Farg`ona tumani 62-o`rta ta’lim maktabida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlab “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” shiori ostida o`tkazilgan tadbir haqida MA’LUMOT Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan.
Ta’kidlash kerakki, 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.
07.11.2021 kuni maktabimizda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlab “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” shiori ostida 5-10-sinflar o`rtasida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Konstitutsiyamizdagi moddalardan aytildi. O`quvchilar tomonidan she’r, qo`shiq va raqslar ijro etildi.