Nabira: — Ha, buvijon, bilishadi. Bugun o‘qituvchimiz bizni «Xotira xiyoboni»ga olib bordi. Ziyorat davomida nuroniy bobolarimiz, momolarimiz suhbatini tingladik. Shundan so‘ng, sizlarni ko‘rgani to‘g‘ri bu yoqqa kelaverdim. Bobojon, siz ham urushda bo‘lganmisiz?
Bobo: — Yo‘q, bolam, biz unda yosh edik. Ammo onalarimiz bilan birga front ortida mehnat qildik.
Buvi: — Ha, jonim qizim, urush yillari juda og‘ir damlarni boshimizdan kechirganmiz. Lekin g‘alabaga ishonch, Vatanga sadoqat tuyg‘usi hamma narsadan ustun bo‘lgan. Barchamiz mana shunday dorilomon kunlarning qadriga yetishimiz kerak.
Nabira: — Dadamlar ham bu to‘g‘rida ko‘p gapiradilar. Bobojon, bayram munosabati bilan tinchlik haqida she’r yodladim, aytib bersam maylimi?