Mehmondorchilik va turizm tarixi



Yüklə 353,85 Kb.
səhifə1/4
tarix09.02.2022
ölçüsü353,85 Kb.
#52277
  1   2   3   4
Turizm tarixi Oraliq nazorat savollari


Mehmondorchilik va turizm tarixi.-Oraliq nazorat savollari
1-savol

Dunyodagi eng qadimgi sayyohlik markazlariga qaysi hududlar kiradi

Tinch okean minatqasida joylashgan Okeaniya hududi, Janubiy sharqiy Osiyoning Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi (orollar guruhi)
2-savol

Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlariga qaysi hududlar kiradi

Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O’rta yer dengizi qirg’oqlarida joylashgan Gretsiya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi mamlakatlar
3-savol

Olimpiyada o’yinlari turizm sohasining rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatgan

Qadimgi Gretsiyada sport o‘yinlari (Olimpiada)ning tashkil etilishi, unda sportchilar va sport ishqibozlarining turli mamlakatlardan kelib-ketishi sayyohlikning rivojlanishiga katta turtki bo‘lgan.

Bundan 776 yil oldin (eramizga qadar) har yili Ellada (Gretsiya)ga Olimpiada o‘yinlariga qatnashish va tomosha qilish maqsadida nafaqat Elladadan, hatto butun O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlaridan minglab sport ishqibozlari, san’atni sevuvchi muxlislar yig‘ilishgan. Yirik maxsus sport inshootlarining keng ko‘lamda qurilishi o‘sha davrga ta’luqli xususiyatlardan biridir. Musobaqalarda turli xil sport o‘yinlari o‘tkazilib, ishqibozlar olqishiga sazovar bo‘lingan, o‘z o‘rnida mehmonnovozlik yo‘lga qo‘yilgan.
4-savol

Chjan Syan kim, qachon, qayerda yashagan va turizmning rivojlanishiga qanday aloqasi bor

Chjan syan (? miloddan avvalgi taxminan 103) — xitoylik diplomat va sayyoh. Miloddan avvalgi 138 yil imperator Udu tomonidan g’arbga, yuyechjilar bilan hunnularga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan. Hunnular qo’liga tushib qolib, faqat 10 yil o’tgachgina qochishga muvaffaq boʻlib sayohatini davom ettirgan. Qaytishda yana hunnular qo’liga tushgan, lekin tez orada qochishga erishgan. Miloddan avvalgi 115 yil elchilarga bosh boʻlib Xitoy chegaralaridan gʻarbdagi koʻchmanchi usun qabilasi hukmdori (gunmo) huzuriga joʻnatilgan. Ch.S. uni Xitoy bilan ittifoq tuzishga koʻndirgan. Ch.S. tomonidan Xitoydan Oʻrta Osiyoga bosib oʻtilgan yoʻl keyinchalik Yevropada Buyuk ipak yoʻli nomini olgan.


5-savol

Marko Polo kim, qachon, qayerda yashagan va turizmning rivojlanishiga qanday aloqasi bor

Marko Polo (1254-1323) yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib Osiyoni o‘rgangan Venetsialik (Italiya) sayyohdir. Uning otasi Nikkolo va amakisi Matteo savdo-sotiq bilan shug‘llanib, tasodifan Mo‘g‘uliston xoni Kublay (Chingizxonning o‘g‘li) ning qarorgohiga kelib qolishadi. Mo‘g‘ul xoni ularni o‘sha davrda Rim Papasiga missioner (yelib yugiruvchi) etib tayinlashni so‘raydi.

1271 yilda Nikko va Matteo ikkinchi bor safarga chiqib, mo‘g‘ul tilini va mahalliy urf-odatlarni o‘rgangan Marko Poloni o‘zlari bilan birga olib ketishadi. Marko Polo xon iltifotiga sazovar bo‘ladi va uni o‘ziga yaqin olib mulozim etib tayinlaydi. Xon Marko Poloni o‘z hukmronligi ostidagi joylarda turli xil ma’lumotlarni to‘plashga da’vat etadi. U ana shu imkoniyatdan foydalanib mamlakat va xalqlar to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlarni to‘playdi. 1292 yil mo‘g‘ul xoni uchchala sayyohlarga katta sovg‘a - salomlar berib ularni vataniga qaytaradi. Sayyohlar Tinch okean orqali Koxinxin, Sumatra, Seylon, Trapezud va Konstantinopol orqali 1295 yili Venetsiyaga qaytib kelishadi va boyligi bilan yuqori martabaga erishadi. Keyinchalik Marko Polo u Venetsiyada buyuk Kengash a’zosi lavozimiga ko‘tariladi. 1307 yilda esa qayta ishlangan safar ta’surotlarini bosib chiqaradi. U o‘z ta’surotlarida xitoyliklarning ixtirolari bilan qiziqib kompas, zabtlash taxtasi, veksellari bilan tanishganligini yozib qoldiradi. Marko Poloning sayohatlar to‘g‘risidagi birinchi kitobi 1861-1862 yillarda rus tilida bosilib chiqiladi.
6-savol


Yüklə 353,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin