay olgan. Nomuhim bo‘lgan, insonning 
yashashiga ta’sir etsa-da, uning hayotini belgilamaydigan hashamatli uylar, bezaklar, 
taqinchoqlar kabilarga esa o‘ta mehr qo‘yishmagan. O‘tkinchi dunyoda bunday jonsiz 
predmetlarga mehr qo‘yish o‘sha narsalar bilan insonning tenglashishini bildirgan. 
Bugungi kunga kelib ana shunday insonni ulug‘lovchi qadriyatlar unutilib 
borilayotgani sir emas. Globallashuv jarayonida qadriyatlarning ko‘p hollarda o‘z 
o‘rnini topmayotgani nafaqat bir millatning, balki butun dunyo xalqlarining ma’naviy 
inqirozidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq urf-odatlari va 
an’analaridagi ma’naviy boylik o‘tgan hayotdan saboq beradi. Yoshlarda o‘zaro 
hurmat, mehroqibat, vatanga va oilaga muhabbatni shakllantiradi. Kelajakda jamiyatga 
qo‘shilib, hayotda o‘z o‘rnini topishga tayyorlaydi. An’analarda har doim milliy 
xarakter va xalqning demokratik elementlari bo‘ladi. Xalq an’analari asrlar osha o‘zida 
nafaqat buyuk donishmandlikni, balki ajdodlarning hayotiy tajribasini saqlab keladi. 
An’ana va urf-odatlar qadriyat sifatida to‘g‘ri yashashga, xalq va Vatanga fidoyi 
farzand bo‘lishga da’vat etishi bilan katta ahamiyatga ega. Yoshlar asrlar osha yashab 
kelgan xalqona qadriyatlardan qanchalik saboq olsa, barkamol inson sifatida 
takomillashib boraveradi. Chunki an’anaviy xalk madaniyatiga asoslangan qadriyatlar 
insonning iymone’tiqodli, ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishiga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi milliy qadriyat, urf odatlar, ma’naviy boylik, 
hurmat, mehr oqibat, vatanga va oilaga muhabbat, ajdodlar tajribasi, hayotiy 
qadriyatlar, ma’naviy meros kabi tushunchalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida 
ta’lim - tarbiya berish jarayoni davomida sindirib borish, milliy qadriyat va urf odatlar, 
o‘quvchilar ongida urf-odat va milliy qadriyatlar tushunchasini shakllantirishning 
ahamiyati, xalq urf-odatlari va an’analaridagi ma’naviy boylik, o‘quvchilarda o‘zaro 
hurmat, mehr oqibat, vatanga va oilaga muhabbatni shakllantirishning ahamiyati, 
ajdodlarning hayotiy tajribasini saqlab qolish imkoniyatlaridan foydalanish 
o‘qituvchidan yuqori salohiyat, pedagogik mahorat va kasbiy kompetentlikni talab 
etadi. 

Yüklə 278,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin