9-May Xotira va qadrlash” kuniga bag'ishlangan tadbir senariysi
“Vatan aziz!” nomli bayram tadbirimizga xush kelibsiz!
(Tarbiyalanuvchilarlar ijrosida tinchlik haqida qo‘shiq kuylanadi).
— Osmoni tinch O‘zbekistonning,
Bog‘larida qushlar sayraydi.
Gul, chechakka burkangan yurtim,
Jamolidan dillar yayraydi.
Doim omon bo‘lgin, Vatanim,
Jannatmisol ko‘rkam chamanim!
Tinchlik so‘zi niyatlarga esh,
Momolarim duosin boshi.
Bo‘lsin to‘kis baxtli deb bilar,
Shu zaminning keksa-yu yoshi.
Doim omon bo‘lgin, Vatanim,
Jannatmisol ko‘rkam chamanim!
Janggohlardan qaytib kelmagan,
Bobolarim ruhi shod bo‘lsin!
Farzandini umid-la kutgan,
Momolarim ruhi shod bo‘lsin.
Ular qurgan tinch hayot kulsin,
Yurtim bog‘larida chechaklar
(Tadbir ishtirokchilari sahnaga chiqishadi. Ular Xotira va qadrlash kunining mohiyati haqida so‘zlaydilar).
Dostları ilə paylaş: |